Pedagogning kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonida qoldiradigan ma’lumotlar to‘plami.
22). DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 4-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish, ta’lim oluvchilarni ta’lim jarayoniga maksimal darajada jalb qilish uchun raqamli ta’lim muhitida tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash va o‘qitish uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.
baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
pedagogning raqamli savodxonligi, uning raqamli muhitda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot va resurslarni tanlash va tahlil qilish qobiliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi.
23). Multimedia ma’lumotlari bilan ishlash uchun dasturiy vositalar – ...
... matnli hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlash uchun dasturlar hisoblanadi. Misollar: Microsoft Word, Word Perfect, ChiWriter, Multi-Edit, Open Office va boshqalar.
... o‘quv videolarini yaratish, audio va video ma’lumotlar bilan ishlash, videolarni tahrirlash va ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
... bu ma’lumotlarni jadvallar ko‘rinishida taqdim etish, matematik ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni vizuallashtirish va diagrammalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlar.
... grafik tasvirlarni yaratish, grafik hujjatlarni, shu jumladan diagrammalar, rasmlar, chizmalar, jadvallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |