1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi
Yuqori va pastki jag’ suyaklarining o’ziga xos tuzulishi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya Гост савол - жавоб
33. Yuqori va pastki jag’ suyaklarining o’ziga xos tuzulishi.
Pastki jag’ mandibula 2 ta shoxi va 1 ta tanasi bor. Mandibulaning tanasi uning asosi—basis va tishlar joylashadigan pars alveolarislardan tashkil topgan. Tanasi tashqi yuzasining o’rtasida engak do’mbog’i—protubirentia mentalis bo’ladi. Shoxlarining oldingisi processus coronoideus; orqadagisi ya’ni caput mandibula joylashgan qismi processus condularis deyiladi. Pastki jag’ning shoxlari va tanasi o’rtasida burchak bo’lib, tashqi yuzasida tuberositas masseterica, ichki yuzasida tuberositas ptyregoidea bo’lib, bularga shu nomli muskullar birikadi. Pastki jag’ning ichki yuzasida quyidagilar bo’ladi; 1. Fossa digastica- m. digastricus oldingi qorinchasi boshlanadi. 2 . Fossa submandibularis glandula submandibularis joylashadi. 3. Fossa sublingualis- glandula sublingualis Mushak birlashadigan o’simta spina mentalis superior va spina mentalis inferior. Linea mylohyoidea m. mylohioideus boshlanadi. Yuqori jag’—Maxilla 4ta o’sig’I va 4ta yuzasi bor; a)
Protcessus frontalis—ko’z kosasining medial, burun bo’shlig’ining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi. B)processus zygomaticus yonoq suyagi bn birlashadi. C) proccessus alveolaris tishlar o’sib chiqadi. D) processus palatines bu o’siq tanglay suyagining gorizontal plastinkasi bn qo’shilib qattiq tanglayni hosil qiladi. Yuzalari; facies nasalis burun bo’shlig’ining lateral devorini hosil qiladi. Facies orbitalis ko’z kosasining pastki devorini hosil qiladi. Facies anterior foramen infraorbitalis bo’lib shu nomli
nerv o’tadi. Facies infra temporalis bu yuzada tuber maxillae, foramina alveolaris joylashgan bo’lib, bundan yuqori jag’ning molyar tishlari uchun qon tomir va nervlar kiradi. Yuqori jag’ suyagi pnevmatik suyak bo’shlig’ining nomi sinus maxillaries yoki gaymer bo’shig'I. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling