1. Tabiiy resurs salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy taraqqiyotda tutgan o’rni


Download 399.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi399.11 Kb.
#1218203
  1   2   3   4
Bog'liq
5 Mavzu Mintaqalar tabiiy resurs salohiyati va ularning hududiy



5 - mavzu. Mintaqalar tabiiy - resurs salohiyati va ularning hududiy 
taraqqiyotda tutgan o’rin. 
Reja:  
1. Tabiiy resurs salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati
2. Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy 
taraqqiyotda tutgan o’rni  
3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish 
Tayanch so’z va iboralar:Tabiiy resurs, mineral xom ashyo, tabiiy genetik belgi, 
ekologiya, Mendeleev davriy sistemasi, foydali qazilma zahiralari, tabiatni 
muuhofaza qilish 
1. Tabiiy resurs salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati 
Inson ishtrokisiz, tabiatan mavjud bo’lgan va kishilik jamiyati ehtiyojlari 
uchun xizmat qiladigan tabiat ne’matlari – tabiiy resurslar deyiladi.
Tabiiy resurslar – insonlar foydalanayotgan yoki foydalanishi mumkin 
bo’lgan tabiatning jismi va kuchlaridir. Tabiiy resurslar kategoriyasi birinchi 
navbatda tabiatning inson xo’jalik faoliyati bilan bevosita bog’liqligini 
ko’rsatadi.
Tabiat resurslarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga ishlab chiqarilmaydigan, ya’ni tiklanmaydigan resurslar – 
yer, neft, gaz, ko’mir va boshqa yer osti qazilma boyliklari kiradi. Ikkinchi guruhga 
tiklanadigan resurslar, yer usti boyliklari – qishloq xo’jaligi xom ashyolari kiradi. 
Birinchi guruhni, odatda, mineral-xom ashyo resurslari deb atash qabul qilingan.
Tabiiy resurslar bir necha belgilariga ko’ra tasniflanadi.
1. Resursning tabiiy-genitik belgilariga ko’ra;
2. Resurslarning ekologik xarakteriga ko’ra;
3. Iste’mol ahamiyatiga ko’ra;
4. Xo’jalikdagi iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra;
5. Saoat ishlab chiqarishidagi ahamiyatiga ko’ra;
6. Resurslarning shakllanish va ishlatilish xarakteriga ko’ra.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov o’zining 
“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari“ 
nomli asarida ta’kidlagan - O’zbekiston, o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda 
faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha 
elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari 
va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral 
xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard 
AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo 
potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tish 
kerak. Mineral-xomashyo resurslari har bir mamlakatning eng muhim boylik 
manbaidir. Undan olinayotgan mahsulotlar insonning turli ehtiyojini qondiradi. 
Mineral-xomashyodan turli metallar, yoqilg’i, qurilish materiallari, ximikatlar
qishloq xo’jaligi uchun o’g’itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yer ostidagi 
mineral hosilalar qidirilmagan va baholanmagan bo’lsa, u holda ular mineral 
xomashyo sifatida ko’rib chiqilishi mumkin, holbuki ularni aniqlashga va qidirishga 


mehnat sarflangan. Ammo yer ostidagi bunday mineral xomashyo zahiralari 
potentsial resurslar hisoblanadi, xolos. Ular yer qa’ridan qazib olingandan keyingina 
haqiqiy mineral xomashyo hisoblanadi. Mineral xomashyo tushunchasi foydali 
qazilma tushunchasi bilan uzviy bog’liqdir.
Foydali qazilma - ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning hozirgi 
darajasida sanoatda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yer qobig’idagi tabiiy mineral 
moddalardir. Ular yer ostidan qazib olingandan keyin mineral xomashyo 
ko’rinishiga ega bo’ladi. SHunday qilib, yer qa’ridan qazib olingan, xalq xo’jaligi 
ahamiyatiga ega bo’lgan foydali qazilmalar mineral xomashyo deyiladi. 
Mamlakatda muayyan muddatda qidirilgan, aniqlangan, baholangan hamda prognoz 
qilingan foydali qazilmalar esa mineral resurslar deb ataladi.

Download 399.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling