O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 252.18 Kb.
bet1/4
Sana25.11.2020
Hajmi252.18 Kb.
#151841
  1   2   3   4
Bog'liq
508 28.10.2004




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida

 LexUZ sharhi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekistonning hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda ulardan foydalanish, ularni respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari]

Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar]

Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004-yil 28-oktabr,

508-son

Vazirlar Mahkamasining


2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
1-ILOVA

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar



1. Mazkur Nizom “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibini belgilaydi.

Davlat o‘rmon fondidagi o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish xususiyatlari boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

2. Quyidagilar o‘simlik dunyosi obyektlari hisoblanadi:

yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan;

yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;

kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari;

yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari.

3. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin:

a) chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi ozuqa mahsulotlarini g‘amlash;

b) chorva mollarini o‘tlatish;

v) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;

g) yovvoyi o‘simliklarning texnik xomashyosini g‘amlash;

d) yovvoyi o‘simliklarning dorivor xomashyosini g‘amlash (yig‘ish);

e) yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun g‘amlash (yig‘ish);

j) daraxt va butalarni kesish;

z) o‘simlik dunyosi obyektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;

i) o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiya, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;

k) o‘simlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;

l) o‘simlik dunyosi obyektlaridan kolleksiyalash maqsadlarida foydalanish.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

II. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish

4. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin.

5. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish mazkur Nizomning 3-bandi “g”, “e”, “z”, “i”, “l” kichik bandlarida nazarda tutilgan turlarida hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

6. O‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuv bo‘yicha foydalanuvchining hayotiy zarur ehtiyojlari bilan cheklangan miqdorlarda tekin amalga oshiriladi. Umumiy foydalanish normasi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar]

7. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq to‘lov evaziga, ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Chorvachilik ehtiyojlari va chorva mollarini o‘tlatish uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini g‘amlashga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

Yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, ular O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqaradigan qayta ishlovchi tashkilotlari bilan g‘amlangan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishgan taqdirda, maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan amalga oshiriladi.



(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-martdagi 61-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 126-modda)

8. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish belgilangan normativlar doirasida amalga oshiriladi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash]

Dorivor va oziq-ovqat o‘simliklarining yovvoyi turlarini va yovvoyi o‘simliklar texnik xomashyosini g‘amlashga kvotalar har yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash]

Pichan o‘rish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish normalari va muddatlari tegishli qishloq va suv, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog‘liq sanitariya kesishlari tartibida yo‘l qo‘yiladi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash]

Tasdiqlangan kvotalar, shuningdek pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish normalari va muddatlari tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy qo‘mitalarga, shuningdek o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarga yetkaziladi.

III. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnomalar berish tartibi

9. Maxsus foydalanishga ruxsatnoma:

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.03.00 O‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.03.02 O‘simlik dunyosidan foydalanish huquqini berish]

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

davlat o‘rmon fondi hududida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan;

zaxira yerlarda pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatishga, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;

o‘z yerlarining hududida tabiiy ozuqa maydonlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatishga ruxsatnoma — qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan;

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simlik dunyosining boshqa barcha obyektlariga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi.

10. Foydalanuvchilar maxsus ruxsatnoma olish uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga;

foydalanishning qolgan turlariga maxsus ruxsatnoma olish uchun — tegishli ravishda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga murojaat qiladilar.

11. Maxsus ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

obyekt (turi), joylashgan joyi, foydalanish muddatlari va usullari ko‘rsatilgan holda maxsus foydalanish uchun buyurtmanoma;

Fanlar akademiyasining o‘simliklar majmuasi va foydalanish hududining holati to‘g‘risidagi xulosasi (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlar uchun);

er egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki hududidan foydalanish nazarda tutilayotgan davlat hokimiyati organlarining roziligi;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

12. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma yoki uni asosli rad etish hujjati ariza beruvchilarga ariza olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida taqdim etiladi.

13. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilingan holda kiritadi. Ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bu haqda arizachiga ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruxsatnomani rasmiylashtiradi.

14. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishga kvota mavjud bo‘lmaganda;

taqiqlangan hududda yoki taqiqlangan usul bilan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun buyurtmanomalar berilganda;

hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda yoki zarur tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov to‘lanmaganda.

Shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.

Ruxsatnoma berishning rad etilishi arizachiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda jo‘natiladi.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.



(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)

Ruxsatnoma berishning rad etilishi yuzasidan arizachi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

15. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda ruxsatnoma berilishi uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.

16. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; foydalanish obyekti (turlari), foydalanish hajmi (miqdori), foydalanish joyi va muddatlari.

Maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish raqamlariga ega bo‘ladi va himoya darajalari bilan ta’minlanadi. Ularning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi, davlat o‘rmon fondi hududida foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar ham shu jumlaga kiradi.

17. O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma boshqa shaxslarga berilmaydi, ularga tuzatishlar kiritishga va boshqa belgilar qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Foydalanuvchi tomonidan tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani olib qo‘yishga faqat tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlari va o‘rmon idoraviy qo‘riqchiligi (davlat o‘rmon fondi hududida) vakolatlidir.

Maxsus foydalanish uchun berilgan barcha ruxsatnomalar nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga yuboriladi.

[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish]

IV. O‘simlik dunyosi obyektlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi

18. O‘zbekiston Respublikasida yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi.



Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan o‘simliklar turlari namunalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekistondagi CITES Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan o‘simlik dunyosi obyektlari bundan mustasno.

(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

19. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan hamda yo‘qolish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II, III ilovalariga kiradigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kolleksiyalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalar olish umumiy foydalanish uchun belgilangan normalardan oshgan hollarda talab qilinadi.

20. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, mazkur Nizomning 18-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha esa — Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazoratiga taqdim etiladi.



(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

21. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:



(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

o‘simlikning olib kelinadigan va olib chiqiladigan har bir turi miqdori ko‘rsatilgan holdagi ariza;

o‘simlik dunyosi obyektlarini tabiiy muhitdan olishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;

Fanlar akademiyasining o‘simlik guruhining va foydalanish hududining holati to‘g‘risidagi xulosasi (O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan turlari uchun);

mahsulotni import yoki eksport qiluvchi mamlakat to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

olib chiqish (olib kirish) uchun foydalanish mo‘ljallanayotgan transport turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini bo‘yicha Davlat bosh inspeksiyasining karantin ruxsatnomasi (import qilishda);



(21-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)

fitosanitariya sertifikati (O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini bo‘yicha Davlat bosh inspeksiyasi tomonidan beriladi);

ruxsatnoma berish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

22. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:



O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlikning bir donasi, shuningdek o‘simliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi o‘simliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar xomashyosining bir kilogrammi (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— o‘simlikning mazkur turini g‘amlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;

yalang‘och qizilmiya xomashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalang‘och qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 225 AQSh dollari miqdorida.

Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun to‘lov undirilmaydi.

(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

23. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi.



(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

24. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalarda quyidagilar ko‘rsatiladi: olib kirish yoki olib chiqishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, obyekt (turlari), o‘simlik dunyosining olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan obyektlari hajmi (miqdori), olib kirish (olib chiqish) muddatlari.



(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

Olib kirish (olib chiqishga) ruxsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish raqamlariga ega bo‘ladi va himoya darajalari bilan ta’minlanadi. Ularning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

25. Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

o‘simlik dunyosining olib chiqib ketilayotgan obyektlarining tabiiy muhitdan noqonuniy olinganligi aniqlanganda;

hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda yoki zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda;

ruxsatnoma uchun to‘lov to‘lanmaganda.

Ruxsatnoma berish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham rad etilishi mumkin.

Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi hujjat rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda arizachiga yozma shaklda yuboriladi.

Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma olishda buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.



(25-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)

Ruxsatnoma berish rad etilganligi yuzasidan arizachi qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilishi mumkin.

Ruxsatnoma berish rad etilganda ruxsatnoma berish uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]

V. O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni nazorat qilish

26. O‘simlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va ko‘paytirilishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

27. O‘simlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va ko‘paytirilishi ustidan idoraviy nazorat yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan hudud qarashli bo‘lgan organlar: davlat o‘rmon fondida — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; boshqa hududlarda — yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

28. O‘simlik dunyosi obyektlari muhofaza qilinishi, foydalanilishi va ko‘paytirilishi ustidan jamoatchilik nazorati jamoat birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.

29. Foydalanuvchilarning belgilangan muddatlarga, normativlarga hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning, ularni muhofaza qilish va ko‘paytirishning boshqa qoidalariga rioya etishi Davlat nazorati organlari tomonidan tekshiriladi.

30. O‘simlik dunyosi obyektlarini, yovvoyi organizmlar tomonidan hosil qilinadigan tabiiy o‘simlik majmualarini muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari tomonidan, o‘rmon qo‘riqchiligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qiluvchi inspektorlar, davlat ovchilik va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarining eger xizmati tomonidan ularga biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladi.

31. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:

o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish normalari va talablari buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan hududni borib ko‘rish;

o‘simlik dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, o‘simlik dunyosi obyektlarining tayyorlangan mahsulotlarini, o‘rmonchi va egerlar qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va ushlab turish;

o‘simlik dunyosining tayyorlangan obyektlari bilan bog‘liq shaxslardan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sababli yozma tushuntirishlar berilishini talab etish;

mazkur Nizom, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida o‘simlik dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

mazkur Nizom va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish, shuningdek noqonuniy tayyorlangan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish;

o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida protokollar tuzish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish;

o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonun buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;

xizmat yuzasidan berilgan o‘q otish qurolini va unga o‘q-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish.

32. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majburdir.

33. Foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik talablari buzilgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Tabiiy o‘simlik guruhlarida qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi paydo bo‘lgan taqdirda o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi to‘xtatiladi.

34. Ruxsatnomasiz yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartiblar va normativlar (kvotalar) buzilgan holda tayyorlangan o‘simlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi, ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar esa o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun javob beradilar va zararning o‘rnini quyidagi miqdorlarda qoplash majburiyatini oladilar:

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar turlari bo‘yicha — o‘simliklar maqomiga qarab. Yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan o‘simliklar uchun: bitta o‘simlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 baravari, kamyob o‘simliklar uchun — 4 baravari va kamayib borayotgan o‘simliklar uchun — 2 baravari miqdorida;

o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari bo‘yicha — qonun hujjatlariga muvofiq.

35. O‘zbekiston Respublikasi hududida noqonuniy ravishda yi-ilgan, tayyorlangan, shuningdek qonun hujjatlari buzilgan holda uning hududiga olib kirilgan o‘simlik dunyosi obyektlari qonunni buzuvchilardan olib qo‘yiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun beriladi.

36. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qoplashlari shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorlari

Foydalanish turlari



O‘simliklarni tayyorlash uchun
ruxsatnoma qiymati

yuridik va jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, eng kam oylik ish haqiga koeffitsiyentlarda

xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, AQSh dollarida

A. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar turlari (bir o‘simlikning yoki bir ildizning qiymati - o‘simlik maqomiga qarab)

Yo‘qolib ketayotgan turlar

0,2

30

Kamyob turlar

0,1

15

Qisqarayotgan turlar

0,02

3

1 kg urug‘lik va ildizlar - shu maqomdagi o‘simliklar qiymatining 10 baravari miqdorida

1 kg ildiz va barglar - shu maqomdagi o‘simlik qiymatining 3 baravari miqdorida

B. Dorivor va ozuqabop o‘simliklarning yovvoyi turlari hamda tayyorlash uchun mo‘ljallangan o‘simliklar texnik xomashyosi (1 kg qiymati)

Zira (urug‘)

0,048

0,6

Rodiola raznozubchataya (ildiz)

0,032

0,4

Moychechak (gul)

0,23

0,3

Oddiy zirk (mevasi), zamburug‘

0,012

0,15

Samarqand bo‘znochi, do‘lana (gul), qoraandiz, kiyiko‘t, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi o‘t, limon o‘t, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli tog‘ dastorboshi, katta bargizub, yalang‘och qizilmiya, oddiy bo‘ymadaron, dala qirqbo‘g‘ini, dorivor mavrak, yuqori vitaminli na’matak

0,008

0,1

Archa (mevasi), do‘lana (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (tog‘rayhon), dag‘al qizilpoycha, tikanli kovul, oqqaldirmoq, achchiq erman, nozik tolali shuvoq, Maksimovich ravochi, afsonak, oddiy mingyaproq, chebrets, uch bo‘g‘imli ittikanak, qizilcha, Turkiston arslonquyrug‘i, oddiy qamish (m), sho‘ravor tsistanxe

0,006

0,1

O‘simliklarning boshqa turlari

0,005

0,1

Download 252.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling