Kuzatish dasturi – bu kuzatish davomida yig’ilishi kerak bo’lgan savollar yoki qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar va ko’rsatkichlar ro’yxatidir. U qisqa, tushunarli bo’lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bo’lgan, shubha tug’dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og’ir va mas’uliyatli bosqichidir.
Kuzatish obyekti - bu tekshirish o’tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir. Masalan, aholi ro’yxati o’tkazilayotgan bo’lsa, biz aniq belgilab olishimiz kerak, qaysi aholini ro’yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? Yoki doimiy aholinimi? Tijorat korxonalarini ro’yxatga olish uchun, oldin aniq bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari bo’lib hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |