2-Mavzu Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


-chizma. Statistik kuzatish turlari


Download 105.83 Kb.
bet6/9
Sana14.12.2022
Hajmi105.83 Kb.
#1002814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu

2.4.-chizma. Statistik kuzatish turlari
Tanlama kuzatish deyilganda umumiy bosh to`plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatni to`la ta`minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi. U to`g’ri tashkil etilsa, olingan natijalar umumiy to`plam haqida to`la-to`kis va aniq fikr yuritish imkoniyatini beradi.
Asosiy massivni kuzatishda o`rganilayotgan belgining umumiy hajmiga eng salmoqli o`rin tutgan to`plamning asosiy qismi ajratib olinadi. Masalan, kolxoz-kooperativ savdo statistikasi ana shu massivni tekshirish printsiplarida olib boriladi. Jamoa xo`jaligi bozorlari besh mingdjan ortiq shahar va shahar tipidagi shaharchalarda mavjuddir. Tekshirish esa 264 ta katta shaharlardagi asosiy jamoa xo`jaligi bozorlarida olib boriladi. Bu shaharlarda shahar aholisining yarmidan ko`pi yashaydi, jamoa xo`jaligi savdosi oborotida esa ular asosiy salmoqni (50 foizni) egalaydi.
Anketa orqali kuzatishda kuzatilayotgan kishilarga oldindan maxsus tayyorlangan varaqalar tarqatiladi. Anketa orqali kuzatish kerakli ma`lumotlarni kam xarajat qilib olish imkoniyatini yaratsa-da, ammo ularning aniqligi javob berilayotgan shaxslarga bog’liqdir. Varaqalarga javob yozish ixtiyoriy bo`lganligi uchun odatda tarqatilgan anketalarning faqatgina bir qismi qaytib kelishi mumkin. Natijada qisman kuzatishga egabo`lamiz.
Monografik tasvirlash deganda tipik hodisalarni har taraflama chuqur va sinchiklab o`rganish tushuniladi. U ko`pincha yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida ilg’or tajribani o`rganish va ommalashtirishda qo`llaniladi. Monografik tasvirlash barcha to`plam haqida fikr yuritish uchun ma`lumot to`plashni ko`zlamaydi va shu bilan qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi. Uning ma`lumotlari ayni tekshirilayotgan hodisa, ob`ektga tegishlidir.
2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish.
Statistik kuzatish o`tkazilgandan so`ng uning natijalarini qabul qilish boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma`lumotlar uch nuqtai nazardan tekshiriladi (8-chizma).



Download 105.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling