1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
Download 54.25 Kb.
|
98 03.04.2009
[OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang); 2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)] [TSZ: 2.Iqtisodiyot / Sanoat; 3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori IONLAShTIRUVChI NURLANISh MANBALARI AYLANIShINI DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh TIZIMINI TAShKIL ETISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi uch oy muddatda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat hisobi va nazoratiga qo‘yish mezonlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ularning potensial radiatsiyaviy xavfliligi bo‘yicha toifalarini aniqlashni nazarda tutsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari: uch oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar; yuridik shaxslar, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlar va jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2009-yil 3-aprel, 98-son Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga ILOVA Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari I. Umumiy qoidalar 1. “Davlat sanitariya nazorati”, “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu Qoidalar ionlashtiruvchi nurlanish manbalari – yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ularning tarkibidagi radioaktiv manbalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini (keyingi o‘rinlarda INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Qoidalar INM qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, utillashtirilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi INM aylanishi subyektlari, shuningdek INMni hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlari uchun majburiydir. II. Asosiy tushunchalar 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 54.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling