1. Suruluvchi vergulli va vergulli sonlar nima


x32 razryadli operatsion tizim


Download 490.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana08.03.2023
Hajmi490.3 Kb.
#1252654
1   2   3
Bog'liq
Shaybonov M (KT-12-DI) (M1)

x32 razryadli operatsion tizim 
3 Gb gacha bo'lgan operativ xotiraga ega kompyuterlarga o'rnatilishi 
maslahat beriladi. Sababi agar siz 4 Gb li operativ xotiraga ega kompyuterga 
o'rnatsangiz siz bu operativ xotiraning maksimal 3.5 Gb dan foydalana olishingiz 
mumkin nazariy jihatdan lekin biz amaliy jihatdan ko'rganimizda bu operatsion 


tizim operativ xotiraning 2.89 Gb dan foydalana olishi ko'rsatilgan. Qolgan qismi 
esa tizim uchun xuddi yo'qdek turaveradi. 
✓ bu razryad faqatgina 1 yoki 2 yadro bilan ishlay oladi va undan ortiq 
multiyadorni esa qo'llab quvvatlay olmaydi; 
✓ buning afzalligi shundaki operativ xotiradan kamroq joy olib ishlay 
olishidir. 
x64 razryadning asosiy xususiyatini ko'rsak: 
✓ x64 operatsion tizim 4 Gb va undan yuqori operativ xotiraga ega 
kompyuterlarga o'rnatilishi maslahat beriladi. Sababi u operativ xotiradan x32 ga 
nisbatan ko'proq joy talab qiladi; 
✓ 2 va undan ortiq yadro bilan ishlay oladi; 
✓ yana bir afzalligi x32 razryadli dasturlarni ham ishlata olish 
imkoniyatiga ega (ba'zi x32 razryadli dasturlar bilan ishlay olmasligi ham mumkin). 
Arifmetik mantiqiy qurulmaning vazifasi 
Arifmetik mantiqiy qurilma inglizcha arithmetic logic unit, ALU - bu 
operandlar deb nomlangan ma'lumotlarga nisbatan arifmetik va mantiqiy 
o'zgarishlarni (elementar o'zgarishlardan boshlab) amalga oshirish uchun boshqaruv 
moslamasi tomonidan boshqariladigan protsessor birligi. Operandlarning bit 
chuqurligi odatda mashina so'zining kattaligi yoki uzunligi deb ataladi. 
Arifmetik mantiqiy qurilma tushunchasi 1945 yilda jon fon Neyman 
tomonidan EDVAC nashrida taklif qilingan, u klassik fon-Neyman kompyuter 
arxitekturasining tarkibiy qismlaridan biriga aylandi.Arifmetik-mantiqiy qurilma 
axborotni o’zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun 
mo’ljallangan qurilma sanaladi. 
Funktsional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv 
sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan. Uzunligi turlicha 
bo’lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so’z, 2- registr 
(Pr2) esa bitta so’zga oid razryadlik darajasiga ega. Operatsiya bajarilayotgan paytda 
Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga etgach 
– natija joylashadi. Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son 
joylashib, operatsiya yakuniga etgach, uning ichidagi axborot o’zgarmay qoladi. 1- 
registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali 
uzatishi mumkin. Boshqaruv sxemasi yo’riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv 
qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini 
boshqarish uchun mo’ljallangan signallarga aylantiradi. 
AMQ operatsiyalarni faqat so’nggi razryaddan so’ng qayd etilgan vergulli 
ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi. O’zgaruvchan 
vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o’nli sonlarga nisbatan 
operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb 
etilgan tarzda bajariladi. 


2-rasm: Arifmetik mantiiy qurilma (ALU) 
Mikroprotsessor arifmetik mantiqiy qurilma, registrlar va hisoblagichlar 
toʼplami, kiritish va chiqarish shinalari tizimi, boshqarish va sinxronlashtirish 
qurilmalaridan iborat. 
Аrifmetik mantiqiy qurilmalar (АMQ) ikkilangan sonlarni qoʼshish va 
ayirish, maʼlumotlarni istalgan yunalishda istalgan razryad sonicha siljitishni 
taʼminlishga moʼljallangan. АMQ da arifmetik amallarni bajarish jarayonida yuzaga 
keladigan muayyan xolatlar (xonachalarning toʼlib ketishi, koʼchirish, nol yoki 
manfiy natija) ni xisobga olishda zarur boʼladigan bir nechta triggerlardan tashkil 
topgan alomatlar razryadlari mavjud. АMQ bilan bogʼlangan registr, natijalar 
registry xisoblanib Аkkumulyator (А) deb ataladi. Uning vazifasi oddiy va siklik 
siljishlarni amalga oshirish, operandlardan birini aniqlash, АMQ dan olingan 
natijalarni eslab kolish uchun qabul qiluvchi registr sifatida xizmat qiladi. АMQ 
ning alohida chiqish yoʼli xotira adresi registri (HАR) ga kelib ulanadi, sungra buffer 
qurilmasi (BK) orqali chiqish shinasiga kelib tushadi. Dasturli hisoblagich 
(schetchik) DXs - oʼzida navbatdagi komanda manzilini saqlab turib, uning MP 
dasturining qaysi qismida turganligini koʼrsatadi va MP tomonidan xotirasidagi 
dastur toʼliq ijro etilishini taʼminlaydi. Xotira qurilmalaridan oʼqib olingan 
komandalar, komandalar registri KR ga keladi. KR registri va deshifratori (Dsh) 
yordamida razryadlar pozitsiyasi (xolati) aniqlanadi. 


Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalar 
1. Олифер В.Г. Олифер Н.А. Компьютерные сети. Принципы, технологии, 
протоколы: Учебник для вузов.3-е изд. – СПб.Питер, 2019. 958с. 
2. Ғаниев С.К., Каримов М.М., Ташев К.А. Ахборот хавфсизлиги. 
Ахборот–коммуникацион тизимлар хавфсизлиги. Ўқув қўлланма. Т. 
«Aloqachi», 2018, 382 бет. 
3. М.М. Мусаев. КОМПЬЮТЕР ТИЗИМЛАРИ ВА ТАРМОҚЛАРИ. 
Tошкент-2011. 336 бет. 
4. 
https://doclecture.net/1-9795.html
 
5. 
https://en.wikipedia.org/
 
6. 
https://uz.denemetr.com/docs/768/index-70284-1.html?page=2
 

Download 490.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling