Mavzu: Ko’p pog’onali kompressor tuzilishi va ishlash usulu


Download 123.8 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi123.8 Kb.
#1572374
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Kompressor stansiyasi haqida umumiy ma’lumot


Mavzu: Ko’p pog’onali kompressor tuzilishi va ishlash usulu

Reja:
Kirish


Asosiy qism
1.Kompressorlar haqida umumiy tushinchalar va ularning turlari.
2. Kompressorlar klassifiktsiyasi va ularni qo’llanish sohalari
3. Porshenli kompressorlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kompressor stansiyasi -energiya eltgich (pnevmatik asboblar uchun havo, isitish uchun gaz) yoki xom ashyo (havodan kislorodazot-vodorod aralashmasidan ammiak olish) sifatida foydalaniladigan qisilgan gaz yoxud havo olish uchun qoʻllaniladigan statsionar qurilma. Kompressor stansiyasi turli sanoat korxonalari va qurilish maydonchalariga oʻrnatiladi. Kompressor stansiyasi kompressor va boshqa jihozlar — siqilgan gaz idishlari, gaz yiggichlar, suvhavo va sovitish qurilmalari, muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari ([[vodoprovod tarmog'i|vodoprovod, kanalizatsiyabugʻ, issiq suv), transformator kichik stansiyasi oʻrnatilgan asosiy bino va xodimlar binosidan iborat. Kompressor stansiyasi alohida joyga olovbardosh materiallardan quriladi. Ayrim (masalan, kompressor jihozlari ishlab chiqarishga taʼsir qilmaydigan) hollarda korxona binosida joylashishi mumkin


1.Кompressorlar haqida umumiy tushinchalar va ularning turlari.
Gazlarni qisishga va aralashtirishga ixtisoslangan mashinalarni gaz purkovchi yoki kompressor mashinalar deb ataladi. Кeyinchalik bu mashinalarni, “kompressor mashinalar” yoki soda qilib, kompressorlar deb yuritamiz.
Кompressorlarni xususiyatlariga qarab quyidagi klassifikatsiyalarga ajratamiz:
- qisiluvchi muhit turiga qarab: havo kompressorlari, azotli, etilenli, ko’mir
vodorodli gazlar uchun, kislorodga, freonga, uglekislotali gazlar uchun kompressorlar.
- tsilindr soniga qarab (porshenli uchun) bir tsilindrli, ko’p tsilindrli:
- so’ruvchi gaz bosimiga qarab:
- so’ruvchi quvuridagi me’yoriy bosim atmosfera bosimiga teng;
- siquvgacha bosim atmosfera bosimidan katta;
- uzatgich turiga qarab;
- mexanik yuritmali transmissiya vallari, o’qi va boshqalar;
- elektr uzatgichli o’zgaruvchi tokka asoslangan;
- bug’ kuchiga asoslangan uzatkichli bug’ mashinasidan, bug’ turbinasidan;
- gaz turbinasidan foydalangan yuritgich;
- ichki yonish dvigatelidan olingan yuritgich;
- gazmotorli, «gaz dvigatelli kompressor» yagona nomga ega;
- siqishning bosqichlar soniga qarab: birbosqichli, ko’pbosqichli;
- kompressor o’rnatilgan joyga qarab;
- statsionar – qimirlamas asosga mahkamlangan;
- transportli (ko’chib yuruvchi) – o’zining asosiga ega bo’lib, ko’chuvchi
(aviatsiyada, kemalarda va b.q.) yoki maxsus aravalarda olib yuriluvchi (qurilish
tashkilotlarda, shaxtalarda va h.k.)
- sovutilishi bo’yicha:
- sovutilmaydigan:
- suv yordamida maxsus o’rov ichidagi sovutish va vaqti-vaqti bilan (bosqichma bosqich) sovutiladigan;
- havo yordamida sovutilish;
- bosim o’zgarishiga qarab:
- vakuum kompressorlar atmosfera bosimdan kichik bo’lgan maydondan gazni so’rish bilan va atmosfera bosimi yoki undan ortiq bosimli maydonga haydovchi;
- ventilyatorlar, haydash bosimi 0,01 MPa gacha gaz puflovchi (havo puflovchi), haydash bosimi 0,01 do 0,35 MPa;
- kompressorlar, haydash bosimi 0,35 MPa dan ortiq;
O’z navbatida bosim berish qobiliyatiga qarab, kompressorlar quyidagi xillarga
bo’linadi;
- past bosimli kompressorlar 0,35-1 MPa oralig’ida;
- yuqori bosimli kompressorlar 1-10 MPa;
- o’ta kuchli bosimli kompressorlar, bosimi 10-100 MPa dan ortiq;
1. Tsilindrlar soniga qarab: bir tsilindrli, ikki tsilindrli va uch tsilindrli;
2. Tsilindrlar joylashuviga qarab: gorizontal, vertikal, W-shaklida,
V- shaklida;
3. Qism bosqich soniga qarab: bir bosqichli va ikki bosqichli;
4. Uzatgich rusumiga qarab: elektrodvigatelda uzatish, dizeldan uzatish.
Кompressorlarning asosiy texnik xarakteristikalari quyidagicha:
- havo qismidagi bosim miqdori(atm, bar);
- so’rish yoki haydash unumdorligi (m3/min, l/min, l/sek);
- kuch qurilmasi boshlang’ich quvvati (kVt);
- kompressor massasi va o’lchami.

Download 123.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling