Reproduktiv tafakkur. - bu standart tafakkur bo'lib, unda qayta mashqlar asosida egallangan usullardan masalani echishda foydalanadi. Ijodiy tafakkur - yangilikni ochib bilan bog'liqdir. Tafakkur turlari ta’lim xarakteriga bog'liqdir. | - Ta’lim oluvchi nima qiladi
| - Qanday tafakkur turi shakllanadi
| | | - Standart reproduktiv tafakkur
| - Tushuntiruvchi-ifodalovchi, yo'naltiruvchi
| | - Reproduktiv, yarim mustaqil tafakkur
| | | | - Hozirgi buyuk islohatlar amalga oshirilayotgan O'zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo'lishi davr taqqozasi bo'lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo'lgan insonlargina, jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ko'plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir bo'ladilar.
- Prezidentimiz siyosatining bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, o'z mustaqil dunyoqarashiga ega bo'lgan iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning individual xususiyati bo'lsada, bu xususiyat xamiyatda, insonlar o'rtasidagi munosabatlar muhiti yaxshi bo'lganda rivojlanadi.
- Fikrlashni bilish bu insonning aqlidir. Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
- 1. Mazmundorlik
- 2. Fikrlash kengligi, fikrlashning kengligi va chuqurligi nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog'liqdir.
- 3. Fikrlashning mustaqilligi
- 4. Aqliy tashabbuskorligi
- 5. Aqlning tanqidiyligi, o'z ishini aniq baholay olish.
- 6. Fikrning ketma-ketligi
- 7. Tafakkurning tezligi
- Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo'lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta’minlaydi.
- 5. Kismlardan rasm hosil qilish metodikasi A.N.Bernshteyn (1911) tomonidan taklif etilgan bo'lib, tafakkur xususiyatlarini, rasmning yaxlitligini tahlil qila olish, uning ba’zi qismlari ketma-ketligini o'rnata olish qobiliyatini o'rganishga mo'ljallangan.
- Guruhlar bo'yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan bo'lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygornik (1958) tomonidan o'zgartirilgan. Metodika
- umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o'rganish uchun qo'llaniladi.
- Ortiqchasini o'chirish metodikasi umumlashtirish va chalg'ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o'rgatish uchun qo'llaniladi.
- Muhim belgini ajratish metodikasi tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini ajratish qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi.
- Bolalarda tushunchali tafakkur xususiyatlarini o'rganish uchun L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov (1930) metodikasining o'zgartirilgan usulini (A.V.Govorkova) qo'llash mumkin. Bu metodika yordamida bolaning maqsadga yo'naltirilgan va ketma-ket xarakterlarni bajara olish qobiliyati, bir necha yo'nalishda tahlil qila olish qobiliyati aniqlanadi.
- Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o'lchash shkalasidir. Bu metodikaga 1974 yilda so'nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni tekshirish uchun o'zgartirishlar kiritildi.
- Maktab aqliy taraqqiyoti testi metodikasi M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova, G.P.Loginovalar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, o'smirlarning intellektual taraqqiyoti darajasini aniqlashga mo'ljallangan.
- Hikoyada tushurib qoldirilgan so'zlarni to'ldirish metodikasi H.Ebinjhaus (1891) tomonidan taklif etilgan bo'lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini 10 yoshdan katta bolalarda assotsiativ jarayonlarni o'rganishda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |