1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati. Statistik jadvallarning turlari. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari
Download 99 Kb.
|
1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati. Statistik jadv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Statistik xaritalar
8. Tasvirli (suratli) diagrammalar
Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammlar o’rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo’li bilan tuziladi. O’lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo’lda yuk aylanmasining o’sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. 9. Statistik xaritalar Jo’g’rofiy tuzilishga ega bo’lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida tasvirlanadi. Bu xaritalar o’rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bo’yicha joylashtirish va rivojlantirish masalalarini o’rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qo’l keladi. Statistik xaritalar iqtisodiy jo’g’rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-jo’g’rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va chamalab (baholab), ularning jo’g’rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jo’g’rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor jihatidan ifodalaydi. Bu o’rinda statistik xaritalarni, umuman jo’g’rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin bo’lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jo’g’rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jo’g’rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zo’raytirib beradi. Statistik xarita shunday konturli jo’g’rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy bo’linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bo’lib, ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o’rganilayotgan hodisaning hu-dudiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymat-lariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Statistik xaritalar ko’zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bo’linadi. Agarda biror hodisaning hududlar bo’yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bo’lsa, u holda xaritogramma qo’llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar asosida to’laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat bo’lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi. Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o’rganilayotgan hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bo’linma konturi ichiga ko’rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bo’linadi. Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bo’yicha ta’riflovchi taqsimlanish qatorlari tusli xaritogarmma ko’rinishida tasvirlanadi (4.11-grafik). Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig’indisi iqtisodiy mazmunga ega emasdir. Demak, shunday hollarda tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin. O’rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar bo’yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig’indisi iqtisodiy mazmunga egadir. Faqat shunday xolatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin. Markazgrammalar deganda jadvallar to’la holda joylashtiriladigan xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bo’yicha aholi dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni statistik-jo’g’rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar tegishli hududiy bo’linmalar (viloyatlar) bo’yicha tasvirlanadi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling