1. Sulton Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o’g’lining vorisi hisoblanadi?
a) Jahongir b) Shohrux c) Umarshayx d) Mironshoh
2.Boburning otasi Umarshayxga akasi Sulton Ahmad davrida berilgan hududlarni aniqlang?
a) Sayram va Toshkent
b) Farg’ona va Xo’jand
c) Toshkent va O’ratepa
d) Kobul va Farg’ona
3.”Dashti Qipchoq” atamasi qayerlarga nisbatan ishlatilgan?
a) Amudaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning sharqiy yonbag’ridan Dunay daryosining quyi oqimigacha
bo’lgan hududlar
b) Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning sharqiy yonbag’ridan Dunay daryosining yuqori oqimigacha
bo’lgan hududlar
c) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yonbag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimigacha
bo’lgan hududlar
d) Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning g’arbiy yonbag’ridan Dnepr daryosining yuqori oqimigacha
bo’lgan hududlar
4. Shayboniyxon bobosining davlatini tiklash yo’lidagi xatti-harakatini dastlab nimadan boshlagan?
a) o’ziga ittifoqchilar yig’ishdan
b) o’z qo’shini bilan temuriylarga yollanma qo’shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan
c) Dashti Qipchoqda katta urushlar boshlash bilan
d) Temuriylarga qarshi kurashdan
5. Shayboniyxon Axsi va Andijonni kimga bergan?
a) Jonibek Sulton
b) Xo’ja Mahmud
c) Ko’chkinchixon
d) Mahmud Sulton
6. Qayerdagi jangda Shayboniyxon Ismoil Safaviyga yutqazib qo’ygan?
a) Balx b) Hirot c) Isfaxon d) Marv
7. Bobur Samarqandni 3-marta qachon egallagan?
a) 1496-yil b) 1497-yil c) 1500-yil d) 1511-yil
8. Bog’i Orom qayerda joylashgan?
a) Kobul b) Agra c) Dehli d) Andijon
9. Shayboniylar urf-odatiga ko’ra,o’lgan xon o’rniga taxtga Yoshi katta shayboniy o’tqazilgan.
Qachondan bu urf-odatga rioya etilmay qo’yilgan?
a) XVI asr 20-yillaridan b) XVI asr 30-yillaridan
c) XVI asr 40-yillaridan d) XV asr 30-yillaridan
10. Shayboniylardan Jonibek Sultonning nabirasi bo’lgan shaxsni aniqlang?
a) Abdullaxon I
b) Abu Said
c) Abdullaxon II
d) Ubaydullaxon
11. Nechanchi yilda shayboniylar Movarounnahrni tamoman egallagan?
a) 1499-yil b) 1501-yil c) 1510-yil d) 1512-yil
12.Shayboniylar davlatida zarur bo’lganda elchilik vazifasini ham bajargan mansabni aniqlang?
a) naqib b) otaliq c) qushbegi d) devonbegi
13. Qaysi shayboniy hukmdor davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi va u bilan savdo va
elchilik munosabatlarini o’rnatdi?
a) Ko’chkinchixon
b) Abdullaxon II
c) Shayboniyxon
d) Ubaydullaxon
14. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari qachondan rivojlana bordi?
a) XVI asr 2-yarmi
b) XVII asr boshlari
c) XVI asr boshlari
d) XVII asr 2-yarmi
15.Ilm, fan, marifat homiylari bo’lgan shayboniy hukmdorlarni aniqlang?
a) Shayboniyxon,Ko’chkinchixon,Ubaydullaxon
b) Shayboniyxon,Abdulazizxon,Abdullaxon
c) Shayboniyxon,Ubaydullaxon,Abdullaxon II
d) Shayboniyxon,Ko’chkinchixon,Abdullaxon II
16.”Shartnomayi shohiy” asarining muallifini aniqlang?
a) K.Binoiy
b) Fazlulloh ibn Ro’zbexon
c) Hofiz
Tanish Buxoriy
d) M.Haydar
17. Samarqandda o’z nomiga xutba o’qitib,tanga chiqargan Xiva hukmdorini aniqlang?
a) Avaneshxon
b) Anushaxon
c) Arab Muhammad
d) Elbarsxon
18. Shohjahon o’g’illari bilan Nodir Muhammad o’rtasida jang qayerda bo’lib o’tgan?
a) Bog’i Shamol
b) Saripul
c) Sheroz qishlog’i
d) Maymana
19. Buxoro xoni Abulfayzxon davrida amalda mustaqil bo’lib olgan hududlarni aniqlang?
1. Toshkent 2. Samarqand 3. Qarshi 4. Shahrisabz 5. O’ratepa 6.Balx 7.Namangan 8.Farg’ona
9.Badaxshon 10. Ko’lob
a) 2, 3, 6, 8, 9 b) 2, 3, 5, 6, 7 c) 1, 4, 5, 9, 10 d)1, 2, 3, 6, 8
20. Buxoroga qaysi Xiva xoni yordamga kelayotganidan xabar topgan Nodirshoh buyrug’iga binoan
Rizoqul qo’shinlari orqaga qaytib ketadi?
a) Avaneshxon
b) Anushaxon
c) Arab Muhammad
d) Elbarsxon
21. Ashtarxoniylar davrida xondan keyin qaysi mansab turgan?
a) Devonbegi b) Qushbegi c) Mehtar d) Otaliq
22. Ashtarxoniylar davrida Buxoroda qachon isyon ko’tarilgan?
a) 1705-yil b) 1708-yil c) 1710-yil d) 1712-yil
23. Tarixiy xato javobni aniqlang?
a) Ashtarxoniylarda suyurg’ol egalari xon xazinasiga soliq to’lamagan
b) Ashtarxoniylarda “mulki hurri xolis” egalari xon xazinasiga 1/10 ko’rinishida soliq to’lagan
c) Ashtarxoniylarda asosiy soliq to’lovchilar-dehqon, chorvador,hunarmand,savdogarlar bo’lgan
d) Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan
24. Falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astranomiya sohasida 20 dan ortiq asar yozgan shaxsni
aniqlang?
a) Mahmud ibn Vali
b) M.Yusuf Munshiy
c) M.Sharif Buxoriy
d) Bedil
25.”Tarixlar dengizi” nomli asar kimniki?
a) M.Zamon Buxoriy
b) M.Amin Buxoriy
c) M.Yusuf Munshiy
d) Abdurahmon Tole
26.Muhammad Rahimbiy davrida 4 yil ichida bo’ysundirilgan bekliklarni aniqlang?
1. Miyonqol 2. Nurota 3. Samarqand 4. Qo’boduyon 5. Balx 6. Hisor 7. Boysun 8. Shahrisabz 9.
O’ratepa 10. Qarshi 11. Urgut 12. Ko’lob
a) 1, 2, 3, 4, 5, 6
b) 2, 3, 4, 5, 6, 7
c) 1, 2, 4, 7, 8, 11
d) 1, 3, 8, 9, 10, 11
27. O’z faoliyatida ommaga tayanib ish tutgan Buxoro amiri davrida qaysi shaharda katta bunyodgorlik
ishlarini amalga oshirdi?
a) Buxoro b) Toshkent c) Samarqand d) Qarshi
28. Buxoro amirligida eng quyi mamuriy bo’linma bu…?
a) amlokdorlik b) ovul c) qishloq d) mahalla
29. Buxoro amirligida harbiy qo’shin bosh sarkardasi nima deb atalgan?
a) sipohsolor
b) to’pchiboshi
c) lashkarboshi
d) parvonachi
30. Amirlikda qaysi soliqning miqdori yer haydashga yaroqli har bir juft ho’kiz hisobidan kelib chiqib
belgilangan?
a) tanobona
b) qo’sh puli
c) zakot
d) xiroj