47 Tizza bo'g'imi tuzilishi, shakli, qon bilan ta'minlanishi,innervatsiyasi.
Tizza bo'g'imi (art.genus) 3ta suyakning ya'ni son suyagi, katta boldir suyagi va tizza qopqog'i
orasida hosil bo'ladi. Tizza bo'g'imi g'altaksimon bo'g'imlar turiga kiradi. Unda bukilish va
yozilish hamda ichkari va tashqariga burilish sodir bo'ladi.
Lig collaterale tibiale son suyagining medial do'ngidan katta boldir suyagiga tortilgan,
lig collaterale fibulare esa son suyagining lateral do'ngidan kichik bolder suyagining
boshiga tortiladi. Tizza bo'g'imi xaltasining ichida joylashgan boylam lig transverses
genus, lig cruciatum anterius, lig cruciatum posteriuslar joylashadi. Lig poplitea
arcuatum bu facies popliteadan tortilgan. Katta va kichik bolder suyaklarining
proksimal uchida articularis tibialis fibularis proksimalis bo'ladi va ular orasida lig
capitis fibula anterior et posterior bo'ladi. Tizza bo'g'imining o'ziga xos xususiyatlari
bo'g'im ichida kesishma boylamlarning, fibroz tog'aydan tuzilgan yarim halqalar
(menisklar,meniscus lateralis et medialis bu meniscuslarni lig transversum genus ushlab
turadi) va tizza qopqog'I ustida qo'shimcha bo'shliq borligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |