1. Tadbirkorlik turlari va shakllari


Download 27.45 Kb.
bet2/2
Sana21.11.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1792847
1   2
Bog'liq
Xolida

3. Tijorat tadbirkorligi
Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanuvchi-larning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog‘liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko‘rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan bo‘ladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o‘zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat ko‘rsatuvchi standartlar bo‘yicha sotiluvchi ulgurji tovarlar g‘alla, ko‘mir, metal, neft, yoqoch va h.k) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar ko‘p yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon (rangli metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko‘rsatish mumkin.
Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi bilan bir qatorda, tovar birjalarida fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi operatsiyalar bo‘yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda ko‘zda tutilishicha, shartnomada ko‘rsatilgan narxlarda pul to‘lash, shartnoma tuzishgandon so‘ng ma’lum muddat o‘tgach amalga oshiriladi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va kelishmovchiliklarni hal qiladi;
- narxlar to‘g‘risida va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida ma’lumotlarni yig‘adi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari ishining ko‘p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa muomalasi) emas, balki endi olinadigan tovar yoki shartnoma bo‘yicha qo‘yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar - sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi birja vositachilarigina qatnashishi mumkin, ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida ishtirok etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo‘yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va fyuchers birjalariga bo‘linadi. .
Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo‘yicha kelishuvlar va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma’lum darajada ishlab chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o‘xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida material resurslari o‘rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab chiqarish o‘rniga tayyor mahsulot olish keladi.
Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir.
Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo‘jalik faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya’ni, bozorni o‘rganish, tovarni iste’molchiga bo‘lgan harakati, moliyaviy ta’minlash va foyda olish amalga oshiriladi.
Bu borada savdo korxonasiga ikkita o‘zaro bog‘liq talab qo‘yiladi: iste’molchi tabiatining o‘zgarishiga iloji boricha ko‘proq ko‘rinish va raqobat sharoitida yashovchanlikni saqlab qolish.
Savdo faoliyatida marketingning amalga oshirilishini muhim sharti uni rejalashtirilishi hisoblanadi. Marketing rejasi natura va pul ko‘rinishida sotish hajmini belgilashning asosini bildiradi. Bu borada tovarlar-talab harakteri bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: birinchi guruh - bozorni egallab ulgurmagan tovarlar; ikkinchi guruh - muhim talabga ega bo‘lgan an’anaviy tovarlar.
Tezkor boshqaruv ishidan tashqari marketing tarkibi o‘z ichiga bozorni o‘rganish, holatni baholash, oldindan ko‘rish, rejalashtirish (bu haqda yuqorida so‘z yuritildi) kabi funksiyalar va bu funksiyalarni amalda bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish kiradi.
Agar bozorni oldindan qilingan tahlili va istiqboli tijorat bitimi olib borishni maqbul ekanligini bildirsa, tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Biznes-reja harakat fooliyati va qilinadigan sarf-harajatlar, kutilayotgan natijalar hisobi aks ettiriladi.
Umumiy ko‘rinishda har qanday tijorat bitimi dasturi o‘ziga quyidagilarni mujassamlantiradi:
— savdo-vosita xizmatlarini bajarish uchun ishchilarni yollash
(tovar sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini yuritish, zarur
qujjatlarni rasmiylashtirish); '
— tovarni saqlash va sotish uchun zarur binolar, omborlar, bazalar, savdo shaxobchalarini sotib olish yoki ijaraga olish;
— keyinchalik sotishni ko‘zlagan holda tovarlar sotib olish;
— bitimni amalga oshirish uchun kredit olish va keyinchalik kreditni va undan foydalanganlik evaziga foizlari bilan qaytarish;
— vositachilik ishlarini bajarib bergan chet korxonalar va-shaxslar bilan hisob-kitob qilish;
bitimni rejalashtirish, rasmiylashtirish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborot olish;
xaridorga tovarlarni sotish va pul tushirish;
— bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq va moliya organlariga to‘lovlarni to‘lash.
Nihoyat biznes-reja va harakatni muvofiqlashtirish rejasi ishlab chiqariladi. Agar bitim yirik va uzoq muddatli bo‘lsa muddatlari ko‘rsatilgan holda reja-grafik ishlab chiqilishi tavsiya etiladi.
Yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan respublikamizda tad birkorlikning ichki xo‘jalik mexanizmi quyidagicha olib borilyapti,
Agrar islohotlar maqsadi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud salohiyattardan tejamli foydalanish asosida sifatli va arzon mahsulotlar ishlab chiqarib xalk turmush farovonligini oshirishdir. Tadbirkorlik iqtisodiy o‘sishning omil sifatida bozor munosabatlarining shakllanishiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning o‘zaro munosabatlari mexanizmini tarkib topishiga olib keladi. Yirik qishloq xo‘jalik korxonalarid (ilgarigi jamoa va davlat xo‘jaliklari) tadbirkorlikni yuzaga chiqarish uchun uning ichki mexanizmini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarurati tug‘iladi.
Xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning nazariy va amaliy jihatlarini hamda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida mavjud korxonalar faoliyatining ichki iqtisodiy munosabatlarini o‘rgangan holda uning tarkibiy elementlarini biznes-reja orqali amalga oshirgan ma’qul. Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo‘jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:
1. Bozorni tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge’molchilar.
Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma’muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma’lumotlar.
3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo‘jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo‘jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar.
4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko‘rsatkichlar.
5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakli, ichki xo‘jalik bo‘linmalari va ularning o‘zaro munosabatlari.
6. Xavf-xatarni baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil
strategiyalar. :
7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o‘z-o‘zini qoplash nuqtasi, mablag‘lar manbalari va ulardan foydalanish.
SHeriklar mulkining shakllanishi tadbirkorlik munosabatlari rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori mas’uliyat, mustaqillik, xo‘jayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi.
Yangi xo‘jalik mexanizmida qishloq xo‘jalik korxonasini tadbir -korlik asosida qayta tashkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda qo‘llaniladi. Bu paylarning egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va ulushlaridan daromad to‘laydilar.
Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarining bozor munosabatlari shartlariga asoslangan o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo‘jalik jamoalari munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan belgilangan narxlar bo‘yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishga imkon beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi, ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo‘yicha.
Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a’zosi bo‘lmasligi mumkin. Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona a’zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkorni tanlashga imkon beradi. Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o‘zi olishi yoki boshqaga berishi mumkin.
Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi qishloq xo‘jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo‘jalikda pul yo‘q bo‘lsa ham oylik o‘z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan. Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari - tadbirkor o‘z shaxsiy imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishi talab qilinadi.
Yuqoridagi mexanizmining amalga oshishi birinchi navbatda tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga ega ekanligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. U qanday va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkorning ixtiyorida uchta resurs - moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi bo‘lishi lozim.
Keyingi muammo (agar mablag‘ bo‘lsa) xo‘jalik yuritish uchun zarur resurslarni qayerdan va qanchaga sotib olishdir. Servis xizmati tizimining shakllanib ulgurmaganligi (texnika, o‘g‘it, qurilish materiallari, yoqilg‘i va boshqalarni sotish) tadbirkorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm orqali resurslar bilan ta’minlashning muqobil yo‘llari tanlab olinadi.
Tadbirkorlik ichki xo‘jalik mexanizmi faoliyatida sotish va marketingni yo‘lga qo‘yish ushbu mexanizmining yanada samarali ishlashini ta’minlaydi. Masalan, AQShda bitta fermerga beshta, mahsulotni qabul qilib oladigan, tozalaydigan, saqlaydigan, sotadigan hamkorlar to‘g‘ri keladi. Lekin bizda bu ishni korxonaning o‘zida o‘z ishchilari orqali yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o‘z ichiga oladi. Realizatsiya qilish tarmog‘i tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste’molchiga yetkazishda mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yig‘imidir.
Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevosita ta’sir qiladi.
Optimal tashqi qilingan taqsimot kanali tufayli mulkka egalik qilish huquqini olishdagi, mulkning joylashishi vaqtidagi uzoq muddatli uzilishlar bartaraf qilinadi.
Tadbirkorlikning ichki xo‘jalik mexanizmi ancha murakkab bo‘lib, u butun xo‘jalik yuritish jarayonini qamrab oladi. Mulkdorlarga, ya’ni korxona egalariga o‘z mulkiy huquqidan foydalanishga imkon yaratadi, korxonadagi ichki munosabatlarni o‘zaro foydali holga keltirib ixchamtashtiradi, korxonani tashqi muhitga moslaydi. Sotish va marketing faoliyatini tadbirkorlikning muhim elementi sifatida amalga oshirilishiga olib keladi.
4. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tijorat banklari va fond birjalari bilan bog‘liq holda ish olib boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mi-jozlar topshirigiga ko‘ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq to‘lash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko‘rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbai - depozit va qarz mablag‘larning foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.
Tijorat banklar operatsiyasi uch guruhga bo‘linadi: passiv (mablag‘ jalb etish), aktiv (mablag‘ joylashtirish), tijorat - vosita (mijoz topshirig‘iga ko‘ra turli operatsiyalarni amalga oshirish) operatsiyalaridir.
Bu banklar tijorat harakteridagi tavakkalchilik bilan ish olib boradilar. Chunki ular o‘e mijozlariga avval belgilangan muddatlarda foizlarini qo‘shib pul berishga majburdir. U yoki bu sabablarga ko‘ra mijozlar talab qilgan paytlarda pul bera olmaslik ehtimolini oldini olish uchun tijorat banklari ma’lum miqdorda pul zahirasiga ega bo‘lishi lozim.
Respublikamizda bunday banklar ko‘paymoqda. Yana kelajakda, yaqin kunlarda xurmatli Prezidentimiz I. A. Karimovning tashabbuslari va ko‘rsatmalariga asosan endi xususiy banklar ham ko‘payib boradi.
Fond birjalari. Moliyaviy tadbirkorlikning yana bir elementi, bozor instituti fond birjalaridir.
Fond birjasi, deyilganda - kapital harakatini tezlatuvchi va aktivlarni qaqiqiy qiymatini aniqlashga yordam beruvchi, tashki-lotchilik bilan rasmiylashtirilgan, muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi qimmatli qoqozlar bozori tushuniladi. Fond birjasining faoliyati tamoyillari talab va taklifni tezkor boshhariluviga asoslanadi. Fond birjasida k,im/atpi k,oqozparni aylanishi, muomalada bo‘lishi (kotirovkasi) ta’minlanadi. Buning uchun birjaning muomala bo‘limi mutaxassislari tomonidan birjadan o‘guvchi barcha qimmatli qogozlarni sotib oluvchilar kurslari va sotuvchilar kurslariga muntazam ravishda baxo berib boriladi. Bu borada joriy kurslar doimiy ravishda tabloda ko‘rsatib turiladi va maxsus byulletenlarda e’lon qilib boriladi. Joriy kurslar ayni vaqtda qaysi birjada ma’lum aksiyalarni qanday baxolarda sotib olish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu narxlar, maxsus formulalar orhali qisoblanib, birja faoliyati indekslarini olishda asos-iqtisodiy aqvolni belgilovchi o‘ziga xos barometr qisoblanadi.
Firma va korxonalar chet elda birjalarda ishtirok etmaydilar. Odatda ular birjalarda bank, birjaning yoki xolding brokerlik kompaniyalari orhali qatnashadilar. Bunday a’zolar soni boshhariladi va ularning obro‘-e’tibori benuqson bo‘lishi .shart. Bundan tashhari bunday a’zolik pul talab qiladi. Masalan, Nyu-York fond birjasida xar bir o‘rinning narxi 450 dan 6000 dollargacha o‘zgarib, turadi, a’zolar soni esa 1469 nafar bo‘lib,o‘zgarmaydi.
Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling