31.Kalla suyaklarining birikishlari?
Kallaning qopqogini tashkil etuvchi suyaklar (chakkadan tashqari) o’zaro tishli choklar-Sutura
serrata hosil qilib birlashadi. Bir suyakning tishi ikkinchi suyak tishchalari orasidagi kamgakka
kirib turadi. Chakka suyagining tanga qismi qiyiq bo’lib, cherepitsa singari teppa suyagi
chekkasiga yopishib uni biroz yopadi va tangasimon chok-sutura squamosa ni hosil qiladi.
Kallaning yuz qismi suyaklari bir biriga teptekis chekkalari- sutura plana bn tegib birlashadi.
Ayrim choklar maxsus nom bn yoki birlashadiga suyaknomi bn nomlanadi. M; sutura frontalis,
sphenoparietalis va hk. Bulardan tashqari maxsus nomli choklar ham bo’ladi. Jumladan,
peshona bn teppa suyaklari orasida tojsimon chok sutura coranalis, Teppa bn ensa orasida
lambdasimon chok Sutura lambdoidea, ikkala teppa suyak orasida sagital chok – Sutura sagitalis
hosil bo’ladi.
Kalla asosini hosil hosil qiladigan suyaklar bir biri bn tolali tog’ay vositasida yani
Sinxondroz – synchondrosis petrooccipitalis bo’lib birlashadi, masalan CHakka suyagining
piramidasimon qismi bn ensa suyagining pars basillaris orasida birlashishi. Bular bosh
suyagining takomillashishidan qolgan suyaklar bo’lib, suyaklar orasidagi oraliqlarni to’ldirib
turadi. Ba’zi odamlarda doimiy choklardan tashqari qo’shimcha har doim hamuchramaydigan
choklar bo’ladi M; Sutura frontalis metopica yunoncha so’z bb, lotincha glabella so’ziga to’g’ri
keladi. Buchok peshonaning pallasi o’rtasida uchraydi va 2 ga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |