1. Tabiiy resurs salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy taraqqiyotda tutgan o’rni
Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy
Download 399.11 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Mavzu Mintaqalar tabiiy resurs salohiyati va ularning hududiy
2. Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy
taraqqiyotda tutgan o’rni Foydali qazilmalar zahiralari va prognoz qilingan resurslarni miqdoriy jihatdan baholash hududiy aspektda amalga oshriladi, ya’ni o’rganilayotgan hududning tabiiy resurs salohiyati aniqlanadi. Dunyo va ayrim mamlakatlar mineral-xomashyo balansida har bir foydali qazilma turi, zahiralarining 70-80 % dan ortig’i yirik va juda katta konlar hisobiga to’g’ri keladi, qolganlari o’rtacha kattalikdagi va ko’plab mayda konlarga jamlangan. Mineral resurslarni sanoat yo’sinida o’zlashtirish ularni baholashga va hajmiga, sanoatning o’ziga xos xususiyatlariga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo’jalik mineral-xomashyo sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli bilan belgilanadi hamda qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlashni o’z ichiga oladi. Respublika mineral xom ashyo bazasida strategik jihatdan muhim bo’lgan metall foydali qazilmalari, neft va gaz, mineral o’g’itlar, yer osti suvlari va qurilish materiallari bo’yicha ijobiy holat kuzatilmoqda. O’zbekistonda hozirgi kunda 1 ming 800 dan ortiq kon ochilgan. Respublikamiz noyob yoqilgi-energetika resurslariga ega. Xozirgi paytda 160 tadan ortik neft konlari kidirib topilgan bulib, Respublikamizning 60% hududi neft va gaz qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi va xom-ashyo zahiralarining qiymati 1 trillion Amerika dollariga teng deb baholanmoqda. Keyingi yillarda qazilma zahiralari Farg’ona viloyati hududida yirik konlardan Shimoliy So’x, Chung’ara, Chimyon, Sho’rsuv, Andijon viloyatida Janubiy Olamushuk, Polvontoshni ko’rsatish mumkin. Farg’ona vodiysidagi konlarda asosan neft uchraydi. Mustaqillik yillarida Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni ochildi. Farg’ona nefti asosan yengil, oltingugurti kam, parafini ko’proq. Janubiy neft konlari Surxondaryo viloyatida joylashgan. Neft konlarining katta zahiralari Ustyurtda topilgan. Bulardan tashqari neft- gaz kondensat konlari Muborak, SHo’rtan, O’rtabuloqda joylashgan. Qashqadaryodagi Ko’kdumaloq koni ayniqsa istiqbollidir. O’zbekistonda gazning aniqlangan zahiralari 2 trillion kubometrni, ko’mirniki 2 milliard tonnadan ziyodroqni tashkil etadi. Mamlakatda topilgan konlarning zahiralari nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirishga qodir, balki energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham beradi. Neft va gazga boy beshta mintaqa aniqlangan: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy- G’arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg’ona. Gazning hozirgi aniqlangan zahiralari mamlakat ehtiyojlarini 35, neftniki 30 yil mobaynida qoplashga yetadi. Shu bilan birga O’zbekistonda gaz va neft zahiralarini izlab topish darajasi 30-32 foizdan oshmaydi. qаtоr nеft - gаz kоnlаri tоpildi. Download 399.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling