2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
Download 105,83 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar
2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyotiREJA: 2.1. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar 2.2.Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati. 2.2.Statistik kuzatish shakllari,turlari va usullari. 2.4.Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish. Tayanch iboralar: Statistik kuzatish, kuzatish ob`ekti va birligi, uzlukli va uzluksiz kuzatish, yoppasiga va qiyman kuzatish, bevosita kuzatish, hujjatli kuzatish, so`roqnoma, reprezentativ xato, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi. 2.1. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo’yiladigan talablar Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o`z ichiga oladi:
Hayot turli xil hodisalarning almashinuvidir. Istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o`rganish va kuzatish kerak, degan edi frantsuz yozuvchisi Bal’zak. Binobarin, har qanday statistik tadqiqot o`sha o`rganilayotgan ob`ekt haqida tegishli ma`lumotlarni to`plash bilan boshlanadi. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to`plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi. U qanchalik to`g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga javob bera oladigan bo`ladi. Mas`uliyatsizlik bilan to`plangan noaniq va pala-partish boshlang’ich ma`lumotlar o`rganilayotgan hodisa xususida noto`g’ri yakun va xulosalarni yasashga sabab bo`ladi. Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarning hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda to`plangan ma`lumotlar ilmiy tekshirish talablarini to`la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham bo`lishi mumkin. eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
Download 105,83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling