Mavzu: Maqsadli tushumlar hisobi


Download 426.73 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi426.73 Kb.
#1006771
Bog'liq
Maqsadli tushumlar


d
Mavzu:Maqsadli tushumlar hisobi.
Maqsadli tushum
Korxonalarning xususiy kapitaliga unga turli manbalardan kelib tushgan maqsadli tushumlar ham kiradi va bu asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Maqsadli tushumlarning
asosiy turlari
Grantlar
korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag'lar majmuasi.
Subsidiyalar
korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma‘lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam summasi
A’zolik bandlari
jamiyatning ta‘sis hujjatlariga muvofiq belgilangan a‘zolik badallari summasi.
Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlar
davlat qonunlari asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida to’plangan mablag’lar majmuasi
Boshqa maqsadli tushumlar
turli yuridik va jismoniy shaxslardan ma‘lum maqsadlar uchun olingan mablag’larning majmuasi.
Maqsadli tushumlar
Subsidiyalar va
Grantlar hisobini
yuritish
Grant bo’yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan pul mablag’lari yoki mulklar olinganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt Pul mablag’larini hisobga oladigan (5110-5530),kapital qo’yilmalar (0800) ,O’rnatiladigan uskunalar (0700), ТMZ va boshqa schyotlar, Kt 4890 «Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti
Qaytarilmaydigan ma’lum bir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun tayinlangan maqsadli tushumlar, mablag’lar holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari hamda boshqa mablag’larning kirimi ularning sarflanishi to’g’risidagi axborot quyidagi:
8810-«Grantlar»,
8820-«Subsidiyalar»,
8830-«A’zolik badallari»
8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari», 
8890-«Boshqa maqsadli tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi.
Boshqa maqsadli tushumlar
―Boshqa maqsadli tushumlar schyotining kreditida va pul mablag’lari schyotlarining debetida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida maqsadli tushumlarning ishlatilishi aks ettiriladi, masalan, xizmat qiluvchi xo’jaliklar ning harajatlarini bir qismi ushbu maqsadli tushumlar hisobidan qoplanganda 8890 ―Boshqa maqsadli tushumlari schyoti debetlanadi va 2710 ―Xizmat qiluvchi xo’jaliklari schyoti kreditlanadi.
Ishlatilmay qolingan boshqa maqsadli tushumlar korxonalarning rezerv kapitaliga yoki boshqa daromadlariga olib boriladi, yani:
Debet 8890 ―Boshqa maqsadli tushumlari
Kredit 8530 ―Bepul olingan mulki,
9390 ―Boshqa operatsion daromadlari
Boshqa maqsadli tushumlarning analitik hisobi ularning turlari va manbalari bo’yicha yuritiladi.
Download 426.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling