1. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy


Download 3.57 Mb.
bet3/3
Sana06.10.2023
Hajmi3.57 Mb.
#1694107
1   2   3
Bog'liq
1- MARUZATabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining predmeti. Sharq va G‘arb

Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) «Kitob surat al-arz» nomli asarini yozgan. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit`alar, qutblar, ekvatorlar, cho`llar, tog`lar, daryo, dengizlar, ko`llar va o`rmonlar, ulardagi o`simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, asosiy boyliklari hamda tabiiy resurslar haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Abu Nasr Forobiy(873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) asarlarida tabiyatning ahamiyati haqida ma`lumotlar topish mumkin.
Abu Ali ibn Sino asarlari orasida “Tib qonunlari” shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo`lib, o`rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho`qqisi bo`lib hisoblanadi. «Kitob-ash-shifo», ya`ni «Davolash kitobi» asarida materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari
Chexiyalik mashhur pedagog Ya.A.Komenskiy Ya.A. Komenskiy «Onalar maktabi» asarida olti yashar bola:
-suv, er, havo. olov, yomg`ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o`t, qush, baliq kabilarni;
-yorug`lik va qorong`ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni;
-o`zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog`, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishi kerak.
I.G.Pestalossi shveytsariyalik pedagog bolalarning aqliy kamolotini o`stiruvchi quyidagi didaktik qoidalarni olga suradi:
1.Ta`limning tabiat bilan uyg`unligi.
2.Oddiydan murakkabga yolnaltirish.
3.Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish.
4. Ko`rsatmalilik.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy U «Bolalar dunyosi», «Ona tili», «Muallimlar uchun qo`llanma» asarlarida tabiyat haqqida yozgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish masalalari bilan juda ko`p pedagog-olimlar shug`ullanganlar.
Demak bolalarni tabiat bilan tanishtirishda Sharq va G`arb olimlarining va pedagog asoschilarning bolalarda oddiy izlanuvchanlik faoliyatini tarbiyashning yo`llari haqida qimmatli maslahatlar berilgan.
Bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bulardan eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir. Tarbiyachi jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o`rgatib ular haqida dastlabki tushunchalar beradilar.
https://youtu.be/PuQsdN2Xohs
https://youtu.be/cnpcwVRr1ag https://youtu.be/cnpcwVRr1ag
https://youtu.be/EAC6Q7IVxD0
Download 3.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling