1. sxemalar haqida umumiy tushunchalar


Download 397.5 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi397.5 Kb.
#1105538
  1   2
Bog'liq
Sxemalar.


1. SXEMALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog’lianishlar ko‘rsatiladi. Buyumlami loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazoning harakat (ish) jarayonida ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi. Sxemalar mashina va mexanizmlaming vazifasiga ko'ra harakat jarayonlarini aniqlash, ulami ishga sozlash va to‘g‘rilash hamda o’rnatishda qo‘llaniladi.
Shunday qilib, buyum qismlarini va ular orasidagi bog'liqlikni shartli belgilar bilan tasvirlovchi konstruktorlik hujjati sxema deyiladi. Barcha sxemalar standart talabi bo'yicha chiziladi. Ular, asosan, to‘g‘ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo‘lganda aksonometrik proyeksiyada ham chizish mumkin.
Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushintirishlar berilmaydi, ammo standart bolmagan detallarga yozma tushintirishlar berlishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlaming yig‘ma birikmalari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Buyumlarga nasos, podshipnik, mufta va shu kabilar kiradi. Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular ingichka shtrix-punktir chiziqlar bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi. Standart tomonidan quyidagi atama va ta’riflar yetakchi tasnifli guruhlarda belgilangan.
1. Sxema elementi. Sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va ma’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajarmovchi, masalan, nasos, transfarmator, kompressor, mufta kabilar.
2. Qurilma (moslama, tuzilma). Yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, masalan, biror apparat, mexanizm buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin.
3. Funksional guruh. Yagona konstruktsiyaga kirmasada, buyumda ma'lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi.
4. Funksional qism. Ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi.
5. Funksional zanjir. Ma’lum yo‘nalishdaga ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt.
6. O‘zaro bog‘lanish chizig‘i. Buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi.

Download 397.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling