1. Tabiiy resurs salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati Mineral xom ashyo resurslari hududiy joylashuvining mintaqaviy taraqqiyotda tutgan o’rni
- rаsm. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bаlаnsigа оlingаn fоydаli
Download 399,11 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Mavzu Mintaqalar tabiiy resurs salohiyati va ularning hududiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish
8 -
rаsm. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bаlаnsigа оlingаn fоydаli Asl metallar 89 Radioaktiv metallar 33 Rangli va noyob metallar 11 Qora metallar 3 Tog' - kon xomasheosi 55 Tog - kimyo xomashyosi 26 Rangli tosh xomashyo konlari 30 Qurilish materiallari 615 Yer osti suvlari 617 Uglevodorod - lar 235 Foydali qazilma zahralarining Davlat balansidagi holati Asl metallar Radioaktiv metallar Rangli va noyob metallar Qora metallar Ko'mir Tog'-kon xam ashyosi Tog'-kimyo xom ashyosi Rangli tosh xom ashyosi Qurilish materiallari Yer osti suvlari Uglevodorodlar Mamlakatda tabiiy gaz va gaz kondensatini qayta ishlash istiqbollidir. Gazning tarkibida etan, propan va butan bo’lib, ulardan polimyer materiallari olinadi. Sho’rtan gaz-kimyo majmuidan olinayotgan propandan nitron tolasi ishlab chiqariladi. Respublikamizning 5 ta asosiy mintaqalarida (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy- G’arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg’ona) neft va gaz konlari mavjud. Keyingi yillarda respublikamizda 3 ta neftni qayta ishlash (Buxoro, Farg’ona, Oltiariq) va 2 ta gazni qayta ishlash (Shurtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. 3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish O’zbekistonda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari mavjud, jumladan, 2900 dan ortiq foydali qazilma konlari va ular namoyon bo’lgan istiqbolli joylar, 100 xilga yaqin mineral-xomashyo qidirib chamalangan, shundan taxminan 65 turidan hozirdayoq sanoatda va qishloq xo’jaligida foydalanilmoqda. 1000 taga yaqin kon, shu jumladan 168 ta neft, gaz va kondesat koni, 51 ta qimmatbaho metallar koni, 41 ta rangli, nodir va radioaktiv metallar koni, 3 ta ko’mir koni, 22 ta kon - ma’dan, 14 ta kon - kimyoviy va 24 ta yarqirama tosh xomashyosi koni, 522 ta turli maqsadda foydalaniladigan qurilish materiallari va 151 ta chuchuk va mineral yerosti suvlari konlari qidirib chamalangan. Hozircha ularning 45 foizi foydalanishga jalb qilingan. Respublikamizning umumiy mineral-xomashyo salohiyati taxminan 3,5 trillion dollarni tashkil qiladi. Ishlatish uchun tayyorlab qo’yilgan foydali qazilmalar zahiralari 1025 mlrd. AQSh dollariga baholanmoqda. Shuni qayd qilish kerakki, respublikada nisbatan qisqa muddat ichida 200 mlrd. dollar miqdorida xomashyo qazib olindi. Tayyorlab qo’yilgan zahiralar negizida respublikada 535 ta kon, shaxta, karyer, neft-gaz konlari, 420 ta suv olish joylari, balneologik shifoxonalar, shifobaxsh suvlarni quyish shoxobchalari ishlab turibdi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollar miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular o’rniga 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar qo’shilmoqda. O’zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari boshqa mamlakatlardan o’zining juda katta zahiralari bilangina emas, balki quyidagi bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi: - birinchidan, tabiiy va mineral-xomashyo zahiralari yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joyning o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor; - ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tarkibida foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina qolmay, katta miqdorda yo’ldosh elementlarga ham ega; - uchinchidan, konlarning ko’pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy; - to’rtinchidan, ko’pgina foydali qazilma konlari yaxshi o’zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan hududlarda joylashgan. Ular qulay transport infratuzilmasi, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan dunyoda yetakchi o’rinlarni egallaydi. Ma’lumki, mineral-xomashyo resurslari ham ichki, ham tashqi bozorning iste’mol obekti hisoblanadi. Shu tufayli, tog’-kon sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar milliy iqtisodiyotni quyidagi muammolarini yechishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim: • xalq xo’jaligi talabini an’anaviy turdagi mineral-xomashyolar bilan to’liq ta’minlash; • tashqaridan kirib kelayotgan mineral-xomashyolar o’rnini to’ldirish; • milliy xo’jalikning yangi sohalarini xomashyo bilan ta’minlash; • ekologik vaziyatni va sanitar-gigenik vaziyatni (yod, brom, shifobaxsh minerallar) yaxshilanishini tashkil etish; • tashqi bozorni o’zlashtirish va ijobiy savdo balansini tashkil etish. Download 399,11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling