Xalqaro standartlar muommosi


Konstitutsiya – saylov qonunchiligi tizimining o`zagidir


Download 107.5 Kb.
bet3/6
Sana01.05.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1419465
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XALQARO STANDARTLAR MUOMMOSI

5. Konstitutsiya – saylov qonunchiligi tizimining o`zagidir
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga bag`ishlangan maxsus XXIII bob bor va u «Saylov tizimi» deb nomlanadi. Bunday bob ko`pgina davlatlar Konstitutsiyalarida yo`q. Saylov huquqiga bag`ishlangan Konstitutsiyaning 118-moddasi katta ijodiy salohiyatga egadir. Bu modda ma`lum sharoitlar yetilganda tegishli qonunlar qabul qilish yo`li bilan harakatga keltirilmoqda.
Aristotel aytganidek, huquq fuqarolarning yetukligidan oldinda boradi, lekin fuqarolarning yetukligi huquqni tatbiq qilishni ta`minlaydi.
Shu yerda bir tarixiy faktni eslatib o`tish kerak.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlash va muhokama qilish davrida bir qator chet ellik ekspertlar Konstitutsiya matniga saylov tizimiga bag`ishlangan maxsus bobni qo`shmaslikni taklif etgan edilar.
Ammo biz saylov tizimiga bag`ishlangan bobni Konstitutsiyamizga ongli ravishda qo`shdik. Nima uchun?. Bir tomondan, saylov tizimiga konstitutsiyaviy yondashuv saylov huquqining fundamental prinsiplarini kafolatlaydi. Ikkinchi tomondan esa, joriy saylov qonunlariga asos bo`lib xizmat qiladi. Fikrimizcha, Konstitutsiya qabul qilingandan beri o`tgan vaqt bizning qarorning to`g`riligini tasdiqladi.


6. Xalqaro andozalar va O`zbekiston saylov qonunchiligining xususiyatlari
Saylov huquqi – saylov qonunchiligidan kengroq tushunchadir.
Saylov huquqi – bu huquqning kompleks sohasi bo`lib, konstitutsiyaviy huquq normalaridan tashqari, ma`muriy, jinoiy va boshqa huquq sohalari normalarini o`z ichiga oladi. Saylov huquqining rivojlanishi o`zbek milliy huquqiy tizimining taraqqiyot qonunlariga to`la mos keladi.
Hozirgi zamon O`zbekiston saylov qonunchiligi xalqaro andozalarga to`la mos keladi. O`zbekiston saylov qonunchiligining eng birinchi va asosiy xususiyati – bu uning umum e`tirof etilgan xalqaro andozalarga mosligidir.
Saylovlar to`g`risidagi jahon andozalari (standartlari) qaysi xalqaro hujjatlarda o`z aksini topgan?
Birinchidan, Inson huquqlariga oid BMTning xalqaro hujjatlarida. Bu Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolarning shaxsiy va siyosiy huquqlari to`g`risidagi xalqaro Pakt (1966).
Ikkinchidan, YEXHTning insoniylik mezonlariga oid hujjatlarida. Bulardan eng asosiysi 1990 yilgi Kopengagen anjumani hujjatlaridir.
Uchinchidan, Parlamentlararo Ittifoq hujjatlari. Bu Ittifoqqa 145 davlat a`zo, shu jumladan O`zbekiston ham. Parlamentlararo Ittifoq Kengashi 1994 yilgi Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to`g`risida Deklaratsiya qabul qilgan.
Ushbu xalqaro hujjatlarda demokratik saylovlarning 4 ta umum e`tirof etilgan prinsiplarga asosan o`tkazilishi ko`rsatilgan. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat:
Umumiy saylov huquqi;
Teng saylov huquqi;
To`g`ri-to`g`ri saylov huquqi;
Yashirin ovoz berish huquqi.
Bu 4 prinsip O`zbekistonning Konstitutsiyasi va saylov to`g`risidagi qonunlarida to`liqligicha o`z aksini topgan.
O`zbekiston saylov qonunchiligi va tizimining ikkinchi muhim xususiyati Markaziy saylov komissiyasi to`g`risidagi qonunning mavjudligi va Markaziy saylov komissiyasi tarkibining tuzilganligidir. Markaziy saylov komissiyasini tuzishlik Parlamentlararo Ittifoq Kengashi qabul qilgan Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to`g`risidagi Deklaratsiya talablaridan kelib chiqadi. Markaziy Saylov komissyasi saylovlarni o`tkazuvchi asosiy tashkilotchidir. U fuqarolarning saylov huquqini to`liq amalga oshirishning garovidir.
Jahon amaliyotida saylovlarni tashkil etishning to`rtta turi bor.
Birinchisi, saylovlar hukumat tomonidan tashkil etiladi. Masalan, Germaniyada saylovlarni Ichki ishlar vazirligi tashkil etadi. Saylov uchastkalarida ishlovchi mansabdor shaxslar davlat xizmatchilari orasidan tanlanadi.
Ikkinchisi, saylovlar sud organlari tomonidan tashkil etiladi. Masalan, Pokistonda Markaziy saylov komissiyasi Oliy va boshqa sudlar raislari tomonidan tanlangan uch sudyadan iborat bo`ladi. Ruminiyada qur`a tashlash yo`li bilan Oliy sudning 7 a`zosi Markaziy Saylov komissiyasiga tanlab olinadi.
Uchinchisi, ko`ppartiyaviy yondashuv bo`lib, manfaatdor siyosiy partiyalar o`z vakillarini Markaziy saylov komissiyasiga tayinlaydilar.
To`rtinchisi, mustaqil Markaziy saylov komissiyasini tuzishdir. O`zbekiston aynan shu to`rtinchi turdagi Markaziy saylov komissiyasi tuzish yo`lini tanladi.
O`zbekistonda 1998 yili 30 aprelda qabul qilingan Markaziy saylov komissiyasi to`g`risidagi Qonunda ushbu komissiyani tuzish, uning vakolatlari va ish tartibi batafsil tartibga solingan.
O`zbekiston saylov qonunchiligining o`ziga xos xususiyati – bu saylov kompaniyasi jarayonida fuqarolar tashabbuskor guruhining tashkil etilishidir. Bu saylov huquqini va qonunchiligini demokratlashtirishga qaratilgan muhim qadamidir. Saylov huquqida bu yo`l bilan fuqarolar huquqi siyosiy partiyalar bilan tenglashtirildi. Saylov kompaniyasining barcha bosqichlardagi fuqarolar tashabbuskor guruhlarining huquqlari Oliy Majlisga saylovlar to`g`risidagi qonunning mustahkamlangan..
O`zbekiston saylov qonunchiligining yana bir xususiyati – bu o`zini-o`zi boshqarish organlarining saylov jarayonlaridagi ishtiroki. Bu – O`zbekistondagi demokratlashtirish jarayonining eng ustuvor yo`nalishlaridan biri. Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari saylov huquqi subyektiga aylandilar. Bu bizning huquqiy hayotimizdagi yangilikdir.
Saylov qonunchiligimizning yana bir, o`ziga xos xususiyati – bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni bevosita fuqarolar tomonidan ko`rsatilishidir. Bu modda klassik rim huquqi talablaridan kelib chiqadi. Endilikka nomzodlarni ikkita subyekt ko`rsatadi
Siyosiy partiyalar.
Saylovchilarning tashabbuskor guruhlari.
Saylov huquqiga ega har bir fuqaro 300 kishidan kam bo`lmagan tashabbuskor guruh tuzishi mumkin. Bu fuqarolarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.
Saylovlar to`g`risidagi qonunlarda yana bir qator o`ziga xos xususiyatlari bor. Ular xalqaro standart va me`yor talablarga to`liq javob beradi.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling