Mavzu: Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishi va tizimlari Ma’ruza rejasi: Karyer avtomobil yo‘llari turlari


Download 494.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi494.09 Kb.
#1313752
  1   2   3   4
Bog'liq
15-маъруза



15-ma’ruza 
Mavzu: Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishi va tizimlari 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. Karyer avtomobil yo‘llari turlari; 
2. Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishi; 
3. Karyer avtomobil yo‘llari tizimlari; 
4. Avtoyo‘llarni ta’mirlash va ish holatida saqlash 
Tayanch so’z va iboralar: Avtoyo‘llar, berma, zamin, qatnov qismi, polasa, avtosamosval, 
zaboy, qoplama, asfalt-beton, beton, sheben, graviy, shlak. 
Karyer avtomobil yo‘llari (avtoyo‘llar) tashish uslubi bo‘yicha ishlab chiqarish va 
xo‘jalik yo‘llariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish avtoyo‘llari foydali qazilmalarni va qoplama tog 
jinslarini ekskavator zaboyidan yuk tushirish punktlarigacha tashishga, xo‘jalik avtoyo‘llari esa 
xo‘jalik va yordamchi yuklarni tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish avtoyo‘llari trassada joylashishi bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘l 
uchastkalariga bo‘linadi: yuqoridagi (yer yuzasidagi); kapital transheya va syezdlardagi; 
ag‘darmalar va zaboylardagi yo‘llar.
Ishlatish sharti bo‘yicha karyer avtoyo‘llari doimiy va vaqtinchalik yo‘llarga ajratiladi. 
Doimiy yo‘llar uzoq muddatli ishlatishga mo‘ljalangan bo‘lib, maxsus yo‘l qoplamasiga ega 
bo‘ladi. Doimiy yo‘llarga karyer yuqorisidagi, kapital transheyalardagi, karyer transport 
bermalaridagi va agdarmaga kirish-chiqish yo‘llari kiradi. Vaqtinchalik yo‘llar davriy ravishda 
ish frontining siljishi bilan o‘zgarib turadi. Vaqtinchalik yo‘llarga karyer pog‘onasidagi syezdlar, 
ishchi pog‘onalardagi zaboy va ag‘darma yo‘llari misol bo‘ladi. 
Yo‘llarning o‘lchamlari va tuzilishini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich yo‘lning 
yuklanganligi yoki kuchlanganligi bo‘lib bu kattalik vaqt birligida yo‘l uchastkasidan tashib 
o‘tilayotgan yuk miqdorini belgilaydi.
Doimiy ishlab chiqarish avtoyo‘llari yuk o‘tkazish qobilyatiga qarab 3 ta kategoriyaga 
bo‘linadi.
1- kategoriya – yiliga 2000 ming tonnadan ko‘p yuk o‘tkaza oladigan yo‘llar;
2 - kategoriya – yiliga 2000 dan 300 ming tonagacha yuk o‘tkaza oladigan yo‘llar; 
3 - kategoriya 300 ming tonnadan kam yuk o‘tkaza oladigan yo‘llar. 
Barcha vaqtinchalik yo‘llar 3-kategoriyaga kiritilgan.
Karyer avtomobil yo‘llari (4.1-rasm) zamin (yer asosi) 2, yo‘l qoplamasi (yo‘lning 
Qatnov qismini shakilantiradi) 4, suv oqizuvchi qurilmalar 1, berma 6 va chegaralovchi 
qurilmalar 5 dan tashkil topadi.
Zamin ob-havo va namgarchiliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustahkam, ishonchli va 
barqarorlikni ta’minlashi kerak. Avtoyo‘llar zamini ham temiryo‘llar zamini singari ko‘ndalang 
profili bo‘yicha quyma, qazilgan va nol o‘lchamli (tekis joy) bo‘lishi mumkin.
Zamindan suvni qochirish uchun yo‘l chetlariga qiyaligi 2-4‰
 
bo‘lgan ariqchalar 
quriladi, tog‘ yon bag‘rilaridagi yo‘llarda bu ariqchalar yo‘lning yuqori qismida hosil qilinadi. 
Zaminning kengligi yo‘l qatnov qismi va yo‘l chetlari kengligidan kelib chiqib qabul 
qilinadi. 


4.1-rasm.
Avtomobil yo‘lining ko‘ndalang kesimi: a) yumshoq jinsli transheyalarda; b) karyer 
syezdlarida. 

Download 494.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling