1 –tajriba ishi ichki yonuv dvigatelining ishlash prinsipini o‘rganish
Download 264.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Tajriba 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki yonuv dvigatelining tuzilishi
- II. Ishning maqsadi
- III. Qurilma vazifasi
- IV. Qurilma tuzilishi
- To‘rt taktli yuritgichning ish prinsipi.
1 –TAJRIBA ISHI ICHKI YONUV DVIGATELINING ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
Ish yoqilg‘isi maxsus qurilma ichida yonadigan va yonish jarayonida ajralib chiqqan issiqlik miqdorining ma'lum qismini mexanik energiyaga aylantirib bera oladigan issiqlik mashinasiga ichki yonuv dvigateli (IYoD) deyiladi. Avtomobil uchun ichki yonuv dvigatellarining yaratilishi o‘tgan asrning 60- yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Lenuar (1860 y.) Fransiyada, N.Otto va E.Lengen (1867 y.) Germaniyada tadqiqotlar olib borgan. N.Ottoning to‘rt taktli dvigateli (1867 y.) Bo–de–Rosha tomonidan (1862 y.) taklif etilgan sxema bo‘yicha yasaladi. 19–asrda neftni qayta ishlashdan olinadigan benzin, kerosinlarni elektr uchquni yordamida yoqilishi ichki yonuv dvigatellarning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.
1-rasm. Karbyuratorli ichki yonuv dvigateli.
Ichki yonuv dvigitellarida (IYoD) asosan ishchi jism bo‘lib, gaz aralashmalari xizmat qiladi va u tsilindr ichida yonadi. Olingan issiqlik miqdori porshenda kengayib mexanik energiyaga aylanadi. Gaz kengayishi tsilindrda porshen orqali mexanik energiyaga aylanib uzatiladi. Ichki yonuv dvigatellarida oraliq ishchi jismini yo‘qligi. Termodinamik potentsiallarning katta miqdorida, ya'ni yonish paytida gaz to C si 1800-2700 kelvin kengayish oxirida 800-1500 K issiqlik miqdorining mexanik ishga aylanishi bu turdagi mashinalarga nisbatan yuqori issiqlik FIKi olishga ta'minlaydi. Ichki yonuv dvigatellari issiqlik energetikada bug‘ dvigateliga nisbatan afzalligi quyidagilardan iborat: a) ko‘p yordamchi uskunalari bo‘lgan bug‘ qozoni va kondensat qurilmasining yo‘qligi b) qurilmaning tez ishga tushirilishi, tayyorlov vaqtining yo‘qligi
v) qurilmaning kichik o‘lchamligi va yengilligi Ichki yonuv dvigatellarning asosiy kengliklari quyidagilardan iborat: a) yuqori sifatli gaz va suyuq yoqilg‘iga talabchanligi b) qattiq yoqilg‘ini ishlatib bo‘lmasligi v) bu qurilmada 50-100 ming kVt quvvatdan yuqori quvvat oladigan qurilmalar yaratib bo‘lmasligi. Bu kamchiliklar zamonaviy yuqori quvvatli issiqlik elektr stantsiyalarida bu turdagi qurilmalarning qo‘llashga imkon bermaydi. Shuning uchun issiqlik elektrostantsiyalarda faqat bug‘ turbina qurilmalari qo‘llaniladi. Ichki yonuv dvigatellarning kichik o‘lchamli va yengilligi sanoatning turli sohalarida qo‘llanishga olib keladi. Ichki yonuv dvigatellarni quyidagi ko‘rsatkichlarning bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin: 1. Aralashma hosil qilish usuliga qarab: a) tashqi aralashmali dvigatellar. Bunda yoqilg‘i havo bilan tsilindrdan tashqarida aralashadi va tsilindrga tayyor yonuvchi aralashma kelib tushadi. b) ichki aralashmali dvigatellar. Bunda yoqilg‘i va havo tsilindrga alohida uzatiladi va yonuvchi ishchi moddalar tsilindr ichida hosil qilinadi. 2. Ishchi aralashmani yondirish usuliga qarab: a) uchqunli yondirish dvigatellari b) siqish orqali yondiruvchi dvigatellar Uchqunli yondirish usuli bilan karbyuratorli va gaz vintellari ishlaydi. 3. Ishlatiladigan yoqilg‘i turiga qarab: a) yengil suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (benzinda) b) og‘ir suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (dizel yoqilg‘isi) v) gaz yoqilg‘isida ishlovchi dvigatellar 4. Tsilindrni zaryadlash usuliga qarab: a) to‘rt (4) taktli dvigatellar. b) ikki (2) taktli dvigatellar. 5. Tsiklni amalga oshirish usuliga qarab: a) izoxoroviy tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar b) aralash tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 6. Dvigatel porshenining o‘rtacha tezligi bo‘yicha: a) sekin yuruvchi dvigatellar 7. Tsilindrning konstruktiv joylashishiga qarab: a) kartorli dvigatellar
b) vertikal dvigatellar
g) V shaklida
Ichki yonuv dvigatel printsipial sxemasi 1–rasmda keltirilgan. Porshenli ichki yonuv dvigatelning asosini tsilindr 4 va unga keltirilgan porshen 5, kiritish va chiqarish klapanlari 2,6. O‘t oldirish svechasi 3, shatun 7, krivoshin 8, kiritish trubasi 9 dan tashkil topgan.
II. Ishning maqsadi
Ichki yonuv dvigatellarida asosan ishchi jism bo‘lib, gaz aralashmalari xizmat qiladi va u tsilindr ichida yonadi. Olingan issiqlik miqdori porshenda kengayib mexanik energiyaga aylanadi. Gaz kengayishi tsilindrda porshen orqali mexanik ishga aylanib uzatiladi. IYoDlarda oraliq ishchi jismning yo‘qlig‘i, termodinamik potentsiallarning katta miqdorida, ya'ni yonish vaqtida gaz harorati 1800-2700 K kengayishi oxirida 800-1500 Kda issiqlik miqdorining mexanik ishga aylanishi bu turdagi mashinalarga nisbatan yuqori issiqlik FIK olinishini ta'minlaydi. Ishning maqsadi IYoDlarning issiqlik energetikasi bug‘ dvigatellariga nisbatan afzalligini o‘rganishdan iborat.
1. IYoDlarni vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin. a) tashqi aralashmali dvigatellar. Bunda yoqilg‘i havo bilan tsilindrdan tashqarida aralashadi va tsilindrga tayyor yonuvchi aralashma kelib tushadi. b) ichki aralashmali dvigatellar. Bunda yoqilg‘i va havo tsilindrga alohida uzatiladi va yonuvchi ishchi modda tsilindr ichida hosil qilinadi. Tashqi aralashmali usulda karbyuratorli va to‘rt taktli gaz dvigatellari ishlaydi. Ichki aralashmali usulda dizeli, turboporshenli dvigatellar va ikki taktli gaz dvigatellari ishlaydi. 2. Ishchi aralashmani yondirish usuliga qarab: a) Uchqunli yondirish dvigatellari. b) Siqish orqali yondiruvchi dvigatellar. 3. Ishlaydigan yoqilg‘i turiga qarab: a) Yengil suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (benzin) b) Og‘ir suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (dizelda yoqilg‘i) v) Gaz yoqilg‘isida ishlovchi dvigatellar 4. Tsilindrni zaryadlash usuliga qarab: a) to‘rt taktli dvigatellar 5. Tsiklni amalga oshirish usuliga qarab a) izoxorali tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar b) aralash tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar v) konbinatsiyalangan (izoxora aralash) tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 6. Dvigatel porshenni o‘rtacha tezligi bo‘yicha a) sekin yuruvchi dvigatellar. Porshenning o‘rtacha tezligi 6,5 m/s gacha. b) tez yuruvchi dvigatellar. Porshenning o‘rtacha tezligi 6,5 m/s dan yuqori. 7. Tsilindrning konstruktiv joylashishiga qarab: a) qatorli dvigatellar b) vertikal dvigatellar v) gorizontal dvigatellar g) V – dvigatellar d) W – dvigatellar e) H – dvigatellar j) X – dvigatellar z) yulduzcha shaklidagi – dvigatellar
8. qo‘llanish sohasiga qarab a) statsionar dvigatellar b) kemasozlik v) teplovoz dvigatellar d) avtomobil dvigatellar e) aviatsiya dvigatellar j) mototsikl dvigatellar z) maxsus dvigatellar Quyida xalq ho‘jaligida keng qo‘llaniladigan ichki yonuv dvigatellaridan karbyuratorli dvigatel va dizel dvigatellarini ketma-ket tuzilishi tartibini chizmada ko‘rib chiqamiz. Karbyuratorli dvigatellarni dizel dvigatellari bilan taqqoslaganda karbyuratorli dvigatellarda havo sarfi koeffitsiyenti kichik. Ular dizel dvigatellariga nisbatan tez harakatlanadi, hamda yengil va ularning o‘rtacha quvvati dizelga nisbatan ancha katta.
Zil-130 avtomobili yuk tashish transporti bo‘lib, karbyuratorli, to‘rt taktli V – shakli sakkiz tsilindrli suvli sovutish tizimiga ega dvigatel. Tsilindr aylanasi 100 mm porshen harakati 95 mm, dvigatel ishchi hajmi 6 l, siqish darajasi 6,5, tsilindrlar oraliqi oqish burchagi 90 0 dvigatel maksimal quvvati 125 kVt,170 0 C agarda aylanishlar soni 3600 ayl/min bo‘lganda dvigatel aylanishlar sonini chegaragichli jihozga ega. Chegaragichli qurilma maksimal aylanishlar sonini 3100 ayl/min chegaralaydi va maksimal quvvat 110 kVt (150 0 C ga teng. Yoqilg‘ining o‘rtacha sarfi 326 g/(kVt(s). Dvigatelning quruq og‘irligi 447 kg.
Ichki yonuv dvigatelining ishlash tartibi
Ichki yonuv dvigatellari yoqilg‘i turiga qarab gaz yoqilg‘isida (gaz dvigateli), suyuqlik yoqilg‘ida (benzin, solyar moyi, kerosin, ligroin va x.k.), binar (suyuq va gaz) yoqilg‘ida ishlaydigan dvigatellarga bo‘linadi. Ish tsikliga qarab ikki va to‘rt taktli; yoqilg‘i kamerasiga kiritilishiga qarab bosimli va bosimsiz; ish aralashmasining tayyorlanishiga ko‘ra ish jismi tashqarida va ichkarida tayyorlanadigan dvigatellarga bo‘linadi. Ish aralashmasi o‘t oldirish usuliga qarab ichki va tashqi manbaidan (elektr uchquni, o‘t oldirish shari – kalorizator) va tsilindrda siqilgan havoning qizishi (dizel dvigateli) hisobiga o‘t oldiriladigan dvigatellar mavjud. Ichki yonuv dvigatellari avtomobil, aviatsia, gaz turbinali va reaktiv dvigatellarga bo‘linadi.
Porshenli ichki yonuv dvigatelning asosini tsilindr 4 va unga kiritilgan porshen 5 tashkil etadi. Porshen krivoship–shatunli mexanizm orqali tirsak valiga yonish maxsuli gazlari vujudga keltirilgan bosim kuchini uzatadi. Tsilindrlar blokini ostki qismiga tirsak vali, ustki qismiga tirsak vali, ustki qismiga kiritish 2 va chiqarish 6 klapanlari joylashtirilgan tsilindr kallagi o‘rnatiladi. Tsilindrlar bloki kallagiga korbyuratorli dvigatellarda svecha 3, dizel dvigatellarda esa forsunnalar o‘rnatiladi. Porshen tsilindrda ilgarilanma qaytma harakat qiladi. Porshenli ichki yonuv dvigatelida val stator yordamida harakatlantirib olinadi. Porshen valga krivoship 8 va shatun 7 orqali biriktirilgan bo‘ladi. Shuning uchun val aylanganda porshen ham harakat qiladi. Kiritish trubasi 9 orqali keladigan yoqilg‘i kiritish klapani 2 orqali tsilindr 4 ga kiritiladi. Tsilindrga kirgan yoqilg‘i o‘t oldirish svechasi 3 orqali yondirilib tutun gazi hosil bo‘ladi. Tutun gazi hajmi kengayib porshenni pastga itaradi va uning natijasida val harakatlanadi. Valni qaytishda porshen yana yuqoriga ko‘tarilib chiqarish klapani orqali tutun gazi chiqarib yuboriladi. Shu tariqa ichki yonuv dvigateli ishlaydi. Karterda 1 yog‘ bo‘lib u ichki yonuv dvigatelining porshen 5, shatun 7, krivoship 8 vallarni yog‘lab turadi.
2-rasm. IYoD ishlashining prinsipial sxemasi.
Yoqilg‘ining siqish orqali yondirish usulida ishlovchi to‘rt taktli yuritgichning ish prinsipi
Ichki yonuv dvigatellari tsilindrning ichida porshen ilgarilanma qaytma harakatda bo‘ladi. Bunda dvigatel tsilindrda ketma-ket ish jarayoni amalga oshiriladi. Uzluksiz ish rejimini ta'minlash uchun har bir tsiklda zaryadlar zaryadini siqish, yondirish, kengaytirish va ishlatilgan zaryadni chiqarib yuborish kerak. Porshenni bir tomonga harakatlanishi ish protsessining bir qismi bo‘lib, bu protsess takt deyiladi. To‘rt taktli dvigatellarda ish jarayoni porshenni to‘rt marta yurishida amalga oshiriladi, bunda tirsakli val ikki marta aylanadi, ikki taktli dvigatellarda ish jarayoni porshenning ikki marta yurishida amalga oshiriladi. Tirsakli val bir marta aylanadi. Ilgarilanma qaytma harakatda porshenning chetki joy olishi o‘lik nuqta deb ataladi. Tirsakli val o‘qidan porshenning eng uzoq joylashishi ichki o‘lik nuqtasida bo‘lganda tsilindrning ichki hajmi siqilish yonish kamerasi bo‘ladi. Porshenning harakati mobaynida hosil bo‘lgan jism ishchi jism deyiladi. Yoqilg‘ini siqib sidirish usulida ishlovchi dvigatelda yoqilg‘i ma'lum paytda yonish kamerasiga purkab turadi va u yondiruvchisiz o‘zi alangalanadi. Buning uchun yonish kamerasida yoqilg‘ining yonishi temperaturasidan yuqori temperaturaga ega bo‘lgan siqilgan havo bo‘lishi kerak. Bunda yoqilg‘ini mayda zarralari issiq havo bilan aralashib yonadi. Uchqunli yondirish usulida ishlovchi yuritgichlarda yoqilg‘ini yonishi tashqi yondiruvchi ko‘pincha elektr uchquni orqali amalga oshiriladi.
1-takt. Zaryadka porshenning yuqori o‘lik nuqtada quyi o‘lik nuqtaga harakatlanishida so‘rish klapanida dvigatel tsilindriga toza havo so‘riladi. Chiqarish klapani yopiq bo‘ladi. Tsilindr ichidagi bosim so‘rish paytida filtrdagi quvurlardagi so‘rish klapandagi gidravlik yo‘qotishlar hisobiga atmosfera bosimdan kam bo‘ladi.
yo‘qoladi. Tsilindrlarning turli va konstruktsiyasiga qarab klapanlarning ochilishi va yopilishi burchaklari alohida tanlanadi. Chunki klapanlarnig ochilishi tsilindr havo ta'minotiga ta'sir qiladi. 2-takt. Chiqilish klapani yopilgandan so‘ng porshen teskari harakati natijasida zaryadning siqilishi boshlanadi. Tsilindrda bosim ortib 30-60 bar t 0 C- 890-1100 Kga etadi.
Siqilgan havoning bunday yuqori bo‘lishi purkalgan yoqilg‘ining unga aralashib yonishiga olib keladi.
3-takt. Yonish va kengayish. Porshenning yuqori o‘lik nuqtadan quyi o‘lik nuqtaga xarakatlanayotganda amalga oshadi. Siqilish oxirida yonish kamerasida yoqilg‘i purkalanadi. Issiq havo ta'sirida qiziydi va alangalanadi. Tsilindrda gazlarning t 0 C si 1750-2500 K ko‘tariladi. Bosim dvigatel turiga qarab 50-120 bar bo‘lishi mumkin. Bosim oshishi natijasida porshen teskari tomonga harakatlanadi, ya'ni issiqlik energiyasining bir qismi mexanik energiyaga aylanadi. Kengayishi oxirida bosim 3-6 bar gazlar t o C 850-1300 K pasayadi. 4-takt. Chiqarish. Porshenning quyi o‘lik nuqtadan yuqori o‘lik nuqtaga harakatda amalga oshadi. Kengayish jarayonining oxirgi chiqarish klapani ochiladi. Dvigatel aylanishlar soniga qarab ochilish burchagi 20-60 0
C 600-750 K tushadi.
4-takt davomida chiqarish klapani ochiq turadi va gazlar porshen orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. 4-takt tugagach yana so‘rish takti boshlanadi, ya'ni tsikl qaytariladi.
SINOV SAVOLLARI. 1.Ichki yonuv dvigatellari qismlariga alohida ta'rif bering. 2.Ichki yonuv dvigatelni ishlash printspini tushuntiring. 3.Printsipli ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladigan yoqilg‘i turlarini ayting. 4. Ikki taktli dvigatel bilan to‘rt taktli dvigatelni taqqoslang. 5. Ikki taktli dvigatel ish jarayonini ayting. 6. Zamonaviy iqtisodiy tejamkorlikka ega bo‘lgan dvigatel turini ayting. Download 264.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling