1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari


Globallashuvning ijobiy natijalari


Download 78.04 Kb.
bet4/6
Sana07.05.2023
Hajmi78.04 Kb.
#1439678
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu media

Globallashuvning ijobiy natijalari - XX asrdagi zamonaviy ilm-fan yutuqlari odamlar tasavvurini keskin o’zgartirib yubordi. Respub-likamiz intellektual salohiyati XX1 asrga kelib jahondagi ko’pgina rivoj-lanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketdi. Olimlarimiz buyuk bobolarimiz-ning o’zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur o’rganib, dolzarb muammolarni tadqiq qilishga dadil kirishib, o’z mehnatlari bilan Respublikamiz ijtimoiy-iqtisoidiy rivojiga hissa qo’shmoqdalar. Respublikamizda quyi-dagi yo’nalishlar bo’yicha jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratilgan:
1. Matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi. Astranomiya sohasida qadim zamonlardayoq kashfiyotlar yaratilgan (Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Ulug’beklarning kashfiyotlari).
2. Sanoat usulida o’zlashtirish uchun yaroqli mineral xom ashyo zahiralarining hosil bo’lishiga olib keladigan geologik jarayonlarning qonuniyatlarini o’rganish bilan bog’liq tadqiqotlar.
3. Molekulyar genetika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya sohasidagi tadqiqotlar. Bular mikrobiologiya sanoatida, atrof-muhitni muhofaza qilishda fan-texnika taraqqiyotini ta’minlashning zarur omilidir. Respublikada organik va noorganik kimyo, o’simlik moddalari kimyosi, biologiya va genetika, biotexnologiyalarni yaratish sohasida ilmiy maktablar shakllandi va rivojlandi. O’zbek seleksiyalari yutuqlarini alohida ta’kidlash lozim. Keyingi yillarda g’o’zaning 30 dan ortiq istiqbolli navlari yaratildi.
4. Moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o’rga-nish bilan bog’liq tadqiqotlar yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston radiotsion materialshunoslik va geliomaterialshunoslik kabi yo’nalishlarda butun dunyoda e’tirof etilgan ustunlikka ega. O’zbekistonda yuqori energiyalar fizikasi sohasida ilmiy maktab vujudga keldi.
5. Jahon va mamlakatimiz tarixi, O’zbekistonning madaniy va ma’naviy merosi, o’zbek tili va adabiyotining tarixiy rivojlanishi tadqiq etilmoqda.
2000 yilning sentyabr oyida ham BMT Bosh Assambleyasi «Ming yillik sammiti»da, 2003 yil 29 mayda SHHTning Moskva sammitida, 2004 yil 17 iyunda Toshkent sammitida, 2005 yil 5 iyulda Ostona SHHTning sammitlarida Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan xalqaro terrorizm va narkobiznessga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash va jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish muammolariga e’tibor qaratdi. Mintaqa xalqlari uchun o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu jarayonni to’g’ri anglab yetgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari faqat 2000 yilning o’zida bir necha bor uchrashuvlar o’tkazdi. Xususan, 2000 yil oktyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvda «Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari» to’g’risidagi o’ta muhim hujjat imzolandi.
Umuman, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va globallashuv jarayonlari aqidaparastlik (arab. e’tiqod) va jaholatga tamomila ziddir.

Download 78.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling