Amaliyot ishi №14 Mavzu: Yuzada jinslarni tashish usullari va ularni hisoblash. Mashg‘ulot maqsadi


Download 35.22 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi35.22 Kb.
#1837846
  1   2   3
Bog'liq
14-amaliy


Amaliyot ishi №14
Mavzu: Yuzada jinslarni tashish usullari va ularni hisoblash.
Mashg‘ulot maqsadi: YUzada jinslarni tashish va ularni hisoblash usullarini tanlash.
Konchilik korxonasini qurishning birinchi va ikkinchi bosqichlarida tuproq uyulmasiga jinslarni tashishning mumkin bo‘lgan usullariga avtosamosval bilan, lokomotiv bilan , vaqtinchalik osma kanatli yo‘llar bilan, terrikonda (konlardan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumida) ( bosimli va o‘zi oqar) relslar va kanatlar bo‘ylab gidrousullar bilan tashish kiradi.
U yoki bu tashish usulini tanlash texnik-iqtisodiy asos talab etadi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, stvollarni o‘tkazishda yuzada jinslarni yuk ko‘tarish qobiliyati 7, 10, 12 t bo‘lgan avtosamosvallarda tashish afzal. Jins buldozerlar bilan tekislanadigan doimiy jinsli tuproq uyulmasiga eltiladi. Jinsli tuproq uyulmasigacha temir betonli plitalardan yo‘l quriladi. CHuqur bo‘lmagan stvollar va shurflar kovlab o‘tishida ba’zan jinslar elektrovozli vagonetkalarda tashiladi.
Avtosamosval unumdorligi (m3/ch)
bunda, G —avtosamosval yuk ko‘tarishi, t; k= 1,2÷1,3 — avtomashina ishining notekislik koeffitsienti; =1,3÷1,6 t/m3yumshagan jinslar zichligi; — stvoldan jinsli tuproq uyulmasigacha masofa, km; v = 20÷25 km/ch — yukli va yuksiz avtosamosval harakatining o‘rtacha tezligi;
= 0,05÷0,07 ch — avtomashinaning yuk ortish va yuk tushirish davomiyligi.
Jinsni tashishda zarur bo‘lgan avtomashina soni
bunda, — ortishning birinchi fazasida jinsni ko‘tarish unumdorligi.
Avtosamosvallarning hisoblangan soniga 20—30 % zahira qo‘shiladi. Stvollarni kovlab o‘tish amaliyotida jins yuklash sutka davomida vaqt bo‘yicha qat’iy belgilashga ega emas. Grafik bilan davriy belgilangan jinsni yuklash vaqti turli sabablarga ko‘ra, ko‘pincha o‘zgaradi. Ayrim kovlab o‘tishlarda avtomashinadan foydalanish samaradorligini oshirish uchun kopyor yoniga (tarnov oqimi ostiga) chuqurlashtirilgan to‘plovchi bunker o‘rnatiladi. Jins stvoldan bunkerga kiradi, u erdan kunduzgi smenada avtomashinaga skreperlar bilan ortiladi va tuproq uyulmasiga olib ketiladi.
Bunker sig‘imi avtosamosval yuk ko‘tarishiga, stvol kovlab o‘tishining tezligi, diametri, chuqurligiga bog‘liq. Stvol kovlab o‘tishning tezligi 80—100 m/mes. va avtosamosval yuk ko‘tarishi 10 t bo‘lsa, bunker sig‘imini qabul qilish tavsiya etiladi: 30—60 sm3 diametrli stvollarda 5,5 m; 100—140 m3 diametrli stvollarda 7 m; 140—190 m3 diametrli stvollarda 8 m.
CHuqurligi 600 m dan 1,2—2 marta ortiq stvollarni kovlab o‘tishda bunkerlarni qo‘llash jinslarni tashishda sarfni kamaytirish va avtotrans­portdan foydalanishni taxminan 2 marta oshirish imkonini beradi.
SHaxta qurilishining ikkinchi davrida avtosamosvallarda jinslarni tashish shu singari hisoblanadi, lekin elektrovozli yoki o‘zi yurar tashib chiqarish va ag‘darish hisobga olinadi.
Misol: Quyidagi sharoitlarda yuzada stvol kovlab o‘tishda unumdorlikni va jinsni tashiydigan yuk ko‘tarishi 10 t li avtosamosvallar sonini hisoblab chiqish: stvoldan jinsli tuproq uyulmasigacha masofa 4 km, yuklashning birinchi fazasida jinsni ko‘tarish unumdorligi 85 m3/ch.ni tashkil etadi.

Download 35.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling