1. Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan?


Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?


Download 30.53 Kb.
bet3/9
Sana24.04.2023
Hajmi30.53 Kb.
#1395705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5258222469289870515

8. Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega:
1) biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish;
2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3) voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.
Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik. Kuzatish maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash tekshirishni to‘g‘ri va aniq tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga qarab barcha dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalar yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlar to‘planishiga, zarurlarini esa tushib qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va mablag‘lar sarflanadi.
9. Statistik qonuniyatning dinamik qonuniyatlardan farqi.
10. Ommaviy-ijtimoiy xodisalar.
11. Statistik to‘plam.
12. O‘zbekistonda statistikani tashkil etilishning huquqiy asoslari.

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi haqida” va Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish haqida”gi 24 dekabr 2002 yil UP-3183 sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8 yanvar 2003 yil 8 – sonli qaroriga asosan tuzilgan bo‘lib, mamlakatimizda statistika sohasida yagona siyosat ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxsdir. Davlat Statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa rasmiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi. “O‘zbekiston Respublikasini amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tkazish Davlat Dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgust 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bu dasturda ko‘zlangan asosiy tadbirlar o‘tgan davrda amalga oshirildi, jumladan, milliy hisobchilikning asosiy hisoblamalari yaratildi, moliya, pul, baholar statistikasi qaytadan ishlab chiqildi, bir qator tarmoq va soha statistikalari xalqaro andozalar asosida isloh qilindi. Amalga oshirilmay qolgan masalalar va boshqa yangi tadbirlarni o‘z ichiga olgan “2005 yilgacha O‘zbekiston davlat statistikasini isloh qilish tizimini Kompleks Dasturi” ishlab chiqildi. Hozirgi kunda hayotda amalga oshirilmoqda.





Download 30.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling