1. Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari


Tadbirkorlik subyektlarida pul mablag‘larini tushumi va sarflanishi rejasining taxminiy tuzilishi


Download 101.5 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1513476
1   2   3   4
Bog'liq
Pul oqimlarini prognozlash

Tadbirkorlik subyektlarida pul mablag‘larini tushumi va sarflanishi rejasining taxminiy tuzilishi
3. Tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari ularni shakllanishi va usullari
Mamlakat iqtisodiyoti taraqiyotining hozirgi bosqichidagi muhim masalalardan biri uning xalqaro miqyosdagi raqobotbardoshligini va jahon xo‘jaligi aloqalaridagi faol ishtirokini ta’minlashdir. Bu masalaning ijobiy hal etilishi, avvalo, bozor iqtisodiyoti asosi bo‘lmish kichik tadbirkorlikning keng rivojlanishi bilan bog‘liq.
Tadbirkorlik subyektlarining raqobotbardoshligiga ular moliyaviy resurslarining harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy resurslarni tashkil etish va boshqarish mexanizmi ularning mohiyatini tushinishni, amaliyotda moliyaviy imkoniyatlarni boshqarish usullari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, tahminlar tuzish va rejalashtirish hamda moliyaviy tahlillardan foydalanishni talab etadi.
Ko‘pchillik iqtisodchi olimlar va amaliyotchilarning fikr va mulohazalari shuni tasdiqlaydiki, kichik tadbirkorlik subyektlarda moliyaviy resurslarning shakllanishi va mohiyati hali ko‘p o‘rganilmagan masalalardan biridir. Moliyaviy resurslar ko‘pincha pul mablag‘lari (pul daromadlari va tushumlari)ning manbalari yoki pul mablag‘lari fondlari sifatida talqin qilingan.
Bozor munosabatlarini rivojlanishiga va kichik tadbirkorlik subyektlarining tarraqqiyotiga yetarli miqdordagi moliyaviy resurslarsiz erishib bulmaydi. Tadbirkorlarda moliyaviy resurslarning yetarliligi ularning hamkor sifatida qatnashuvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi, garov hamda boshqa majburiyatlarni bajarishi, budjet va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning vaqtida to‘lanishini, kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlash kafolatidir.
Moliyaviy resurslar har bir tadbirkorlik subyektining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash hamda maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun pul jamg‘armalari va boshqa moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi shuningdek, o‘z xodimlari, davlat va boshqa subyektlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarish va ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadlariga ham xizmat qiladi.
Moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish tadbirkorlik subyektining moliya munosabatlari orqali ta’minlanadi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyasi o‘zining mazmuniga ko‘ra bu subektlarning moliyaviy resurslarini tashqil etuvchi maqsadli pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni aks ettiradi.

  • Kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyasi tadbirkorlik subyektining quyidagi iqtisodiy subyektlar bilan vujudga keladigan moliyaviy munosabatlarini aks ettiradi:

  • tovar-moddiy qiymatliklarni harid etish, mahsulot, ish va xizmatlarni sotish jarayonida shaxslarva davlat (davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha);

  • markazlashgan va markazlashmagan pul mablag‘lari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish yuzasidan subyektlar bilan banklar, budjetdan tashqari jamg‘armalar va boshqa tashqilotlar o‘rtasidagi;

  • budjet tizimiga soliqlar to‘lash va xarajatlarni moliyalashtirish jarayonida kichik tadbirkorlik subyektlari bilan davlat o‘rtasidagi;

  • mehnat haqidan turli ijtimoiy ajratmalar qilishda va nafaqa fondi, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondi, ixtiyoriy tibbiy so‘g‘urta fondi va boshqa fondlar o‘rtasidagi;

so‘g‘urta holatlari vujudga kelganda zararlarni qoplash va so‘g‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda subyektlar va so‘g‘urta organlari o‘rtasidagi.
Tadbirkorlik subyektida moliyaviy resurslarning hosil bo‘lish manbalari kichik tadbirkorlik subyektining xususiy kapitali, muassislarning ulushli hissasidan, tadbirkorlik subyektining mahsulot sotish, turli ish va xizmatlar ko‘rsatishdan olgan pul tushumi, boshqa operatsion va moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar, chetdan jalb etilgan qarz mablag‘lari, boshqa subyektlarning xayriya va ehsonlari hamda moliyalashning boshqa manbalaridan tashqil topishi mumkin (6-chizma).
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslari va ularni shakllantirish kam o‘rganilgan muammolardan biri bo‘lganligi uchun bu borada turlicha fikrlar mavjud. Chunki, ularning moliyaviy resurslari sifatida pul daromadlari va tushumlari yoki pul fondlari bilan bir qatorda pul aylanishining xususiyatlari ham hisobga olinadi.
Darhaqiqat, subyektlar moliyaviy resurslarining o‘sishi uchun bunday resurslarning tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar)ning muhimligi jihatidan ulardan foydalanish shakllari va usullari(pul mablag‘lari fondlari) bilan bir xil ahamiyatga ega. Biroq pul mablag‘lari fondlari moliyaviy resurslarni ishlatilishining yagona yo‘nalishi emas. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari moliyaviy resurslari pul mablag‘lari manbalari, ya’ni tashkil topishi yoki shakllanishiga ko‘ra mavjud moliyaviy imkoniyatlar sifatida samarali tadbirkorlik faoliyati uchun to‘liq kafolat bo‘la olmaydi.
Ma’lumki, pul mablag‘larisiz xo‘jalik faoliyatini tassavur etib bo‘lmaydi. Kichik biznesning moliyaviy ta’minotida tadbirkorlik moliyaviy faoliyatining resurslari hal qiluvchi o‘rin tutadi, shuningdek, ular takror ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirish imkoniyatlarini belgilaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslari bu subyektlar ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘lari fondlari majmuidan iborat.
Tadbirkorlik subyektlarini tashkil topishining dastlabki bosqichida uni tashkil etayotgan mulkdor, agar bittadan ortiq bo‘lsa, muassislarning sarmoyalariga tayaniladi. Odatda, kichik tadbirkorlik yo‘nalishidagi mulkdorlar subyektni tashkil topishi jarayonida to‘lanishi lozim bo‘lgan turli to‘lovlarni o‘z sarmoyalari hisobidan amalga oshiradilar.
Tadbirkorlar ishlab chiqarishni tashkil etishga mablag‘lar jalb etishda, birinchi navbatda, o‘z mol-mulklari va jamg‘armalariga foydalanishga harakat qiladilar. Chunki, bu xo‘jalik mustaqilligini ta’minlashning eng maqbul yo‘lidir.
Subyekt faoliyatining keyingi yillarida ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun o‘z mablag‘laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo, bunda korxona joriy ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashdan tashqari ma’lum miqdorda foyda olishga ham erishmog‘i lozim. Dastlabki yillarda subyektlar o‘z quvvatlari va ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida foydaning aksariyat qismini ishlab chiqarishga qayta moliyalashtirishga harakat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘risidagi Nizom»ga muvofiq korxonalarda moliyaviy mablag‘lar (pul mablag‘lari)ning hosil bo‘lish manbalari quyidagilardan iborat:
mahsulot sotish, ish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan pul tushumi;
asosiy faoliyatdan kelgan boshqa daromadlar (operatsion daromadlar);
moliyaviy faoliyatdan kelgan daromadlar;
favqulodda daromadlar.
Mahsulot sotish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan sof pul тушуми xo‘jalik daromadlarining asosini tashkil etadi. Agar kichik biznes subyektlarining yordamchi tarmoqlaridan sanoat xususiyatiga ega mahsulotlar sotilsa, ularning qiymatiga qo‘shilgan qiymat yoki aksiz solig‘i ham qo‘shiladi.



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling