1. Suvo’tlarning poya va bargga ega bo’lmagan tanasi nima deb nomlanadi?


Download 15.41 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi15.41 Kb.
#239960
Bog'liq
5-sinf, Test-5


5-sinf, Test-5

1.Suvo’tlarning poya va bargga ega bo’lmagan tanasi nima deb nomlanadi?

A) vegetativ tana B) qattana yoki tallom C) xromatofor D) rizoid

2.Qaysi suvo’t oqsilga boy bo’lganligi sababli chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi?

A) xlorella B) xlamidomonada C) ulotriks D) spirogira

3.Bir hujayrali suvo’tlar (I) va ko’p hujayrali suvo’tlar(II) qaysi?

A) I-xlorella, II-xlamidomonada

B) I-spirogira, ulotriks II-xlorella, xlomidomonada

C) I- xlorella, xlomidomonada II-spirogira, ulotriks

D) I-xlorella, porfira II-spirogira, ulotriks

4.Qizil suvo’t qaysi(I), qo’ng’ir suvo’t qaysi (II) ?

A) I-porfira II-laminariya B) I-ulotriks II-laminariya

C) I-porfira II-spirogira D) I-laminariya II-porfira

5. Qaysi suvo’t hujayrasida yorug’likni sezuvchi ko’zchasi bo’ladi?

A) xlorella B) xlamidomonada C) ulotriks D) spirogira

6. Xromatofori belbog‘ shaklida joylashgan ko‘p hujayrali yashil ipsimon suvo‘t?

A) xlorella B) xlamidomonada C) ulotriks D) spirogyra

7. Qaysi suvo’tni akvarium devorlarida ham uchratish mumkin?

A) xlorella B) xlamidomonada C) ulotriks D) spirogyra

8. Ulotriks jinssiz ko‘payganda qanday zoospora hosil qiladi?

A) to‘rt xivchinli; B) ikki xivchinli; D) uch xivchinli; E) xivchinsiz;

9. Qaysi suvo’t «baqa to‘nlarni» hosil qiladi?

A) xlorella B) xlamidomonada C) ulotriks D) spirogira

10. Qizil rang beruvchi pigment?

A) xlorofil; B) xromotofor; D) antotsian; E) T. J. yo’q;

11. Xromatofori spiralsimon buralgan suvo’t?

A) xlorella B) xlamidomonada C) ulotriks D) spirogira

12. Iste’mol qilinganligi sababli «dengiz salati» deb ataladigan suvo’t?

A) Laminariya; B) Porfira; D) Ulotriks; E) Kladofora;

13. Tarkibida yod moddasi ko‘p uchraydigan suvo’t qaysi?

A) Laminariya; B) Porfira; D) Ulotriks; E) Kladofora;

14. Sporali yuksak o‘simliklarga qaysilar kiradi?

1) yo‘sin, 2) qirqbo‘g‘im , 3) archa, 4) terak, 5) qirqquloq, 6) qarag’ay, 7) o’rik;

A)3, 6; B)1, 2, 5; D) 4, 7; E) 2,3,7;

15. Qaysi sporali o’simlik ikki xil poya hosil qiladi?

A) yo‘sin, B) qirqbo‘g‘im , D) qirqquloq, E) archa;

16. Tabobatda gijjaga qarshi kurashishda foydalaniladigan o’simlik?

A) yo‘sin, B) qirqbo‘g‘im , D) qirqquloq, E) archa;

17. Qirqquloqda qo‘ng‘ir bo‘rtma - sorus qachon va qayerda hosil bo’ladi?

A) Bahor oylarida barg ustida; B) Yoz oylarida barg ustida;

D) Bahor oylarida barg ostida; E) Yoz oylarida barg ostida;

18. Ochiq urug‘li o‘simliklarga qaysi o‘simliklar kiradi?

1) yo‘sin, 2) qirqbo‘g‘im , 3) archa, 4) terak, 5) qirqquloq, 6) qarag’ay, 7) o’rik;

A)3, 6; B)1, 2, 5; D) 4, 7; E) 2,3,7;

19. Ochiq urug‘li o‘simliklar o‘zini himoyalash uchun qanday modda ajratadi?

A) kahrabo; B) smola; D) mumiyo; E) kauchuk;

20. Qaysi o’simlikning barglari kam suv bug‘latish uchun tashqi tomondan mum bilan qoplangan?

A) qarag’ay; B) archa; D) qirqbo’g’im; E) terak;

21. Ninabarglarida efir moylari va fitonsid modda bo‘lgani uchun bodni davolashda, asabni tinchlantirishda qo‘llaniladi.Gap qaysi o’simlik haqida ?

A) qarag’ay; B) archa; D) qirqbo’g’im; E) terak;

22. O’rik danagi ichidagi mag‘zi qaysi guruh vitaminlariga boy?

A) vitamin C; B) vitamin D; D) vitamin A; E) vitamin B;

23. Qaysi oyda teraklarning urug‘chili tuplarida uchma meva hosil bo‘ladi?

A) May oyida; B) Mart oyida; D) Aprel oyida; E) Iyun oyida;

24. Yopiq urug’li o’simliklarning keng tarqalishi uchun nima imkoniyat yaratgan?

A) Urug‘larning meva bilan himoyalanganligi; B) Urug‘larning qubbada yetilishi;



D) Yosh avlod ekanligi; E) Urug’ining pishiqligi;
Download 15.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling