Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi.
Kuzatish birligi bilan to’plam birligini almashtirmasligimiz kerak. Ular ayrim vaqtda bir-biriga teng. Masalan, aholi ro’yxatida har bir shaxs, ham kuzatish birligi, ham to’plam birligi hisoblanadi. Ayrim paytda, ular o’zaro teng emas. Masalan, sanoat korxonalarida jihozlar ro’yxatga olinganda sanoat korxonasi kuzatish birligi, har bir jihoz esa to’plam birligi bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |