1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. Statistik kuzatish dastur metodologik va tashkiliy masalalari
Download 70.5 Kb.
|
Statistik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati
Statistik kuzatish xatolari Reja: 1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. 2. Statistik kuzatish dastur metodologik va tashkiliy masalalari. 3. Statistik kuzatish turlari va ularning oziga xos jihatlari. 4. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari. 1. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati Statistik kuzatish - bu organilayotgan ommaviy hodisalar haqida bosh-langich malumotlarni toplash jarayonidir Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan organish, yani bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi boglanishlarni miqdoriy ifodalab ularning toplarida namoyon boladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, organilayotgan obektlar togrisida boshlangich malumotlar yoki boshqa soz bilan aytganda xom statistik materiallarni toplash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi. Kuzatish sozi quyidagi lugaviy manoga ega: 1) biror narsa ( predmet, obekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab kozdan kechirish; 2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, taqib qilish; 3) voqealarni organish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlangich materiallarni toplashdir. U organilayotgan obektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bogliq. Hisob bu biror predmet miqdorini sanab yoki olchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi malumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish xojalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida xojalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish kopincha ana shu hisob turlari malumotlariga tayanadi. SHu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini organish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi. Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, tolalik, taqqosla-malik Statistik kuzatish va uning natijasida toplanadigan malumotlar uchta talabga javob berishi kerak, yani: 1) aniqlik va togrilik; 2) tolalik va har taraflamalik; 3) Taqqoslamalik, solishtirmalik. Milliy standart - muayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa-butun jahon yoki mamlakatlar birlashmasi miqyosida hodisalarni tasniflash, korsatkichlarni tuzish va hisoblash, malumotlarni qayd qilishda qollanadigan umumiy talab, tartib va umumiy kontseptsiyalar majmuasidir Iqtisodiy malumotlarning taqqoslamaligini taminlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga tola amal qilish muhim rol oynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida obektlarni tasniflash, korsatkichlarni tuzish va hisoblash, malumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bolgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda organilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik korsatkichlarni tuzish va hisoblashda, malumotlarni qayd qilish va olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki malum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qollash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talabla,r kontseptsiyalar majmuasi tushiniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling