ASADBEK AHMADJONOV TEL:+998_94_519_21_21
1) Ulotriks jinsiy ko’payishi natijasida 1000 dona yangi ulotriks ipi hosil bo’lgan bo’lsa,sarflangan izogametalar sonini aniqlang?
2) Ulotriks jinsiy ko’payishi natijasida xivchin va zigotalar soni ayirmasi 900 ga teng bo’lsa,chap tomondan kelgan izogametalar sonini toping?
3) Ulotriks jinsiy ko’payishi natijasida 10000 dona zigota hosil bo’ldi lekin yangi ip hosil qilishda esa zigotaning 25% i qatnashgan bo’lsa hosil bo’lgan ip sonini toping?
4) Ulotriksni jinsiy ko`payishida 32 ta izogameta hosil bo`lgan bo`lsa shu gametaning 50% dan zigota hosil bo`lgan zigotaning 25% dan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan?
5) Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ta ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang? 55) Ulotriks jinsiy ko’payganda 1000 ta rizoid hosil bo’lgan bo’lsa shu rizoidni hosil qilishda sarflangan izogameta sonini toping?
6) Metabolizm jarayonida 3:4:1 nisbatida 1600 gr oqsil,uglevod,yog’ parchalangan bo’lsa oqsil massasini aniqlang?
7) jarayonida 820 kkal oqsil,1640 kkal uglevod,930 kkal yog’ energiya hosil qilgan bo’lsa, oqsil,uglevod,yog’ massa nisbatini aniqlang?
8) Moddalar almashinuvi jarayonida 7410 kj energiya oqsil,uglevod,yog’ning parchalanishidan hosil bo’lganligi ma’lum bo’lsa yog’ massasini toping?
9) Agar kimyo o’qituvchisi M.Bositov ning bir kechga – kunduzdagi ovqatidan ajralgan energiya umumiy 1750 kkalga teng bo’lsa va ovqati tarkibida oqsil,uglevod miqdori teng bo’lsa va yog’dan ajralgan energiya 930 kkal ni tashkil qilsa M.Bositov ning ovqati tarkibidagi oqsildan ajralgan energiya miqdorini (kkal) hisoblang?
10) Metabolizm jarayonida 3000 gr teng massadagi oqsil va uglevod parchalandi va oqsil miqdoridan 2 barobar ko’p yog’ parchalanishidan hosil bo’lgan energiya miqdorini (kkal) hisoblang? ( Umumiy energiya )
11) Metabolizm jarayonida 30 gr teng massadagi oqsil va uglevod parchalandi va oqsil miqdoridan 2 barobar ko’p yog’ parchalanishidan hosil bo’lgan energiya miqdorini (kkal) hisoblang? ( Umumiy energiya )
O’qituvchi: ASADBEK AHMADJONOV
Do'stlaringiz bilan baham: |