1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


Download 0.49 Mb.
bet1/17
Sana26.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1725601
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
14 21.01.2014




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.12.00 Ekologik me’yorlash]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish, rasmiylashtirish va kelishishga yagona yondashuv yo‘li bilan ekologik normalashtirish tizimini tartibga solish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 27-maydagi 142-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 21-yanvar,
14-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qaroriga
ILOVA
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoki xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) tomonidan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning ekologik normativlari loyihalarini (keyingi o‘rinlarda ekologik normativlar loyihalari deb ataladi) ishlab chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish sxemasi ushbu Nizomga muvofiq 1-ilovada keltirilgan.
2. Loyihalarda atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning asoslangan ekologik normativlari (tashlamalar, oqovalar, chiqindilar paydo bo‘lishi va ularni joylashtirish normativlari) nazarda tutilgan.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling