Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni
Download 2.04 Mb.
|
Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish Wordda grafik ob\'ektlarni hosil qilish va tahrirlash.Wordda jadval yaratish. Excelning ta\'lim jarayonidagi imkoniyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar
Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish Wordda grafik ob'ektlarni hosil qilish va tahrirlash.Wordda jadval yaratish. Excelning ta'lim jarayonidagi imkoniyatlari. Taqdimotlar muxarrirlari va ularda ishlash. Power Point dasturida slaydlarni boshqarish Reja:Matnli hujjat muharrirlari. Matnli hujjatlarni taxrirlashni avtomatlashtirish. Elektron jadval muharrirlar. MS Excel dasturi. MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari. Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash. Tayanch iboralar: Windows, Microsoft Office, word, ish kitobi, ish sahifasi, yacheyka, formula, funksiya, taqdimot, slayd. WORD muharririda ba’zi bir tushunchalarMicrosoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo‘lib, uni matn muharriri deb atashadi. U xar xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar xamda risolalar xam tayyorlash mumkin. Wordda xujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko‘rsang shuni olasan, ya`ni ekranda qanday ko‘rinsa, chop etilganda qog‘ozda xam shundayligicha ko‘rinadi) turidagi muharrirlar guruxiga kiradi. Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo‘llash uchun qabul qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega. Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalari ishlatiladi. Ayrim uskunalar panellari (lentalar) va ularning vazifalari bilan tanishamiz. Standartnaya – fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan buyruqlarni ifodalovchi tugmachalaridan iborat. Formatirovanie – matnni formatlash uchun ishlatiladi. VisualBasic - VisualBasicda Word hujjati bilan biriktirilga dastur yaratishga xizmat qiladi. WordArt – figurali matn yaratish buyruqlari joylashgan tugmachalardan iborat. Avtotekst – hujjatga ko‘p takrorlanadigan matn elementlarini tezda joylash yoki almashtirish. Baza Dannix – hujjat jadvallarida ma‘lumotlar ombori yaratish va u bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Nastroyka Izobrajeniya – grafikali tasvirlar bilan ishlovchi buyruqlarni chaqiruvchi tugmachalar joylashgan. Retsenzirovanie – xabarlar yoki taqrizlar joylash uchun xizmat qiladi. Risovanie – hujjatga grafikali ob‘ektlar joylash uchun xizmat qiladi. Forma – ma‘lumotlar ombori bilan ishlaganda forma, jadval, ro‘yxat, kiritish maydonlari yaratish tugmachalarini ifodalaydi. Elementi upravleniya – hujjatga tugmachalar, pereklyuchatellar va VisualBasicning boshqa elementlarini joylaydi. Word xat yoki maqolalar yaratishning bir necha shablonlarini taklif etadi. Bitta shablondan ko‘p marta foydalanish mumkin. Hujjatni yaratish, saqlash, ochish va yopish uchun Fayl tavsiyanomasi bo‘limlaridan yoki ―Standartnaya‖ panelidagi tugmachalardan foydalanish mumkin. Word matn muharriri hujjatlarni boshqa formatlarda xam saqlash imkoniga ega. Biror hujjatni Microsoft Word formatidan farqli formatda saqlash uchun hujjatni saqlash darchasidagi ―Tip fayla‖ ro‘yxat maydonidan kerakli format tanlanishi va ―Soxranit‖ tugmasi bosilishi kerak. Matn protsessorlarining, shu jumladan Word dasturining, muhim xususiyatlaridan biri matnni xar xil formatlash imkoniyati mavjudligidir. Formatlashni uch xil ko‘rinishini farqlashadi. Belgilarni formatlash – bunda gap asosan shriftni o‘zgartirish xaqida ketadi. Abzastni formatlash – bunda matndagi aloxida abzastlar maydonlari o‘lchamlarini, satrlar orasidagi intervallarni o‘zgartirish va abzastlarni tekislash tushiniladi. Sahifalarni formatlash – bunda sahifa ko‘rinishini va o‘lchamlarini tanlash, xoshiyalar o‘lchamlarini o‘zgartirish nazarda tutiladi. Belgilarni formatlash matn yozishda shrift rangi, o‘lchami va uslubini o‘zgartirish amallarini o‘z ichiga oladi. Buning uchun ―Formatirovanie‖ uskunalar paneli tugmachalaridan xam foydalanish mumkin. Abzastlarni formatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: abzastlarni tekislash; abzast chegaralarini o‘rnatish; abzast birinchi satri boshlanadigan chegarani o‘rnatish; satrlar orasidagi masofani o‘rnatish; abzastlar orasidagi masofani o‘rnatish; abzastni sahifada joylashishi nazorati. Abzastlarni tekislash ―Formatirovanie‖ uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word xamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko‘rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o‘ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo‘ylab ikki tarafga xam tashkil qilish mumkin. Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontalg‘ chizg‘ich yordamida o‘rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limi yordamida xam o‘rnatish mumkin. Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Ya`ni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan xam ko‘proq interval bo‘lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o‘zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limidagi ―mejstrochnqy‖ maydonidagi ro‘yxatdan foydalanish mumkin. Xar qanday qog‘ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo‘ladi. Word sahifaning xamma tarafidagi xoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o‘rnatish imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa bo‘limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi. Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki ―Standartnaya‖ uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak. WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin. WORD muharririda ba‘zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha: Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so‘z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to‘g‘ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug‘i ularni qayta yozadi. Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to‘g‘irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi. Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega. Formatlash – bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta‘kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin. Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash. Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma‘lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin. Konteks menyusi – ―sichqoncha‖ ning o‘ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob‘ektga mos ravishda menyu ham o‘zgarib turadi. “Sichqoncha” – hozirgi zamon komp‘yuterlarining ajralmas qismi bo‘lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo‘ladi. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling