Reja: Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati
Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining turkumlanishi
Download 33.02 Kb.
|
Soliqsiz daromadlarning mohiyati a zarurligi
2. Davlat budjeti soliqsiz daromadlarining turkumlanishi.
Soliqsiz daromadlar ro’yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yagona bo’lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo’lgan mulkdan yoki xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan: davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar; davlatga tegishli aktsiyalar bo’yicha dividendlar; davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo’lgan mulkni ijaraga berishdan, shu jumladan qishloq xo’jaligi va noqishloq xo’jaligi maqsadlaridagi erlar uchun ijara to’lovidan olingan daromadlar; vaqtinchalik bo’sh turgan budjet mablag’larini bank va kredit tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar; xizmat ko’rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar; davlat va mahalliy tashkilotlardan to’lovlar; davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo’lgan mulkdan yoki xo’jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar. 2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo’lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan: davlat mulki bo’lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar; kvartiralarni sotishdan tushumlar; davlatning ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish fondlarini, transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar; musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga o’tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar. 3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar. 4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar. 5. Davlatga qarashli bo’lmagan manbalardan kapital transfertlar tizimlari. 6. Jarima-jazolarni qo’llash, etkazilgan zararni qoplash, shu jumladan: standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi; narxlarni qo’llash tartibini buzganlik uchun jazolar; jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo’lgan shaxslardan undiriladigan summalar. 7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan: davlat kreditlari bo’yicha foizlar; davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar; markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi; tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar. 8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar. Budjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko’ra (muayyan darajadagi budjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga ko’ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushumlarini shakllantiradigan to’lovlarni undirishning konkret asoslariga ko’ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi. Soliqlar va soliqsiz to’lovlarning ko’pgina o’xshash tomonlari bilan birga qator farqli tomonlari ham mavjud. Pul mablag’larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz to’lovlar tarzida kelib tushadi. Ular soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar singari davlatning qonun chiqaruvchi idorasi tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to’lovlar o’rtasida muayyan farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat deb belgilash mumkin: soliqsiz to’lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan shug’ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgilangan to’lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bo’ladi; soliqlardan farq qilib, soliqsiz to’lovlar ko’pchilik hollarda majburiy ravishda to’lanmaydi. Soliq esa uni to’lash ob’ekti mavjud bo’lganida to’lanadi; soliqlardan farq qilib, soliqsiz to’lovlar muayyan maqsadga mo’ljallanadi hamda ana shu maqsadda undan foydalanish lozim. Soliqsiz to’lovlar respublika budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliq va yig’imlarning to’lovchilar doirasi, soliq solish ob’ektlari, soliq va yig’imlar yuzasidan engillik va imtiyozlar, soliq va yig’imni hisoblab chiqish va to’lash tartiblari mahalliy hokimiyat idoralarining bevosita o’zlari tomonidan belgilanadi. Soliqsiz to’lovlar hududiy belgisiga ko’ra: umumdavlat miqyosidagi va mahalliy to’lovlarga; shakllanish usuliga ko’ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish usuliga ko’ra: davlat budjetida yoki budjetdan tashqari jamlanadigan turlarga bo’linadi. Soliqsiz to’lovlar undirish asoslariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlar. Bu to’lovlarning tabiiy resurslardan tejab-tergab, samarali foydalanishda ahamiyati kattadir; davlat idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan to’lovlar. Ular jumlasiga: tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga to’lanadigan to’lovlar; sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda to’lanadigan davlat boji; davlat ro’yxatidan o’tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va tovarlar uchun sertifikatlar olishdagi to’lovlar; bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan olinadigan bir martalik patta to’lovlari; qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirish, lotereya o’yinlarini o’tkazish uchun to’lovlar; davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar; jarima tarzidagi to’lovlar (jarimalar, penyalar va boshqalar). Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli bo’lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olinadigan pul mablag’larini kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Umuman olganda, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 1. Davlatga tegishli mulklardan foydalanish samaradorligining pasayishi natijasida davlat sektoriga tegishli korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi. Davlat sektoriga mansub bo’lgan korxonalarning faoliyati ko’pchilik hollarda xususiy sektor korxonalariga nisbatan samarasiz bo’ladi. Shvetsiya, Frantsiya va Buyuk Britaniya davlatlarining amaliyotida bunday holatlar bir necha marotaba kuzatilgan. Masalan, XX asrning 90-yillari oxirida Buyuk Britaniyada davlat sektoriga mansub bo’lgan korxonalarning sezilarli qismi moliyaviy yilni zarar bilan yakunladi. 1998 yilda eng yirik davlat korxonalaridan biri «British telekom» xususiylashtirildi. Uning aktsiyalarining bozor bahosi 6,9 mlrd. funt sterlingni tashkil etar edi. XX asrning 90-yillarining ikkinchi yarmida Frantsiyada davlat mulkini xususiylashtirish natijasida 7,0 mln. kishi aktsiyadorlarga aylandi. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgan mamlakatlarda davlat sektorining defitsiti 1999 yilda yalpi milliy mahsulotning 4,5 foizini tashkil qildi.2 Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining moliyaviy barqarorligini oshishiga, iste’mol bozorini tovarlar bilan to’ldirilishini ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal qilishga hamda o’rta va uzoq muddatli davriy oraliqlarda soliq tushumlarini ko’paytirishga sezilarli darajada hissa qo’shadi. 2. Davlat budjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining yuzaga kelishi. Davlat budjeti xarajatlarini sezilarli darajada o’sishi, davlatning iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo bo’lishi hukumatga soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ana shu maqsadda davlatga tegishli mulklarni sotish, davlatga tegishli xorijiy valyutalar va nodir metallarni xorijiy moliya bozorlarida joylashtirish yo’li bilan daromadlar olish va xorijiy tashkilotlarning moliyaviy yordamlarini jalb qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Masalan: O’zbekiston Respublikasida hukumatga tegishli oltin-valyuta zahiralarining ma’lum qismi xalqaro moliya bozorlarida muddatli depozit shaklida joylashtiriladi va undan foiz ko’rinishda daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat budjeti defitsetini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda foydalanish mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabridagi 567-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat budjeti parametrlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2004 yilda davlat budjeti defitsitini faqat qadrsizlanmaydigan (noinflyatsion) manbalar, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar hisobidan moliyalashtirishni ta’minlash ko’zda tutilgan edi.3 Rivojlangan xorijiy davlatlar ichida Yaponiya soliqsiz daromadlarning davlat budjeti daromadlarining hajmidagi salmog’ining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu ko’rsatkich Yaponiyada 15 foizni tashkil etadi. Yaponiya mahalliy budjetlari daromadlarining 25 foizgacha bo’lgan qismi soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Yaponiya budjet qonunchiligiga muvofiq soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi: -ijara to’lovlari; -davlatga tegishli yer maydonlari va boshqa qo’zg’almas mulklarni sotishdan olingan daromadlar; -jarimalar; -obligatsiyalarni sotishdan olingan tushumlar; -yutuqli lotereyalarni sotishdan olingan tushumlar; -o’tgan yillarda ishlatilmay qolgan budjet mablag’lari.4 Davlat budjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo’lgan daromadlar hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga ko’ra nobarqaror jarayon bo’lib, xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bo’lishiga olib keladi; ikkinchidan, davlatga tegishli oltin-valyuta zahiralarini bozor stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar joylashtiriladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor stavkalarining o’zgarishiga bog’liq bo’lganligi sababli ulardan olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tebranib turadi; uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini bermaydi. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari fiskallik va iqtisodiy funktsiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bo’lib, davlat budjeti daromadlarining umumiy hajmida nisbatan kichik salmoqni egallaydi. Rivojlangan xorijiy davlatlar budjet amaliyotida ham soliqsiz daromadlarning ahamiyati juda past. Masalan, AQShda soliqsiz daromadlarning Federal budjet daromadlari hajmidagi salmog’i 4 foizdan oshmaydi. Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling