m. pyramidalis - piramidasimon mushak qorin to'g'ri mushagining pastki sohasida, qov
suyaklarining o'zaro birikish,chegarasida, uchburchak shaklidagi kichik mushak bo'lib
hisoblanadi. Innervatsiyasi: n. subcostalis (Thl 2 — LI).
Qorin mushaklari tanani bukadi, qovurg'alarni pastga tortib nafas chiqarishda qatnashadi va
qorin bo'shlig'idagi bosimni oshiradi.
Qorin to‘g‘ri mushagi qini — vagina m.
Oq chiziq — linea alba
Qorinning keng mushaklari o'rta chiziq sohasida serbar payga davom etib, bu serbar paylarni
aponevrozlar deb ataladi. Har ikkala tarafdagi mushak aponevrozlari o'zaro o'rta chiziqda
birlashib, qorinning oq chizig'i — linea alba ni hosil qiladi. Bu chiziq to'sh suyagining
xanjarsimon o'simtasidan, qov suyaklarining o'zaro birikish sohasigacha davom etadi. Uning
o'rtasida kindikhalqasi — annulus umbilicalis joylashgan. Oq chizq sohasida qon tomirlar
nisbatan oz bo'lganligidan, jarrohlik muolajalarida qo'llaniladi.
Qorinning to‘g‘ri mushagi, serbar paylarning (aponevrozlarning) ichida joylashib, qinning
oldingi — lamina anterior va orqa — lamina posterior devori boiadi. Kindikdan yuqori
qismida qorin tashqi qiyshiq mushagining aponevrozi qinning oldingi devorini hosil etishda
qatnashadi. Qorinning ichki qiyshiq mushagining aponevrozi, to‘g‘ri mushak sohasida ikki
varaqqa bo'linib, oldingi yarim varag‘i oldingi devorni hosil qilishda, orqa varag'i esa qorin
to‘g‘ri mushagi qinining orqa devorini hosil qilishda qatnashadi. Uning ko'ndalang mushagi
aponevrozi esa, to‘g‘ri mushakning orqasidan oladi va orqa devorni hosil qiladi Shu sohada
to‘g‘ri mushak qinining orqa devori ko'ndalang mushak fassiyasi — fascia transversalis dan
tashkil topadi. To'g'ri mushak qinining orqa aponevroz devorining yakunlanish sohasida
yoysimon chiziq — linea arcuata hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: