1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi
Download 1.93 Mb.
|
FTU Savol-javob (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45. Molekulyar orbitallarni uchta tipiga qancha va qanday o’tishlar mos keladi. Elektron yutilish spektri polosasining asosiy kattaliklariga nimalar kiradi, ularni qisqacha sharxlang (yutish, , , p
1-rasm. Izopentil asetatning DEPT spektri
Birikmaning 13C YaMR spektrida ko’rinadigan hamma signallarning sonidan, DEPT spektrlari orqali aniqlangan CH3, CH2 va CH signallarining sonini ayirib molekulaning tarkibidagi to’rtlamchi uglerod atomlarining sonini aniqlash mumkin. Masalan, 1-rasmning pastida izopentil asetatning to’liq 13C YaMR spektri keltirilgan. Yuqorida ko’rganimizdek spektrda 6 ta signal bor. DEPT spektrlari yordamida aniqlangan CH3, CH2 va CH signallarining soni 5 ta. Demak molekulaning tarkibida bitta to’rtlamchi uglerod atomi bor. 44. Spektrni «yaqin ultrabinafsha» va ko’zga ko’rinuvchi sohalarida (200-800 nm) ko’rinadigan yutilish polosalari qaysi o’tishlar natijasida hosil bo’ladi. Xromofor deb nimaga aytiladi, yakka va qo’shma xromoforlar, misollar keltiring (elektron, energetik sath, diskret, qo’zg’algan, molekulyar orbital, tanlash qoidasi, yutish, qo’sh bog’, tutash sistema, intensiv). Spektrning ultrabinafsha va ko’rinuvchi qismlarida joylashgan yutilish spektrlari molekulaning elektron holatlari o’rtasidagi o’tishlar hisobiga hosil bo’ladi, shuning uchun ham ularni elektron yutilish spektrlari deyishadi. Molekulaning har bir elektron holati energiyaning ma’lum oraliqdagi qiymatlari bilan xarakterlanadi. Qiymatlarning bunday bo’lishini sababi, molekulani tashkil etgan atom yadrolarining tebranma harakatidir. Shuning uchun, elektron sathlar orasidagi har bir o’tishga spektrning keng yutilish polosasi mos keladi. Elektron yutilish spektrlarini talqin qilishning («o’qish»ning) asosiga molekulyar orbitallar nazariyasi olingan. Bu nazariya, molekulaning asosiy elektron holatdan qo’zg’algan holatga o’tishini, valent elektronni band molekulyar orbitaldan bo’sh molekulyar orbitalga o’tishi orqali bog’laydi. Bu holda molekulyar orbitallarning uchta tipiga ya’ni, , va n larga to’rt xil elektron o’tishlar mos keladi: . Turli molekulyar orbitallar energetik sathlarining shartli sxemasidan (10.1 - rasm) ko’rish mumkinki elektronni sathdan sathga o’tkazish uchun eng ko’p, o’tish uchun esa eng oz energiya talab qilinadi. 1 - rasm. Elektron o’tishlarning turlari. Molеkulani yaqin ultrabinafsha va ko'rinuvchi nurlarni tanlab yutishiga sabab bo'luvchi atom gruppasiga (hеch bo'lmaganda bitta qo’sh bog'ni o'z ichiga oluvchi) xromofor dеyiladi. Xromoforlar ikkiga bo'linadi: yakka, alohida, va tutash (qo'shma). Yakka xromoforlarga bitta qo’sh bog'ga ega bo'lgan C═C, C═O, N═N, N=O, C=S ga o'xshash atom grupalari, ikkinchisiga esa molеkulaning qo’sh bog'larning tutash sistеmasiga ega bo'lgan struktura elеmеntlari kiradi. Tutashgan xromofor gruppasiga ega bo'lgan birikmalarning yutilish polosalari, tarkibida xuddi shu gruppalar yakka-yakka joylashgan birikmalarning yutilish polosalariga qaraganda, intеnsiv va spеktrning uzun to'lqinli qismiga siljigan bo'ladi. 45. Molekulyar orbitallarni uchta tipiga qancha va qanday o’tishlar mos keladi. Elektron yutilish spektri polosasining asosiy kattaliklariga nimalar kiradi, ularni qisqacha sharxlang (yutish, , , p, n, energiya, to’lqin uzunlik, nur yutish, intensivlik, konsentrasiya, soha). Elektron yutilish spektrlarini talqin qilishning («o’qish»ning) asosiga molekulyar orbitallar nazariyasi olingan. Bu nazariya, molekulaning asosiy elektron holatdan qo’zg’algan holatga o’tishini, valent elektronni band molekulyar orbitaldan bo’sh molekulyar orbitalga o’tishi orqali bog’laydi. Bu holda molekulyar orbitallarning uchta tipiga ya’ni, , va n larga to’rt xil elektron o’tishlar mos keladi: . Turli molekulyar orbitallar energetik sathlarining shartli sxemasidan (10.1 - rasm) ko’rish mumkinki elektronni sathdan sathga o’tkazish uchun eng ko’p, o’tish uchun esa eng oz energiya talab qilinadi. 1 - rasm. Elektron o’tishlarning turlari. Hamma organik moddalar ultrabinafsha (100 - 400 nm), ba’zilari esa spektrning ko’rinuvchi qismlarining nurlarini (400 - 800 nm) ham yutadi. Tarkibida karrali bog’lari bo’lmagan va shuning uchun faqat hamda o’tishlar mumkin bo’lgan molekulalar asosan energiyasi yuqori bo’lgan nurlarnigina yutadi (to’lqin uzunligi 200 nm dan kam bo’lgan nurlar). Faqat karrali bog’larga ega bo’lgan va shuning uchun ham hamda o’tishlarning imkoni bo’lgan molekulalargina uzun to’lqinli nurlarni (to’lqin uzunligi 200 nm dan katta bo’lgan) yutadi. Lekin, organik moddalarda bo’ladigan hamma mumkin bo’lgan o’tishlarni qanoatlantiruvchi spektrning bunday keng qismida (100 - 800 nm) tajribada spektr olish bir xil imkoniyatga ega emas. Spektrning qisqa to’lqinli ultrabinafsha qismida («uzoq ultrabinafsha») ishlash, bir qancha sabablarga ko’ra (xususan, bunday nurlarni havo yutishi, kyuvetalar tayyorlanadigan materiallarning va optik detallarning bu nurlarga nisbatan tiniqligining chegaralanganligi, erituvchi tanlashning qiyinligi, sochilgan yorug’lik miqdorining ko’p bo’lishi) katta texnik qiyinchiliklar bilan bog’langan. Shu sabablarga ko’ra, hatto, eng yaxshi spektrofotometrlar ham spektrning 190 nm dan katta qismida spektr olishga imkon beradi. Ultrabinafsha nurlarning uzun to’lqinli qismi (200 - 400 nm)(«yaqin ultrabinafsha») va ko’zga ko’rinuvchi soha texnik nuqtai-nazardan ishlash uchun to’liq javob beradi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda elektron yutilish spektroskopiyasi yordamida o’rganish mumkin bo’lgan organik moddalar asosan tarkibida karrali bog’lar bo’lgan moddalardan iboratdir. Molekulaning tarkibida qaysi xromoforning bor yo’qligini bilish moddaning tajribada olingan spektrini turli xromofor gruppalariga tegishli spektral kattaliklarning jadvali bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Xromofor gruppasining bir xil ahamiyatga ega bo’lgan asosiy kattaliklari maks va maks lar bo’lganligi uchun elektron yutilish spektrlari orqali molekulaning tuzilishini faqat shu holda tahlil qilish mumkinki, qachonki moddaning molekulyar og’irligi ilgaridan ma’lum bo’lsa. Chunki, ni hisoblash uchun albatta molekulyar og’irlikni bilish kerak. , bu yerda A - optik zichlik, l - yutuvchi qatlamning qalinligi santimetrlarda, C - moddaning molyar konsentrasiyasi, mol/l larda. Shu ko’rsatilgan shartlar bajarilgan holda molekulaning tuzilishini aniqlash imkoniyatini qaraymiz. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling