Qon bn ta'minlanishi a circumflexae femoris medialisning ramus profundusi.
Innervatsiyasi n obturatoriusning ramus posteriori.
49 Diafragma tuzilishi, topografiyasi, qon bilan ta'minlanishi va innervatsiyasi.
Diafragma churralarining anatomik izohlanishi.
Ko'krak-qorin to'sig'I bo'lib , tuzilishiga ko'ra 2 xil muskul va pay qismlaridan
tuzilgan va ko'krak qafasi tomonga gumbaz hosil qilib joylashgan. Uning bel ,
qovurg'a, to'sh qismlari tafovut qilinadi. Bel qismida (pars lumbalis) chap va o'ng
oyoqlari (crus sinistrum et dextrum) bor. O'ng va chap oyoqlar hamda umurtqa
pog'onasi orasida uchburchak shaklida teshik (hiatus aorticus) bo'lib, aorta va
ductus thoracticus o'tadi. Aorta teshikdan oldinroqda va biroz orqaroqda
qizilo'ngach o'tuvchi teshik (hiatus esophageus) bor. Bu teshikdan o'ng va chap
adashgan nervlar ham o'tadi. Pars sternalis va pars costalis orasida uchburchak
yoriq- trigonum sternocostale bo'lib, undan arteriya thoracica interna, epigastrica
superior lar o'tadi. Pars costalis bilan pars lumbalis orasida trigonum lumbacostale
deyiluvchi yoriq bo'lib, katta odamlarda qorin parda va plevra bilan yopilib ketgan va bu
yoriq diafragma churrasini hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |