Xalqaro standartlar muommosi


Download 107.5 Kb.
bet1/6
Sana01.05.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1419465
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XALQARO STANDARTLAR MUOMMOSI


XALQARO STANDARTLAR MUOMMOSI
Reja


1. Saylovlar – demokratik institut sifatida
2. Demokratik islohotlar va saylov qonunchiligi
3. O`zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanish bosqichlari
4. O`zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi tizimi
5. Konstitutsiya- saylov qonunchiligi tizimining o`zagi
6. Xalqaro andozalar va O`zbekiston saylov qonunchiligining xususiyatlari
7. Saylovlar bo`yicha xalqaro tamoyillar


Saylovlar – demokratik institut sifatida
Demokratiyaning eng muhim tamoyili – odamlarning saylov huquqini, o`z xohish-irodasini erkin ifodalash, o`z manfaatlarini ro`yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta`minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim.
Haqiqatan ham demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. Demokratik saylovlar ko`ppartiyaviylik asosidagina bo`ladi.
Ko`ppartiyaviylik bo`lgandagina har bir fuqaro tom ma`nodagi tanlash huquqiga ega bo`ladi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga va ilg`or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. Asosiy maqsad amaldagi qonunlarni hayotga tatbiq qilish mexanizmlarini yaratishdir.
O`zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanishi, avvalambor, fuqarolarning aktiv va passiv saylov huquqlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgandir.
O`zbekistonda saylov huquqidan foydalanishning huquqiy protseduralari va texnikasi takomillashtirildi. Bu fuqarolarning saylov huquqidan foydalanish madaniyati darajasiga bog`liqdir. Saylov huquqi har bir fuqaro uchundir. Undan to`liq foydalanish imkoniyatlarini yaratish saylov qonunchiligining asosiy maqsadidir.
O`zbekistonda nafaqat saylov qonunchiligi yangilandi, balkim saylovlarga yondashuv falsafasi ham o`zgardi. YA`ni saylov qonunchiligida xalqaro standartlar to`la o`z aksini topdi.
Va nihoyat, saylovlar demokratiyaning yuragi, uzviy bo`lagidir. XX asrning so`nggi o`n yilligini Ri Erme aytganidek «demokratiyaga burilish» davri deb baholasa bo`ladi. O`zbekiston ham demokratiyaga yuz tutdi. Shu yerda YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning quyidagi so`zlari o`rinlidir: «Demokratiya boshdan kechirilgan tajribaga to`liq o`zaro kelishuvga, mas`uliyatga asoslangandagina yashaydi. Bunda demokratiya olinadigan foyda yoki ko`riladigan zararga bog`liq bo`lmaydi. Demokratiya – faqatgina saylovlar protsedurasi yoki boshqarish shakli emas, balkim turmush tarzi hamdir».
O`zbekistonda fuqarolarning saylov madaniyati milliy turmushimiz tarziga aylanib bormoqda.



Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling