Reja: Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati
Download 33.02 Kb.
|
Soliqsiz daromadlarning mohiyati a zarurligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati.
Soliqsiz daromadlarning mohiyati a zarurligi Reja: 1. Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati. 2. Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining turkumlanishi. 3. Bozorlarga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari 1. Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli budjet jamg’armalari kiradi. O’zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat budjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident – yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar va davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan.1 Ushbu qonunda soliqsiz daromadlarning yoki soliqdan tashqari to’lovlarning uch asosiy turi e’tirof etilgan. Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari, Federal yo’l jamg’armasining mablag’lari, markazlashgan ijtimoiy rivojlantirish jamg’armasining mablag’lari ham budjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan. Davlatning maxsus maqsadli jamg’armalari pul mablag’larini soliqsiz daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mazkur jamg’armalarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bo’lib, bunda soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg’armalarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo’lgan muhim xususiyatga, ya’ni to’lovni amalga oshirishda sub’ektlar mulk shaklining o’zgarishi xususiyatiga egadir. Soliqqa kirmaydigan, ya’ni soliqsiz daromadlarning ko’pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari ko’rinishiga ega bo’lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko’p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O’zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo’lishi mumkin. Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling