Bu muskullarda myoglobin koʻp boʻlib, ularga tez harakatlanadigan muskullar kiradi. Masalan kolibri nomli qushning qanot muskullari tez harakatlanadigan muskullar jumlasidandir. Bu qush juda kichik boʻlib, uzunligi 5-21 sm, vazni 2-10 g, juda tez uchadi. Baʼzilari bir sekundda 78 martagacha qanot qoqadi, uchish tezligi soatiga 50 km, bir nuqtada uchib turishi ham mumkin, orqaga ham ucha oladi.[2] Muskul toʻqimasining boshqa toʻqimalardan farqi shundaki, evolutsiya jarayonida kamdan — kam hollarda boshqa toʻqimaga aylanadi. Masalan, bunday hodisani baliqlarning muskul toʻqimasida koʻrish mumkin, Evolutsiya jarayonida baliqlarning muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega boʻlgan toʻqimaga emas, balki elektr energiyasini akkumulyatsiya qilish xususiyatiga ega boʻlgan toʻqimaga aylanadi, yaʼni yangi funksiya membrane sistemalarining oʻzgarishi va gipertrofiyalanishi asosida yuzaga keladi
O’quv-uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari ro’yxati
Asosiy
1. Ahmedov.A.- Odam anatomiyasi . Iqtisod moliya 2007 y
2. Almatov K.T., Allamuratov.Sh.I.- Odam va hayvonlar fiziologiyasi T. Universitet. 2004 y.
3. Z.T.Rajamurodov, A.L.Rajabov- Odam va hayvonlar fiziologiyasi T.Kitob. 2010
Qo`shimcha adabiyotlar:
1.Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004
2. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T. “O‘zbekiston”, 2006 y
I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi”. T. “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”.1998y
Do'stlaringiz bilan baham: |