2 ma’ruza: zamonaviy o‘qitish texnologiyalari reja


Download 342.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.04.2023
Hajmi342.08 Kb.
#1321044
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-maruza



2-
 
MA’RUZA: ZAMONAVIY O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI
REJA: 
1. Fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va ularning imkoniyatlari.
2. O‘qitish texnologiyalari va ularning turlari.
3. Integratsion texnologiyalar
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaq ichida yuksak
natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni 
o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar foliyatini nazorat qilish, ular 
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash
o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatdan
yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba 
to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar iinterfaol 
metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida
foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan
foydalanish borasida so‘z yuritamiz.
«Fikriy hujum» («Mozgovaya ataka») metodi. Mazkur metod
o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni
erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir fikrlash inersiyasidan ozod
etish, muayyan mavzu yuzaidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek,
ijodiy vazifalarni hal etish yechish jarayoning dastlabki bosqichida paydo
bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum»
metodi A.F.Osborn tomonidan ta’vsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili
va sharti mashg‘ulot (bahs)ning har bir ishtrokchisi tomonidan o‘rtaga 
tashlanayotgan fikrganisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma
va hazil- mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan
maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini


ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli
foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining 
kengligiga bog‘liq bo‘ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog‘ida
o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu
metodga asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.

Download 342.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling