1. Tabiiy resurs salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy taraqqiyotda tutgan o’rni


 Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy


Download 399.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.02.2023
Hajmi399.11 Kb.
#1218203
1   2   3   4
Bog'liq
5 Mavzu Mintaqalar tabiiy resurs salohiyati va ularning hududiy

2. Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy 
taraqqiyotda tutgan o’rni  
Foydali qazilmalar zahiralari va prognoz qilingan resurslarni miqdoriy 
jihatdan baholash hududiy aspektda amalga oshriladi, ya’ni o’rganilayotgan 
hududning tabiiy resurs salohiyati aniqlanadi. Dunyo va ayrim mamlakatlar 
mineral-xomashyo balansida har bir foydali qazilma turi, zahiralarining 70-80 % 
dan ortig’i yirik va juda katta konlar hisobiga to’g’ri keladi, qolganlari o’rtacha 
kattalikdagi va ko’plab mayda konlarga jamlangan.
Mineral resurslarni sanoat yo’sinida o’zlashtirish ularni baholashga va 
hajmiga, sanoatning o’ziga xos xususiyatlariga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga, xo’jalik mineral-xomashyo sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi 
roli bilan belgilanadi hamda qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlashni o’z ichiga 
oladi. Respublika mineral xom ashyo bazasida strategik jihatdan muhim bo’lgan 
metall foydali qazilmalari, neft va gaz, mineral o’g’itlar, yer osti suvlari va qurilish 
materiallari bo’yicha ijobiy holat kuzatilmoqda.
O’zbekistonda hozirgi kunda 1 ming 800 dan ortiq kon ochilgan. 
Respublikamiz noyob yoqilgi-energetika resurslariga ega. Xozirgi paytda 160 
tadan ortik neft konlari kidirib topilgan bulib, Respublikamizning 60% hududi neft 
va gaz qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi va xom-ashyo zahiralarining qiymati 


1 trillion Amerika dollariga teng deb baholanmoqda. Keyingi yillarda 
qazilma zahiralari  
Farg’ona viloyati hududida yirik konlardan Shimoliy So’x, Chung’ara, 
Chimyon, Sho’rsuv, Andijon viloyatida Janubiy Olamushuk, Polvontoshni 
ko’rsatish mumkin. Farg’ona vodiysidagi konlarda asosan neft uchraydi. Mustaqillik 
yillarida Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni ochildi. Farg’ona nefti asosan 
yengil, oltingugurti kam, parafini ko’proq. Janubiy neft konlari Surxondaryo 
viloyatida joylashgan.
Neft konlarining katta zahiralari Ustyurtda topilgan. Bulardan tashqari neft- 
gaz kondensat konlari Muborak, SHo’rtan, O’rtabuloqda joylashgan.
Qashqadaryodagi Ko’kdumaloq koni ayniqsa istiqbollidir.
O’zbekistonda gazning aniqlangan zahiralari 2 trillion kubometrni, ko’mirniki 
2 milliard tonnadan ziyodroqni tashkil etadi. Mamlakatda topilgan konlarning 
zahiralari nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirishga qodir, balki energiya manbalarini 
eksport qilish imkonini ham beradi.
Neft va gazga boy beshta mintaqa aniqlangan: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-
G’arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg’ona. Gazning hozirgi aniqlangan zahiralari 
mamlakat ehtiyojlarini 35, neftniki 30 yil mobaynida qoplashga yetadi. Shu bilan 
birga O’zbekistonda gaz va neft zahiralarini izlab topish darajasi 30-32 foizdan 
oshmaydi.
qаtоr nеft - gаz kоnlаri tоpildi.

Download 399.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling