1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi


-savol  BUYIN MUSKULLARI  QON BN TAMNLNISHI


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/135
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#220855
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Bog'liq
Anatomiya Гост савол - жавоб

52-savol  BUYIN MUSKULLARI  QON BN TAMNLNISHI 

YUZA qavatn a.caroticis interna 

CHUQUR qavatni  a.subclavia 

 

Bo'yinning  yuza  mushaklariga  



 Bo'yinning  teri  osti  mushagi  (m.  platysma)  yupqa,  yassi  mushak bo'lib, bevosita bo'yin 

terisi ostida yotadi. Bu mushak ko'krak fassiyasining yuza qatlamidan boshlanadi pastki 

jag'qiig'og'iga birikadi. Faoliyati: bo'yin terisini taranglab, yuza venalardan qon oqishini 

yaxshilaydi, og'iz burchagini pastga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.2. To'sh-o'mrov-

so'ig'ichsimon mushak  (m.stemocleidomastoideus)  teri osti  mushagining ostida yotadi.  . 

Faoliyati: bir tomonlama qisqarsa, boshni o'sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi tomonga 

buradi.  Ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga tortadi. Innervatsiyasi:  n. accessorius. 

0 ‘rta  qavat  mushaklari 

Til  osti  suyagidan  yuqorida joylashgan  mushaklar 

Ikki  qorinchali  mushak  (m.  digastricus)  o'zaro  oraliq  pay  bilan birikkan  oldingi  va  orqa  

qorinchalardan  iboratTo'sh suyagi dastasining oldingi yuzasi va o'mrov suyagining to'sh 

uchidan ikki qism bo'lib boshlanadi, chakka suyagining so'ig'ichsimon o'simtasiga va yuqorigi 

ensa chizig'ining lateral qismiga birikadi.  Faoliyati:  pastki jag'  qimiriamay turganida  orqa  

qorinchasi  ikki tomonlama qisqarsa,  til  osti  suyagini yuqoriga va orqaga,  bir tomonlama 

qisqarsa, uni yuqoriga, orqaga va o'zi tomoniga tortadi. Agar til osti suyagi qimiriamay tursa 

pastki jag'ni pastga tortadi. Innervatsiyasi: orqa qorinchasi r.digastricus  n.facialis,  oldingi  

qorinchasi  n.mylohyoideus.2.  Bigizsimon-til  osti  mushagi  (m.stylohyoideus)  chakka  

suyagining bigizsimon o'simtasidan boshlanadi. Pastga va oldinga yo'nalib, til osti suyagi 

tanasiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga va orqaga 

tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, til osti suyagini yuqoriga, orqaga va o'ziga tomonga tortadi. 

Innervatsiyasi: n.facialis. 

Pastki jag'-til  osti  mushagi  (m.  mylohyoideus)  keng,  yassi  mushak.  

Pastki jag'  suyagining  ichki  yuzasidagi  linea  mylohyoidea  dan  boshlanaditil osti suyagi 

tanasining oldingi yuzasiga birikadi Faoliyati: jag' qimiriamay turganida, til osti suyagini va 

hiqildoqni ko'taradi. Til osti suyagi qimiriamay tuiganida, pastki jag'ni tushiradi. Innervatsiyasi:  

n.mylohyoideus. 

Engak-til osti mushagi (m. geniohyoideus) o'rta chiziqning ikki tomonida jag'-til osti 

mushagining ustida yotadi. Engak o'simtasidan boshlanib til osti suyagi tanasiga birikadi. 

Faoliyati: jag' qimiriamay tuiganida, til osti suyagini va hiqildoqni ko'taradi. ТД osti suyagi 

qimiriamay tursa, pastki jag'ni tushiradi. Innervatsiyasi: bo'yin chigali. 

Til  osti  suyagi  ostidagi  mushaklar 

Kurak-til  osti  mushagi  (m.  omohyoideus)  o'zaro  oraliq  pay  bilan bo'lingan ikki: pastki va 

ustki qorinchalardan iborat. 



 

 

. Faoliyati: til osti suyagiqimiriamay tursa, bu mushak ikki tomonlama qisqarganida, bo'yin 



fassiyasini taranglaydi va bo'yinningyirik venalaridan qon oqishini yaxshilaydi.  Kurak 

qimiriamay turganida,  bu mushak til  osti suyagini pastga va orqaga tortadi. Innervatsiyasi: ansa 

cervicalis. 

To'sh-til osti mushagi  (m. stemohyoideus)  to'sh suyagi sopining orqa yuzasidan,  o'mrov 

suyagining to'sh uchi va orqa to'sh o'mrov boylamidan boshlanib,  til  osti  suyagining  pastki  

chekkasiga birikadi.  Faoliyati:  til  osti suyagini pastga tortadi. Innervatsiyasi:  ansa cervicalis. 

To'sh-qalqonsimon  mushagi  (m.  sternothyroideus)  to'sh  suyagi sopining  orqa  yuzasidan  va  

I  qovurg'a  tog'ayidan  boshlanib,  hiqildoq qalqonsimon  tog'ayining  qiyshiq  chizig'iga 

birikadi.  Faoliyati:  hiqildoqni pastga tortadi.  Innervatsiyasi:  ansa cervicalis. 

Qalqonsimon-til osti mushagi (m. thyrohyoideus)  qalqonsimon tog'ay qiyshiq chizig'idan 

boshlanib, til osti suyagi tanasi va katta shoxiga birikadi. Faoliyati: til osti suyagi gimirlamay 

turganida qisqarsa, hiqildoqni yuqoriga tortadi. Innervatsiyasi:  ansa cervicalis. 

B o ‘yinning  chuqur  guruh  . 

Lateral  guruh  mushaklari 

Oldingi  narvonsimon  mushak  (m.scalenus anterior)  III—IV bo'yin umurtqalari ko'ndalang 

o'simtasining oldingi do'mboqchasidan boshlanib, I qovurg'aning oldingi narvonsimon mushak 

bo'rtig'iga birikadi. 

O'rta  narvonsimon  mushak  (m.  scalenus  medius)  II—VII  bo'yinumurtqalarining  ko'ndalang  

o'simtasidan  boshlanib,  I  qovurg'aning o'mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi. 

Orqa  narvonsimon  mushak  (m.  scalenus  posterior)  IV-VI  bo'yin u m u rtq a la ri  k o 'n d a 

la n g  o 's im tas in in g  o rq a  d o 'm b o q c h a s id a n boshlanib, II qovurg'aning yuqori 

chekkasi va tashqi yuzasiga birikadiNarvonsimon mushaklar I va IIqovurg'alami ko'tarib, 

ko'krak qafasini kengaytiradi.  . Ulami bo'yin chigalining r.muscularis lari innervatsiya qiladi. 

Medial  guruh  mushaklari 

Bo'yinning uzun mushagi  (m. longus colli)  III ko'krak umurtqasidan toI bo‘yin umurtqasigacha 

bo'lgan sohada umurtqa pog'onasining oldingi yonyuzasida yotadi 

Faoliyati: umurtqa pog'onasining bo'yin qismini oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, 

bo'yinni o'z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. muscularis. 

Boshning uzun mushagi (m. longus capitis)  III—VI bo'yin umurtqalari ko'ndalang  

o'simtasining  oldingi  do'mboqchasidan  pay  dastalar  bilan boshlanib, ensa suyagining asosiy 

qismining pastki yuzasiga birikadi. Faoliyati: boshni oldinga bukadi. Bir tomonlama qisqarsa, 

boshni o'z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi:  bo'yin chigalining  r.  muscularis. 

Boshning oldingi to'g'ri mushagi  (m. rectus capitis anterior)  oldingi mushakdan chuqurroq 

yotadi. Atlantninig oldingi ravog'idan boshlanib, ensa suyagining  asosiy  qismini  pastki  

yuzasiga,  boshning  uzun  mushagining orqasiga birikadi. Faoliyati: boshni oldinga bukadi. Bir 

tomonlama qisqarsa, boshni o‘z tomoniga bukadi.  Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. 

muscularis. 

Boshning yon tarafdagi to'g'ri  mushagi  (m.  rectus  capitis  lateralis)boshning oldingi to'g'ri 

mushagidan tashqarida yotadi. Atlantning ko'ndalang o'simtasidan boshlanib yuqoriga yo'naladi 

va ensa suyagining lateral qismiga birikadi.  Faoliyati:  boshni  yon  tomonga  bukadi.  

Innervatsiyasi: bo'yin chigalining r. muscularis. 

 Ensa  osti mushaklari  (mm.  suboccipitales)  deyilib,  ularga yarimqirra,  uzun  va boshning 

tasmasimon mushaklari ostida joylashgan kallaning orqa katta va kichik to'g'ri, ustki va pastki 

qiyshiq mushaklari kiradi. 

Kallaning katta to'g'ri mushagi  (m. rectus capitis posterior major)  II bo'yin umurtqasining 

qirrali o'simtasidan boshlanib, pastki ensa chizig'iga birikadi. Faoliyati: boshni orqaga tortadi. 

Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z tomoniga buradi. 



 

 

Kallaning kichik to'g'ri mushagi  (m. rectus capitis minor)  atlantning orqa bo'rtig'idan boshlanib 



ensa suyagiga oldingi mushakdan medialroq birikadi. Faoliyati: boshni orqaga va yon tomonga 

tortadi. 

Kallaning  yuqorigi  qiyshiq  mushagi  (m.  obliquus  capitis  superior)atlantning ko'ndalang 

o'simtasidan boshlanib, ensa suyagining pastki ensa chizig'i ustiga birikadi. Faoliyati: ikki 

tomonlama qisqarsa, boshni orqaga, bir tomonlama qisqarsa, o'zi tomonga bukadi. 

Kallaning pastki  qiyshiq  mushagi  (m.  obliquus  capitis  inferior)  IIbo'yin  umurtqasi  qirrali  

o'simtasidan  boshlanib,  atlantning  ko'ndalang o'simtasiga birikadi.  Faoliyati: boshni II 

umurtqa tishining bo'ylama o'qi atrofida buradi. Ensa osti  mushaklarining  barchasini  n.  

suboccipitalis innervatsiya qiladi.B o ‘yin  fassiyalariBo'yin sohasidagi fassiyalar turiicha bayon 

etiladi.Topografiya nuqtayi nazardan VAShevkunenko bo'yinda 5qavat fassiyani tafovut qiladi. 

Bo'yinning  yuza  fassiyasi  (fascia  colli  superficialis)  teri  ostida joylashgan yupqa parda 

bo'lib, bevosita yuzga va ko'krak sohasiga davom etadi. Bu fassiyani  ikki varag'i orasida m.  

platysma joylashadi. 

Bo'yin  xususiy  fassiyasining yuza varag'i  (lamina  superficialis  fascicolli propria) yuqoridan 

pastki jag'ga va chakka suyagi so'rg'ichsimon o'simtasiga, pastdan to'sh suyagi sopining tashqi 

yuzasi va o'mrov suyagi o'rtasida tortilgan parda bo'lib bo'yinni o'rab turadi. Bo'yinning ikkinchi 

fassiyasi orqa tomondan bo'yin umurtqalarining qirrali o'simtalari usti boylamiga va ustki ensa 

chizig'iga birikkan.  Old  tomonda  qarama-qarshi  fassiya  bilan  birikib  bo'yinning  oq 

chizig'ini  hosil  qiladi.  Bo'yinning ikkinchi fassiyasi bo'yin  umurtqalarining Ko’ndalang 

o'simtalariga birikib uni oldingi  va orqa qismlaiga ajratuvchi fassial devomi hosil qiladi. 

Shuning uchun bu sohalardagi yiringlijarayonlarbiridan- biriga o'tmaydi. Bo'yinning ikkinchi 

fassiyasi to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon va trapetsiyasimon  mushaklar uchun  qin  hosil qiladi. 

Bo'yin xususiy fassiyasining chuqur varag'i  (lamina profundus fasciacolli  propria),  asosan,  til  

osti  suyagi  bilan  to'sh  suyagi  sopining  ichki yuzasi  va  o'mrov suyaklari  o'rtasida  tortilgan.  

U  til osti  suyagidan  pastda joylashgan mushaklar uchun qin hosil qiladi. To'sh suyagi sopidan 

yuqoriroqda bo'yinning II va III fassiyalari o'rtasida bo'shliq (spatium 

interaponevraticumsuprastemale)  bo'lib, unda bo'yinning vena chigali joylashgan. 

Bo'yin  ichki  fassiyasi  (fascia  endocervicalis)  ikki  varaqdan  iborat. Uning visseral varag'i 

bo'yindajoylashgan har bir a’zoni alohida fassial qin hosil qilib o'rasa, pariyetal varag'i barcha 

a’zolami ustidan o'raydi. Buning  natijasida ikkala varaq o'rtasida bo'shliqlar hosil bo'ladi. 

Kekirdak oldidagi shunday bo'shliq — spatium pretracheaUs ko'krak qafasigacha davom etadi. 

Bo'yinning umurtqa oldi fassiyasi (fascia prevertebralis)  yuqorida ensa suyagining asosiy 

qismidan boshlanib, orqa ko'ks oralig'iga o'tib ketadi. Yon tomondan  bo'yin  umurtqalarining 

ko'ndalang  o'simtalariga  birikib, narvonsimon  mushaklar uchun  qin hosil  qiladi.Parij  

anatomik  nomenklaturasiga  asosan  bo'yin  fassiyalari  uchta plastinkadan iborat. 

Yuza plastinka (lamina superficialis) bo'yinning ten osti mushagi orqasida joylashib, bo'yinni 

har tomondan o'raydi. Yuza plastinka past tomondan o'mrovsuyagi va to‘sh sopining oldingi 

chekkasiga birikkan. U yuqori tomon ko‘tarilib,to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakka qin 

hosil qilib, til osti suyagiga birikadi. Undan keyin til  osti suyagidan yuqorida joylashgan 

mushaklar va jag‘  osti bezini  qoplab  qin  hosil  qilgach,  pastki jag‘  suyagi  asosidan  o‘tib,  

chaynov fassiyasiga aylanadi. Yuza plastinka bo'yinning orqa tomonida trapetsiyasimon 

mushakka qin hosil qilib, ensa boylamiga va yuqoridan linea nuchae superioret protuberatia 

occipitalis externa ga birikadi. 

Kekirdak  oldi  plastinkasi  (lamina  pretrachealis)  o'mrov  suyagi  va to'sh suyagi dastasining 

orqa yuzasi bilan til osti suyagi o'rtasida tortilgan. U yon tomondan kurak-til osti mushagiga 

birikkan bo'lib bu mushak qisqargan vaqtda taranglashib bo'yin venalaridan qon oqishini 

yaxshilaydi. Bu plastinka til osti suyagidan pastdajoylashgan  mushaklarga qin hosil qiladi. 



 

 

Umurtqa oldi plastinkasi (lamina prevertebralis) halqumning  orqasida joylashib, umurtqa oldi 



va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi. Bu plastinka bilan halqumning orqa devori 

o'rtasida yaxshi rivojlangan yog' qatlami borBo'yinning lateral uchburchagi ikkiga bo‘linadi: 

Yuqorigi  kurak-trapetsiyasimon  uchburchak  (trigonum  omotrapezoideum)  old  tomondan 

to'sh-o'mrovso'rg'ichsimon mushak,  pastdan kurak-til  osti  mushagining  pastki  qorinchasi,  

orqadan  trapetsiyasimon mushakning tashqi chekkasi bilan chegaralangan. 

Pastki  kurak-o‘mrov  uchburchagi  (trigonum  omoclaviculare)old  tomondan  to‘sh-

o‘mrovso‘rg‘ichsimonmushak,  yuqoridan  kurak-til osti mushagi,  pastdan o'mrov suyagi bilan 

chegaralangan. 

Bo'yinning  medial  uchburchagi  uchga bo'linadi:  l.Uyqu uchburchagi (trigonum  caroticum)  

orqadan  to ‘sh-o'mrov-so‘rg‘ichsimon  mushak, yuqoridan ikki qorinli mushakni orqa 

qorinchasi, old va pastdan kurak-til osti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan chegaralangan. 

2.  Kurak-kekirdak uchburchagi  (trigonum omotracheale)  orqa va past tomondan  to ‘sh-

o‘mrov-so‘rg‘ichsimon  mushak,  orqa  va  ust  tomondan kuraktil osti mushagining yuqor   I 

qorinchasi,  old tomondan kekirdak bilan chegaralangan. 

Pastki jag'  osti uchburchagi  (trigonum submabdibulare)  yuqoridan pastki jag‘,  pastdan ikki 

qorinli mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan  chegaralangan.  Bu uchburchak 

sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo'lgan til  (Pirogov)  uchburchagi  tafovut  

qilinadiBo'yinning  yon  tomonida  narvonsimon  mushaklar  orasida  ham uchburchak 

shaklidagi oraliqlar bo‘lib, bulardan qon tomir va nervlar o ‘tadi. 

Narvonsimonaro  oraliq  (spatium  interscalenium)  oldingi  va  o‘rta narvonsimon mushak 

o'rtasida, pastdan I qovuig'a bilan chegaralangan. Undan o'mrov osti arteriyasi va yelka chigali 

poyalari o'tadi. 

Narvonsimon  oldi oraliq  (spatium  antescalenium)  oldindan to'sh- qalqonsimon  va  to'sh-til  

osti  mushaklari,  orqadan  oldingi  narvonsimon mushak bilan chegaralangan. Bu oraliqdan 

o'mrov osti venasi va kurak osti arteriyasi o'tadi 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling