1. So`zsiz matn. Birovga kesak otsang


Download 43.5 Kb.
Sana24.06.2020
Hajmi43.5 Kb.
#121262
Bog'liq
2-amaliy mashgulot


1.So`zsiz matn.

Birovga kesak otsang,

U senga tosh otadi.

Men-aziz, otam-mendan aziz

Zamon senga boqmasa,

Sen zamonga boq.

Kishining o`zi yetmagan yerga so`zi yetar.

Sen ham bir og`izdan

Siz — ham

Suv o`z yo`lini topar,

So’z - o`z egasini

Tili nopok-o`zi nopok

O`z aqling aqldir

Elning aqli naqldir.

Har kim fe'liga yarasha olar.

Har kim qazigan chuquriga o`zi yiqilar.



Matnshunoslarga topshiriq. Olmoshlarni aniqlang.
1-guruh. Netay

Men sevarman jondan ortiq,

Sevganim suymas netay? (Мен нима килай)

Ham sevib men sevmagan

O’z holima qo’ymas, netay? (Мен нима килай)

(Бу) Bul menga jonin fido aylar

Ba lek men beiloj,

Men yonarman ishq o’tida,

Sevganim kuymas ,netay ?

(Бу) Bui mening yonimda hargiz,

Erta kech parvonadir,

Shafqat aylab men sari ul (у)

Bir qadam qo’ymas, netay?

Buyurak ohiga yetmay

Yonsa ko’nglim bir tomon ,

Bir tomon dil hasratimni

Dilbarim tuymas, netay?

Boshim aylandi manim,(Менинг)

Do’stlar bu ishq savdosida,

Sevdi bul , men sevmadim,

Men sevdim, ul suymas ,netay ?
Toifalash jadvalini to`ldiring.



1. Kishilik olmoshlari

2. O'zlik olmoshi

3. Ko'rsatish olmoshlari:

4. So'roq olmoshlari:

5. Belgilash olmoshlari

6. Bo'lishsizlik olmoshlari

7. Gumon olmoshlari





















2-guruh. Olmoshlarni aniqlang.

Keksa , yosh-hayotga har kimki yetar

Hammasi izma –iz , birma –bir o’tar.

Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy,

Ketdilar , ketamiz, kelishar , ketar


O’z erkingda emas , axir erta kun.

Ertangni ko’p o’ylab bo’lma jigarxun.

Bu damni bekorga ketkazma also,

Bilib qo’y , dunyoga bo’lmaysan ustun. (U.Xayyom)

Toifalash jadvalini to`ldiring.



1. Kishilik olmoshlari

2. O'zlik olmoshi

3. Ko'rsatish olmoshlari:

4. So'roq olmoshlari:

5. Belgilash olmoshlari

6. Bo'lishsizlik olmoshlari

7. Gumon olmoshlari






















3-guruh. Olmoshlarni aniqlang.

Seni sevib , sevgilim ,

Sevgi sirin sendan so’rayman.

Senga sevgim sofligini

Sadoqatli so’zim, so’zlayman.

So’limdir soy sohili

So’lim soydan seni so’roqlab ,

Sochlaringni sekin silayman
Toifalash jadvalini to`ldiring.



1. Kishilik olmoshlari

2. O'zlik olmoshi

3. Ko'rsatish olmoshlari:

4. So'roq olmoshlari:

5. Belgilash olmoshlari

6. Bo'lishsizlik olmoshlari

7. Gumon olmoshlari






















Muhammad Yusufning she`rini yod oling va ifodali ayting.

Onajon
Topmoq - yo`qotmoqdir, Yo`qotmoq – topmoq,
Sen so`lib,Men yashab, To`lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko`proq yo`qotdim –
Sen meni yupatding, Seni yig`latdim,
Sen meni yaratding, Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!..

Sog`inch haqda she`rlar Yozdim o`zimcha,


Mendan peshonangda Dog`lar tizimcha.
O`g`il bo`lmay o`lay,Attanab ming attang.
Qiz tug`sang netardi, Ko`proq qiz tug`sang!..
Tirgak bo`lolmadim Bitta qizingga
Uyalmay shoirman Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,Turgil jonajon,


Yo`l qarab bo`ldimi Jigarginang qon?
Boqma, ko`zlarimga Bemajol, xasta,
Mening topganlarim Gulmi bir dasta,
Yo`qotganim senmi Endi ONAJON?..
O`z etimni o`zimYeyishimga boq.

Bilsang yuragimni Bir alam elar.


Buyursang qo`limdan Kelmaydi nelar,
Ayt, Pichan yig`aymi, 
O`tin yoraymi, Yerni haydayinmi,
Ko`k ag`daraymi?..
Itdek oyog`ingga Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana Qo`nishimga boq.

- Hech narsa kerakmas,Bolam, hech deysan.


Endi kech deysan-da, Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman Muzday yuzingga,
ONAJON, Zor qilib ketma izingga!
O`lim oldida ham G`amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga Ko`nishimga boq.

She`rim bitdi, Xayir, Do`stlar xush qoling.


Bedil yashamakka O`rganmang menday
Boring,Volidangiz Ko`nglini oling,
Ertaga Kech qolib
O`rtanmang menday.


Nutq (hazil she'r)

Har so’zida "bu " "anu ","Haligi", "so’ng", "qanaqa". "Bu-bu " deydi - nima bu,

"Shunaqa "si - qanaqa. Tiliga kelib qolgan So’zdan qayta olmasa, "Bu " qo’shmasdan savolga

Javob ayta olmasa. O’zingiz o’ylab ko’ring, Nima bu, "qanaqa "si!


Har so’zida "bu " "anu ", Hachon qolar O’tkirning

"Haligi", "so’ng", "qanaqa". "Nima", "bu", "anaqasi"

"Bu-bu " deydi - nima bu, To’g’ri, aniq gap tuzib,

"Shunaqa "si - qanaqa. Javob bergin so’roqqa,

Tiliga kelib qolgan Xizmat qilsin har so’zing

So’zdan qayta olmasa, Fikringni to’latmoqqa.

"Bu " qo’shmasdan savolga Mazmun nomli mo’ljalga

Javob ayta olmasa. So’z otilgan o’q bo’lsin,



O’zingiz o’ylab ko’ring, Nishonga tegmay qolgan

Nima bu, "qanaqa "si! Bitta o’q ham yo’q bo’lsin.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling