1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tizimlarining instrumental vositalari


Download 56.99 Kb.
bet6/9
Sana02.06.2024
Hajmi56.99 Kb.
#1838306
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tiziml-fayllar.org

Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak
ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak.
Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish
xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon
xatti-harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashxis qo‘yiladi.
O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashxis qo‘yish va tahlil etish
imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g’risidagi farazni yaratish,
tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:

xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada to‘liq bo‘lishini ta’minlash. Bu eng asosiy


bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek,
kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;

ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish.


Qiyinchilik shundaki, mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim
elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish
tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib
qoladi;
• yechiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli
ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.
Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
•tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
•ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli
sohaning mavjudligi;
•ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshashligining bo‘lishi;
•muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis
bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
•masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
•predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni
qo‘llash.
Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert
tizimini qo‘llashning zarur hamda yetarli sharti sanaladi.

Download 56.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling