1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi
Elektron o’tishlarga tegishli polosalarning xarakteristikalari: spektrdagi sohasi; intensivligi; polosaning ko’rinishi; tutash zanjir uzunligining e ga ta’siri
Download 1.93 Mb.
|
FTU Savol-javob (1)
48. Elektron o’tishlarga tegishli polosalarning xarakteristikalari: spektrdagi sohasi; intensivligi; polosaning ko’rinishi; tutash zanjir uzunligining e ga ta’siri. Bunday kuzatishlar yutilish polosalarini klassifikasiyalashga va ularni ma’lum xromofor gruppalariga tegishli ekanligini aniqlashda empirik mezonlarni topishga sabab bo’ldi. Burave va Braude tomonidan taklif qilingan klassifikasiyalash sistemasiga ko’ra, elektron yutilish spektrlarida eng ozi bilan to’rtta polosani K, R, B, E ajratish (farqlash) mumkin (1-rasm). K-polosaning hosil bo’lishini qo’shma xromofor sistemasidagi o’tish bilan bog’laydilar. Odatda bu polosalarning intensivligi juda katta . Molekulada qo’shma bog’lar sonini oshirish doimo K-polosaning bataxrom siljishiga olib keladi va bu siljishga ko’pincha giperxrom effekti hamroh bo’ladi. Divinil yoki stirolga o’xshagan qo’shma sistemalarda qutbsiz erituvchini qutbli erituvchiga almashtirganda K-polosaning spektral xarakteristikalari amalda o’zgarmasdan qoladi, akrolein yoki nitrobenzol tipidagi boshqa qo’shma sistemalarda shunday qilinganda K-polosada bataxrom siljish kuzatiladi. Ko’pchilik hollarda K-polosaning konturi (spektr polosasini chegaralab turgan chiziq) uzluksiz bo’ladi, lekin, ba’zi hollarda nozik tuzilishga ega bo’lgan K-polosalar ham uchraydi. Ba’zida bu polosaning nozik tuzilishi juda xususiy va ajralib turadiki, bu molekula tarkibida ma’lum xromofor gruppasining borligini juda ishonchli aniqlashda mezon bo’ladi. B-polosani paydo bo’lishini aromatik halqadagi taqiqlangan o’tishlarning biri bilan bog’laydilar va shu sababga ko’ra bu polosani «benzol» polosasi deyishadi. Bu polosa o’rtacha intensivlikka (100 - 1000) va odatda, nozik tuzilishga ega hamda erituvchini almashtirganda joyidan siljimaydi. Alkilbenzollarda V-polosa spektrning 260 nm ga yaqin qismida joylashgan bo’ladi. R-polosaning hosil bo’lishini karbonil gruppasi tipidagi alohida xromofordagi o’tish bilan bog’laydilar. Tanlash qoidasiga asosan o’tish taqiqlangani uchun R-polosaning intensivligi kichkina bo’ladi . Bu polosalar uchun qutbsiz erituvchini qutblisiga almashtirganda gipsoxrom siljish kuzatiladi. E (E1 va E2 ) - polosalar xuddi V - polosa kabi aromatik sistemalar uchun xarakterlidir. Benzolning o’zi uchun 180 va 200 nm li yutilish polosalari E1 va E2 simvollari bilan belgilangan. Benzol xromoforining taqiqlanmagan o’tishiga tegishli E1-polosa faqatgina ko’p yadroli aromatik sistemalarda spektrning yaqin ultrabinafsha qismida ko’rinadi. Bu polosa intensivligining kattaligi bilan ajralib turadi, masalan, antrasenda E1-polosaning (maks = 252 nm) ekstinksiya koeffisiyenti = 220000. Ye2-polosa doimo o’rin almashgan aromatik birikmalarning spektrida 200 - 230 nm oraliqda kuzatiladi. Bu polosaning intensivligi (2000 - 14000) odatda uzun to’lqinli K - polosaning intensivligidan kam bo’ladi. Lekin ba’zi bir ko’p atomlar almashgan benzollarda Ye - polosaning intensivligi K nikiga qaraganda kattaroq bo’ladi.
– rasm. 1 – Indanonning elektron yutilish spektri (erituvchi – geptan). 49. Xromoforlarga qaysi guruhlar kiradi, ularga tegishli polosalar spektrning qayerida joylashadi va intensivligi qanday bo’ladi (C═O, uzun to’lqin, kuchsiz, ajralmagan elektron, auksoxrom, gipsoxrom, alkil o’rinbosar, batoxrom, qutblangan, erituvchi, almashtirish). Molekulani yaqin ultrabinafsha va ko’rinuvchi nurlarni tanlab yutishiga sabab bo’luvchi atom gruppasiga (hyech bo’lmaganda bitta karrali bog’ni o’z ichiga oluvchi) xromofor deyiladi. Xromoforlar ikkiga bo’linadi: yakka, alohida, va qo’shma. Yakka xromoforlarga bitta karrali bog’ga ega bo’lgan C═C, C═O, N═N ga o’xshash atom grupalari, ikkinchisiga esa molekulaning qo’shma karrali bog’lar sistemasiga ega bo’lgan struktura elementlari kiradi. Qo’shma xromofor gruppasiga ega bo’lgan birikmalarning yutilish polosalari, tarkibida xuddi shu gruppalar yakka-yakka joylashgan birikmalarning yutilish polosalariga qaraganda intensiv va spektrning uzun to’lqinli qismiga siljigan bo’ladi. Bunday holda, qo’shma xromofor gruppasiga ega bo’lgan birikmaning spektrini yakka xromofor gruppalariga tegishli spektrlarning yig’indisi sifatida talqin qilish mumkin. Ba’zi bir xromoforlar (masalan, qo’shma xromofor C═C—C═C) faqat o’tish hisobiga, ikkinchi xil xromoforlar esa (yakka xromofor C═O ga o’xshaganlari) o’tish hisobiga, uchinchilari esa (masalan, qo’shma xromofor C═C—C═O) ikkala, ya’ni va o’tishlarning amalga oshishi hisobiga moddani yaqin ultrabinafsha nurlarni yutishini ta’minlaydi. Birikmaning yaqin ultrabinafsha nurlarni tanlab yutishini ta’minlamaydigan (karrali bog’ga ega bo’lmagan atom gruppalari) lekin, xromofor sistemasiga kiritilganda uning yutilish polosasi intensivligini oshiradigan hamda polosani spektrning uzun to’lqinli qismiga siljitadigan karrali bog’ga ega bo’lmagan atom gruppalariga auksoxromlar deyiladi. Tarkibida, erkin elektron juftiga ega bo’lmagan geteroatomi bo’lgan OH, NH2, SH va boshqa gruppalar auksoxromlarga misol bo’ladi. Har xil yakka va qo’shma xromoforlar hamda xromoforlar va auksoxromlarning turlicha nisbatini o’z ichiga olgan struktura elementlari organik moddalarning elektron yutilish spektrlarini turlicha bo’lishini ta’minlaydi. Elektron yutilish spektroskopiyasida molekulaning tuzilishi bilan uning spektri orasidagi bog’liqlikni aniqlashda, birlamchi xromoforga boshqa xromofor yoki auksoxrom gruppalarini kiritganda ularning spektral kattaliklaridagi o’zgarishlarni kuzatish maqsadga muvofiqdir. Moddaning tuzilishini bunday o’zgartirish (modifikasiya) qilish bilan bog’liq bo’lgan spektrdagi o’zgarishlarni xarakterlash uchun maxsus atamalar ishlatiladi. Batoxrom siljish – yutilish polosasining uzun to’lqinli sohaga qarab siljishi, gipsoxrom siljish – polosaning qisqa to’lqinli sohaga qarab siljishi, giperxrom effekti – yutilish polosasi intensivligini oshishi, gipsoxrom effekti – yutilish polosasi intensivligining kamayishi. Erituvchini almashtirganda spektrda bo’ladigan o’zgarishlar ham shu atamalar orqali bayon qilinadi. 50. Molekula tuzilishining va muhitning UB yutilish spektrlariga ta’siri (qo’sh bog’, tutash, o’rinbosar, erituvchi, qutblanuvchanlik, etilen, 1,3-butadiyen, yuqori bo’sh, quyi band, molekulyar orbital). Ultrabinafsha spektrlarning n → π* va π → π* o’tishlarga tegishli yutilish polosalari, molekula tuzilishining va muhit o’zgarishining turli xil omillariga (ta’sirlariga) juda sezgir bo’ladi. Bu spektrlarda molekulalardagi qo’sh bog’larning tutash effekti, o’rinbosarlarning va muhitning (erituvchining) qutblanuvchanligi juda aniq namoyon bo’ladi. Navbat bilan bu ta’sirlarning har birini alohida - alohida qaraymiz. 1. Molekulada tutash bog’larning ortishi n → π* va π → π* polosalarning bataxrom siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling