Mavzu: Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishi va tizimlari Ma’ruza rejasi: Karyer avtomobil yo‘llari turlari


Download 494.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi494.09 Kb.
#1313752
1   2   3   4
Bog'liq
15-маъруза

 
Qatnov qismi Avtomobillar harakatiga mo‘ljallangan bo‘lib, harakat vositasidan asosiy 
yuklanishni qabul qiladi va asosiy yo‘lni kiyim bilan yopib turadi. Yo‘l kiyimi bittadan 
uchtagacha qatlamdan iborat bo‘ladi: yo‘l qoplamasi, asos va singdiruvchi qatlam. Yo‘l 
qoplamasi bevosita avtomobil g‘ildiraklari ta’sirini qabul qiladi va yo‘l konstruksiyasini himoya 
qiladi. Asos yo‘lning asosiy yuk tashish yoki yuk o‘tkazish qismi hisoblanadi. Singdiruvchi 
qatlam esa yo‘ldan suvni zaminga singdirishga xizmat qiladi.
Qatnov qismining kengligi shu yo‘ldan harakatlanayotgan harakatlanish vositalarining 
o‘lchamlari, tezliklari va harakatdagi g‘ildiraklar soni orqali aniqlanadi. 
Karyer sharoitida avtomashinalarning turli xil harakat tizimlari mavjuddir: 
a) bitta polosali qarama-qarshi harakat;
b) ikkita polasali qarama-qarshi harakat (bunda bitta polosa yukli yo‘nalish uchun);
s) Aylanma (oqimli) harakat. 
Karyerlarda ko‘proq ikkita polosali qarama-qarshi harakat va bitta polosa bo‘yicha oqimli 
harakat sxemalari ko‘proq tarqalgan.
Bitta polosali qarama-qarshi harakatdagi yo‘lning qatnov qismi kengligi shunday hisob 
bilan belgilanadiki, unda qarama-qarshi mashinalarning o‘tishlarida yuksiz mashina yo‘l cheti 
(obochina)da harakatlanadi.Yo‘l cheti kengligi 2-2,5 m oralig‘ida qabul qilinadi. 
Ikkita polosali harakatlanishda qatnov qismi kengligi mashina kuzovi gabarit o‘lchamlari 
(a), orqa g‘ildiraklar kengligi (v), avtomobil g‘ildiraklaridan polosaning chegarasigacha va 
qatnov qismi cheti s gacha va qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi 2x
masofalarni hisobga olgan holda aniqlanadi (4.2-rasm). 
Bitta polosali aylanma (oqimli) harakatda (4.3-rasm) dastlabki 3 o‘lcham hisobga olinadi. 
Mashina kuzovi kengligi (v), s va x o‘lchamlari. s va x o‘lchamlari harakat tezligiga bog‘liq 
bo‘lib, uning qiymati xavfsizlik qoidalari bo‘yicha belgilanadi. Ularning eng kichik qiymatlari 
0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Avtosamosvallarning gabarit o‘lchamlariga bog‘liq ravishda yo‘l qatnov qismlarining 
kengligi 4.1-jadvalda keltirilgan.




4.1-jadval 
Avtomashina kengligi, metr 
Qatnov qismining kengligi,
mos kategoriyalarda, metr 



Ikkita polosali harakat 
2.65-3.0 
3.65 
8.5 
10.0 
8.0 
9.5 
7.5 
9.5 
4.0 
10.5 
10.0 
10.0 
Aylanma (oqimli) harakat 
20.65-3.0 
3.65 4.0 
4.5 
5.0 
5.0 
4.5 
5.0 
5.0 
4.0 
4.5 
5.0 
4.2-rasm. Ikki polosali yo‘lning qatnov qismi 


4.3-rasm. Aylanma (oqimli) harakatdagi yo‘lning qatnov qismi 
Ikkita polosali harakatlanish yo‘llari qatnov qismi kengligi quyidagi formula bo‘yicha 
aniqlanadi 
g
B
ak
B




2
, (2.1) 
bu yerda: a – avtomobil kengligi, m; 

k
=1,6-1,9 – qarama-qarshi harakatlanayotgan 
avtomobillarning tezliklari (20-30 km/soat tezliklar oralig‘ida) yig‘indisini hisobga oluvchi 
koeffitsient; 
g
B

- avtomobil gabariti (uzunligi, balandligi, eni) ni hisobga oluvchi o‘lcham 
bo‘lib, uning qiymati 27, 40, 75 t yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallar uchun mos 
ravishda 1,0; 1,3; 2,3; yuk ko‘tarish qobiliyati 65 va 120 t bo‘lgan yarimpritsepli tyagachlar 
uchun 2,2 va 3,8 qiymatlari qabul qilinadi.
Zaboy va ag‘darmalardagi vaqtinchalik yo‘lllar qatnov qismining minimal kengligi 
avtosamosvallar gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqib belgilanadi, masalan, yuk ko‘tarish 
qobiliyati 27-75 t bo‘lgan avtosamosvallar uchun 10,5-13,5 m, 65-12 0 t li avtopoyezdlar uchun
- 10,5-15,5 m
Yo‘l burilish yoki qayrilish uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun yo‘lning qatnov 
qismi kengroq qilinadi. Kengaytirish o‘lchami burilish radiusiga bog‘liq bo‘ladi va ikki polasali 
yo‘l qatnov qismining kengligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. 
R
v
R
l
V
1
.
0
2


(4.2) 
bu yerda: l - mashinaning oldingi buferidan orqa chizig‘igacha bo‘lgan masofa, metr; R - egrilik 
radiusi, metr; v - hisobli harakat tezligi, km/soat
Yo‘l qoplamasinig kengayishi (uzunlikga 20 metrdan kichik bo‘lmaslik kerak) yo‘l cheti 
(obochina) kengligining qisqarishi bilan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda yo‘l cheti kengligi 
metr dan kam bo‘lmasligi kerak.


Planda yo‘l to‘g‘ri uchastkalari egriliklar bilan birlashtiriladi. Egri yo‘l uchastkalarida 
avtomobillar tezligi kamayadi, agar egrilik radiusi kichik o‘lchamda bo‘lsa, avtomobil o‘zining 
maksimal manevr imkoniyatidan foydalanadi. 
Yo‘lning alohida to‘gri uchastkalari aylana egriliklar yoki R radiusli serpantinlar bilan 
birlashtiriladi (4.4-rasm). 
a
a
v
b
b
g
ye
d
4.4-rasm. 
Avtoyo‘l uchastkalarini birlashtirish:a – aylanali; b - serpantinli 
 
a – b – v aylana egrilik uzunligi (4.4-rasm, a) odatda 50-90 m ni, g – d – e serpantin (4.4-rasm, 
b) uzunligi esa 130-170 m ni tashkil etadi.
Serpantin odatda karyer qiya bortlarida to‘gri yo‘l uchastkalarini xavfsiz birlashtirish 
imkoniyati bo‘lmagan hollarda quriladi. 
Avtoyo‘llarning burilish qismlarida burilish radiuslarining minimal ruxsat etilgan 
qiymatlari quyidagicha belgilangan; yuk ko‘tarish qobiliyati 10-40 t bo‘lgan avtosamosvallar 
uchun 15-20 km/soat tezlikda - 15 metr, 30-40 km/soat tezlikda esa - 30 metr; 
Avtosamosvallarning karyer avtoyo‘llaridagi ruxsat etilgan burilish radiuslari 4.2-
jadvalda keltirilgan. 
Avtoyo‘lning yon profili turli qiyaliklardagi yo‘l uchastkalarining birlashgan chizig‘idan 
iboratdir. 
Karyer avtoyo‘llarining hisobli yoki o‘rnatilgan qiyaligini qabul qilishda karyer 
chuqurligi, harakat intensivligi, avtotransport vositasi tortish xususiyatlari, ob-havo sharoitlari 
hisobga olinadi. 
4.2-jadval 
Yo‘l sharoitlari 
Yuk ko‘tarish qobiliyati (t) bo‘lgan avtosamosvallarning 
burilish radiusi, (m) 
25-30 
40-45 
70-80 
110-120 
170-180 
Karyer ichidagi doimiy yo‘llar 
50-60 
50-60 
50-60 
50-60 
50-60 
Serpantin va aylana egriliklar 
20-30 
30-35 
35-40 
35-40 
40-45 
Karyer ichidagi vaqtinchalik
yo‘llar 
12-15 
12-15 
15-20 
17-20 
20-25 
Yuklanish maydonchasidagi 
tugunli syezdlar 
10-11 
12-13 
12-14 
14-15 
18-20 


Karyerlarda avtosamosvallardan samarali foydalanish, ularni ishlatish muddatlarini 
oshirish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida avtoyo‘llarning maksimal qiyaligi amalda 
70-80 ‰ o‘lchamlarda chegaralangan. 
Karyerlarda qattiq tog‘ jinslari tashilayotganda betonli va temir-betonli yo‘l qoplamalari 
ishlatilganda qiyalik 70 ‰ dan, yumshoq tuproqsimon tog‘ jinslari tashilayotganda 60 ‰ dan 
oshmasligi kerak. Yo‘l qiyaliklari qiymati 100‰ dan oshishiga ruxsat etilmaydi, chunki bunda 
mashinalarning yurish qismlari va g‘ildiraklari kuchli yeyilishi kuzatiladi. Yuksiz 
yo‘nalishlardagi qiyalik qiymati harakat xavfsizligini ta’minlash uchun 120-150 ‰ qiymatda 
tavsiya etiladi. 
Uzoq masofali qiya yo‘llarda har 500-600m oraliqda 20 ‰dan oshmaydigan qiyalikdagi 
50-60 m li yo‘l uchastkalari hosil qilinadi. 
Karyer yo‘llarining trassasini belgilashda yer ishlari hajmi minimal hajmda bajarilish 
omilidan kelib chiqishi kerak. 
Yo‘l burilish qismlaridagi ko‘ndalang profilini moslashtirish qiymati quyidagicha 
aniqlanadi.
200
)
200
(
30
R
i




00
0
(4.3) 
Zaboy va ag‘darma yo‘llarda yo‘l holati nisbatan yomon bo‘lganligi uchun yo‘l
qiyaliklarini oshirishga ruxsat etilmaydi. 

Download 494.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling