1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar
Ildizpoyalilar va tugunaklilar
Download 113.56 Kb.
|
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar
Ildizpoyalilar va tugunaklilar. Bu guruhga kiruvchi o’simliklar tuproq ichidagi o’zgargan poyasidan, tugunaklaridan va urug’laridan ko’payadi. Ildizpoyali ko’p yillik o’simliklar keng tarqalgan bo’lib, ularni yo’qotish ancha qiyin kechadi. Ularning ildizpoyasi silindrsimon, chizimchasimon va tugunaksimon bo’ladi. Ildizpoyalarning uchida va yonlarida ko’p kurtaklar bo’lib, ulardan novda o’sib chiqadi. Ildizpoy-aning bitta yoki bir nechta kurtagi bo’lgan biror bo’lagidan yangi o’simlik rivojlana oladi. Sug’oriladigan yerlarda ildizpoyali begona o’tlardan g’umay, ajriq, qamish, salomalaykum, bug’doyiq va qizil qiyoq o’sadi.
Ajriq - Cynadon dactylon (L.) boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Bo’yi 10-50 sm, pastidan shoxlangan. Poyasi bo’g’imli, ingichka, tasmasimon bargli, panjasimon to’pgulli o’simlik. Mart oyidan boshlab ko’karadi. Maydan-iyungacha gullaydi, iyun-sentyabr oyida hosil tugadi. Bitta o’simlik 2 mintagacha urug’ qiladi. Ajriq asosan ildizpoyasidan ko’payadi. Ildizpoyalarning asosiy qismi 0-20 sm qatlamda joylashgan. Ajriq hamma yerda uchraydi. U ashaddiy begona o’t hisoblanadi. G’umay - Sorgum halepense (L Brot) boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Ildiz tizimi o’zgargan yer osti poyalardan iborat. Ildiz poyalarning uchi va yonida kurtaklar bo’lib, ulardan novdalar o’sib chiqadi. Poyasi tik, bo’yi 100-200 sm. Barglari ensiz, tasmasimon, tuksiz. Guli- yirik sulton. Boshoqlari tuxumsimon, tukli, to’q binafsha yoki to’q malla rang. Urug’i oval shakldagi don. Urug’larning unib chiqishi uchun minimal harorat +10…+120C , optimal harorat +30…+350C. Mart-may oylarida ko’karib chiqadi. Iyul-avgustda gullaydi. Avgust-oktyabrda hosil tugadi. Bitta o’simlik 8000 donagacha urug’ beradi; 1-80 tacha ildizpoya hosil qiladi. So’ligan yosh novdalari tarkibida zaharli sinil kislota to’planadi. Sug’oriladigan yerlarda ashaddiy begona o’t hisoblanadi. Salomalaykum - Cyperus rotundus L.-qiyoqdoshlar oilasiga kiradi. Uning 400 ga yaqin turi bor. Ildizi ingichka chizimchasimon ildizpoya va qo’ng’ir tugunaklardan iborat. Poyasi tik, uch qirrali, silliq, bo’yi 15-50 sm. Barglari silliq, gullari zich, boshoqqa joylashgan. Urug’i uch qirrali, yaltiroq, qoramtir-malla yong’oqcha. May-iyundan boshlab ko’-karib chiqadi. Iyun-avgustda gullaydi, iyul-oktyabrda urug’ tugadi. Sernam tuproqlarda tarqalgan. Qamish - Phragmites communis Trin. Boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Yo’g’onlashgan ildizpoyalari 3,5 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Ildizpoyalarning asosiy massasi 60-100 sm chuqurlikda joylashadi. Poyasi to’g’ri, shoxlanmagan, bo’yi 4 m gacha etadi. Barglari navbat bilan joylashgan, uzun, tasmasimon, uchli. Poyasining uchida ro’vak hosil bo’ladi. Bitta ro’vagida 100 mingtagacha urug’ tugadi. Urug’i kul rangsimon don, +8…+100C da ko’karib chiqa boshlaydi. Optimal harorat +20…+240C. May-iyulda gullaydi, iyul-sentyabrda hosil tugadi. Qamish asosan, ildizpoyasidan va qisman urug’idan ko’payadi. Кampirchopon, oq tukli kampirchopon-Trichodesma R.Br. Кo’p yillik begona o’t. Ildizi uzun, egri-bugri, 4 metrgacha chuqurlikka kirib boradi. Urug’idan va vegetativ yo’l bilan ko’payadi. O’simlik yaltiroq-oq rangli, mayin tukchalar bilan zich qoplangan, sershox buta shaklida oqarib ko’rinadi. Barglari tolali, tuxumsimon, yuqoriga tortilgan, uchi o’tkir. Gullari poya va yon butoqlarning tepa qismida joylashgan, moviy (kul rang, yashil) tusda, diametri 2,5 sm gacha yetadigan yirik 5 ta gulbarglardan iborat. Barglari tana uchiga yoki yon butoqlarga o’rnashgan, g’ujumi to’dagul hosil qiladi. Mevasi bir-biriga jipslashgan to’rt dona urug’dan iborat. Urug’i tuxumsimon, sirti taramli, qobig’i kul rang-zangori, ta’mi achchiq, yirik. Кampirchopon ildizidan bahorda ko’karib chiqadi. Кo’karib chiqqandan 1,5-2 oy o’tib gullaydi va gullash kech kuzgacha davom etadi. Urug’lar har xil muddatda pishib yetiladi. Кampirchoponning bitta o’simligi 150 dan 2000 tagacha urug’ beradi. Кampirchopon Samarqand va Jizzax viloyatining lalmikor yerlarida ko’p tarqalgan. Download 113.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling