1 –tajriba ishi ichki yonuv dvigatelining ishlash prinsipini o‘rganish


Download 264.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.05.2020
Hajmi264.93 Kb.
#107932
Bog'liq
Tajriba 1


1 –TAJRIBA  ISHI 

 

ICHKI YONUV DVIGATELINING ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH 

 

Ish yoqilg‘isi maxsus qurilma  ichida yonadigan va yonish jarayonida ajralib 



chiqqan  issiqlik  miqdorining  ma'lum  qismini  mexanik  energiyaga  aylantirib  bera 

oladigan issiqlik mashinasiga ichki yonuv dvigateli (IYoD) deyiladi. 

Avtomobil uchun ichki yonuv dvigatellarining yaratilishi o‘tgan asrning 60-

yillariga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda  Lenuar  (1860  y.)  Fransiyada,    N.Otto  va 

E.Lengen  (1867  y.)  Germaniyada  tadqiqotlar  olib  borgan.  N.Ottoning  to‘rt  taktli 

dvigateli  (1867  y.)  Bo–de–Rosha    tomonidan  (1862  y.)  taklif  etilgan  sxema 

bo‘yicha yasaladi. 19–asrda neftni qayta ishlashdan olinadigan benzin, kerosinlarni 

elektr  uchquni  yordamida  yoqilishi  ichki  yonuv  dvigatellarning  keng  tarqalishiga 

sabab bo‘ladi. 

 

 



1-rasm. Karbyuratorli ichki yonuv dvigateli. 

 

Ichki  yonuv  dvigitellarida  (IYoD)  asosan  ishchi  jism  bo‘lib,  gaz  



aralashmalari    xizmat    qiladi    va    u    tsilindr    ichida    yonadi.  Olingan    issiqlik  

miqdori    porshenda    kengayib    mexanik    energiyaga    aylanadi.    Gaz    kengayishi  

tsilindrda  porshen  orqali  mexanik  energiyaga  aylanib  uzatiladi. 

Ichki  yonuv  dvigatellarida oraliq  ishchi  jismini  yo‘qligi.   

Termodinamik potentsiallarning katta miqdorida, ya'ni yonish paytida gaz to 

C si 1800-2700 kelvin kengayish oxirida 800-1500 K issiqlik miqdorining mexanik 

ishga  aylanishi  bu  turdagi  mashinalarga  nisbatan  yuqori  issiqlik  FIKi  olishga 

ta'minlaydi. 

Ichki  yonuv  dvigatellari  issiqlik  energetikada  bug‘  dvigateliga  nisbatan 

afzalligi quyidagilardan iborat: 

a)  ko‘p  yordamchi  uskunalari  bo‘lgan  bug‘  qozoni  va  kondensat 

qurilmasining yo‘qligi 

b) qurilmaning tez ishga tushirilishi, tayyorlov vaqtining yo‘qligi 


v) qurilmaning kichik o‘lchamligi va yengilligi 

Ichki yonuv dvigatellarning asosiy kengliklari quyidagilardan iborat: 

a) yuqori sifatli gaz va suyuq yoqilg‘iga talabchanligi 

b) qattiq yoqilg‘ini ishlatib bo‘lmasligi 

v)  bu  qurilmada  50-100  ming  kVt  quvvatdan  yuqori  quvvat  oladigan 

qurilmalar yaratib bo‘lmasligi. 

Bu kamchiliklar zamonaviy yuqori quvvatli issiqlik elektr stantsiyalarida bu 

turdagi  qurilmalarning  qo‘llashga  imkon  bermaydi.  Shuning  uchun  issiqlik 

elektrostantsiyalarda faqat bug‘ turbina qurilmalari qo‘llaniladi. 

Ichki  yonuv  dvigatellarning  kichik  o‘lchamli  va  yengilligi  sanoatning  turli 

sohalarida  qo‘llanishga  olib  keladi.  Ichki  yonuv  dvigatellarni  quyidagi 

ko‘rsatkichlarning bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin: 

1. Aralashma hosil qilish usuliga qarab: 

a)  tashqi  aralashmali  dvigatellar.  Bunda  yoqilg‘i  havo  bilan  tsilindrdan 

tashqarida aralashadi va tsilindrga tayyor yonuvchi aralashma kelib tushadi. 

b)  ichki  aralashmali  dvigatellar.  Bunda  yoqilg‘i  va  havo  tsilindrga  alohida 

uzatiladi va yonuvchi ishchi moddalar tsilindr ichida hosil qilinadi. 

2. Ishchi aralashmani yondirish usuliga qarab: 

a) uchqunli yondirish dvigatellari 

b) siqish orqali yondiruvchi dvigatellar 

Uchqunli yondirish usuli bilan karbyuratorli va gaz vintellari ishlaydi. 

3. Ishlatiladigan yoqilg‘i turiga qarab: 

a) yengil suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (benzinda) 

b) og‘ir suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (dizel yoqilg‘isi) 

v) gaz yoqilg‘isida ishlovchi dvigatellar 

4. Tsilindrni zaryadlash usuliga qarab: 

a) to‘rt (4) taktli dvigatellar. 

b) ikki (2) taktli dvigatellar. 

5. Tsiklni amalga oshirish usuliga qarab: 

a) izoxoroviy tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 

b) aralash tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 

6. Dvigatel porshenining o‘rtacha tezligi bo‘yicha: 

a) sekin yuruvchi dvigatellar 

b) tez yuruvchi dvigatellar 

7. Tsilindrning konstruktiv joylashishiga qarab: 

a) kartorli dvigatellar  

  

b) vertikal dvigatellar  



 

 

v) gorizontal dvigatellar 



 

 

g) V shaklida    



 

 

Ichki yonuv dvigatelining tuzilishi 

 

Ichki  yonuv  dvigatel  printsipial  sxemasi  1–rasmda    keltirilgan.  Porshenli 



ichki yonuv dvigatelning asosini tsilindr 4 va unga keltirilgan porshen 5, kiritish va 

chiqarish  klapanlari  2,6.  O‘t  oldirish  svechasi  3,  shatun  7,  krivoshin  8,  kiritish 

trubasi 9 dan tashkil topgan. 


              

                                   II. Ishning maqsadi 

 

 



Ichki  yonuv  dvigatellarida  asosan  ishchi  jism  bo‘lib,  gaz  aralashmalari 

xizmat  qiladi  va  u  tsilindr  ichida  yonadi.  Olingan  issiqlik  miqdori  porshenda 

kengayib  mexanik  energiyaga  aylanadi.  Gaz  kengayishi  tsilindrda  porshen  orqali 

mexanik  ishga  aylanib  uzatiladi.  IYoDlarda  oraliq  ishchi  jismning  yo‘qlig‘i, 

termodinamik  potentsiallarning katta  miqdorida, ya'ni  yonish vaqtida  gaz harorati 

1800-2700 K kengayishi oxirida 800-1500 Kda issiqlik miqdorining mexanik ishga 

aylanishi  bu  turdagi  mashinalarga  nisbatan  yuqori  issiqlik  FIK  olinishini 

ta'minlaydi. 

Ishning  maqsadi  IYoDlarning  issiqlik  energetikasi  bug‘  dvigatellariga 

nisbatan afzalligini o‘rganishdan iborat. 

 

III. Qurilma vazifasi  

 

1. IYoDlarni vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin. 



a)  tashqi  aralashmali  dvigatellar.  Bunda  yoqilg‘i  havo  bilan  tsilindrdan 

tashqarida aralashadi va tsilindrga tayyor yonuvchi aralashma kelib tushadi. 

b)  ichki  aralashmali  dvigatellar.  Bunda  yoqilg‘i  va  havo  tsilindrga  alohida 

uzatiladi va yonuvchi ishchi modda tsilindr ichida hosil qilinadi. 

Tashqi  aralashmali  usulda  karbyuratorli  va  to‘rt  taktli  gaz  dvigatellari 

ishlaydi.  Ichki  aralashmali  usulda  dizeli,  turboporshenli  dvigatellar  va  ikki  taktli 

gaz dvigatellari ishlaydi. 

2. Ishchi aralashmani yondirish usuliga qarab: 

a) Uchqunli yondirish dvigatellari. 

b) Siqish orqali yondiruvchi dvigatellar. 

3. Ishlaydigan yoqilg‘i turiga qarab: 

a) Yengil suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (benzin) 

b) Og‘ir suyuq yoqilg‘ida ishlovchi dvigatellar (dizelda yoqilg‘i) 

v) Gaz yoqilg‘isida ishlovchi dvigatellar 

4. Tsilindrni zaryadlash usuliga qarab: 

a) to‘rt taktli dvigatellar 

b) ikki taktli dvigatellar 

5. Tsiklni amalga oshirish usuliga qarab 

a) izoxorali tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 

b) aralash tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 

v) konbinatsiyalangan (izoxora aralash) tsikl bo‘yicha ishlovchi dvigatellar 

6. Dvigatel porshenni o‘rtacha tezligi bo‘yicha 

a) sekin yuruvchi dvigatellar. Porshenning o‘rtacha tezligi 6,5 m/s gacha. 

b) tez yuruvchi dvigatellar. Porshenning o‘rtacha tezligi 6,5 m/s dan yuqori. 

7. Tsilindrning konstruktiv joylashishiga qarab: 

a) qatorli dvigatellar 

b) vertikal dvigatellar 

v) gorizontal dvigatellar 



g) V – dvigatellar 

d) W – dvigatellar 

e) H – dvigatellar 

j) X – dvigatellar 

z) yulduzcha shaklidagi – dvigatellar   

 

8. qo‘llanish sohasiga qarab 



a) statsionar dvigatellar 

b) kemasozlik 

v) teplovoz dvigatellar 

g) traktor dvigatellar 

d) avtomobil dvigatellar 

e) aviatsiya dvigatellar 

j) mototsikl dvigatellar 

z) maxsus dvigatellar 

Quyida  xalq  ho‘jaligida  keng  qo‘llaniladigan  ichki  yonuv  dvigatellaridan 

karbyuratorli dvigatel va dizel dvigatellarini ketma-ket tuzilishi tartibini chizmada 

ko‘rib chiqamiz. Karbyuratorli dvigatellarni dizel dvigatellari bilan taqqoslaganda 

karbyuratorli  dvigatellarda  havo  sarfi  koeffitsiyenti  kichik.  Ular  dizel 

dvigatellariga  nisbatan  tez  harakatlanadi,  hamda  yengil  va  ularning  o‘rtacha 

quvvati dizelga nisbatan ancha katta. 

 

IV. Qurilma tuzilishi 

 

Zil-130 avtomobili yuk tashish transporti bo‘lib, karbyuratorli, to‘rt taktli V 



– shakli sakkiz tsilindrli suvli sovutish tizimiga ega dvigatel. Tsilindr aylanasi 100 

mm  porshen  harakati  95  mm,  dvigatel  ishchi  hajmi  6  l,  siqish  darajasi  6,5, 

tsilindrlar  oraliqi  oqish  burchagi  90

0

  dvigatel  maksimal  quvvati  125  kVt,170



0

agarda  aylanishlar  soni  3600  ayl/min  bo‘lganda  dvigatel  aylanishlar  sonini 



chegaragichli jihozga ega. Chegaragichli qurilma maksimal aylanishlar sonini 3100 

ayl/min chegaralaydi va maksimal quvvat 110 kVt (150

0

C ga teng.  



       Yoqilg‘ining o‘rtacha sarfi 326 g/(kVt(s). Dvigatelning quruq og‘irligi 447 kg. 

 

  



Ichki yonuv dvigatelining ishlash tartibi 

 

Ichki  yonuv  dvigatellari  yoqilg‘i  turiga  qarab  gaz  yoqilg‘isida    (gaz 



dvigateli), suyuqlik yoqilg‘ida (benzin, solyar moyi, kerosin, ligroin va x.k.), binar 

(suyuq  va  gaz)  yoqilg‘ida  ishlaydigan  dvigatellarga  bo‘linadi.  Ish  tsikliga  qarab 

ikki va to‘rt taktli; yoqilg‘i kamerasiga kiritilishiga qarab bosimli va bosimsiz; ish 

aralashmasining  tayyorlanishiga  ko‘ra  ish  jismi  tashqarida  va  ichkarida 

tayyorlanadigan dvigatellarga bo‘linadi. Ish aralashmasi o‘t oldirish usuliga qarab 

ichki  va  tashqi  manbaidan  (elektr  uchquni,  o‘t  oldirish  shari  –  kalorizator)    va 

tsilindrda    siqilgan  havoning  qizishi  (dizel  dvigateli)  hisobiga  o‘t  oldiriladigan 

dvigatellar  mavjud.  Ichki  yonuv  dvigatellari  avtomobil,  aviatsia,  gaz  turbinali  va 

reaktiv dvigatellarga bo‘linadi. 


Porshenli  ichki  yonuv  dvigatelning  asosini  tsilindr  4  va  unga  kiritilgan 

porshen 5 tashkil etadi. Porshen krivoship–shatunli  mexanizm  orqali tirsak valiga 

yonish  maxsuli  gazlari  vujudga  keltirilgan  bosim    kuchini  uzatadi.  Tsilindrlar 

blokini ostki qismiga tirsak vali, ustki qismiga tirsak vali,  ustki qismiga kiritish 2 

va chiqarish 6 klapanlari joylashtirilgan tsilindr kallagi o‘rnatiladi. Tsilindrlar bloki 

kallagiga korbyuratorli dvigatellarda svecha 3,  dizel dvigatellarda esa forsunnalar 

o‘rnatiladi. Porshen tsilindrda  ilgarilanma qaytma harakat qiladi. 

Porshenli    ichki  yonuv  dvigatelida  val  stator  yordamida  harakatlantirib 

olinadi. Porshen valga krivoship 8 va shatun 7 orqali biriktirilgan bo‘ladi. Shuning 

uchun  val  aylanganda  porshen  ham  harakat  qiladi.    Kiritish  trubasi  9  orqali 

keladigan yoqilg‘i kiritish klapani 2 orqali tsilindr 4 ga  kiritiladi. Tsilindrga kirgan 

yoqilg‘i o‘t oldirish svechasi 3 orqali yondirilib tutun gazi hosil bo‘ladi. Tutun gazi 

hajmi  kengayib  porshenni  pastga  itaradi  va  uning  natijasida  val  harakatlanadi. 

Valni  qaytishda  porshen  yana  yuqoriga  ko‘tarilib  chiqarish    klapani  orqali  tutun 

gazi chiqarib yuboriladi. Shu tariqa ichki yonuv dvigateli ishlaydi. 

Karterda  1  yog‘  bo‘lib  u  ichki  yonuv  dvigatelining  porshen  5,  shatun  7, 

krivoship 8 vallarni yog‘lab turadi. 

 

 



2-rasm. IYoD ishlashining prinsipial sxemasi. 

 

Yoqilg‘ining siqish orqali yondirish usulida ishlovchi to‘rt taktli yuritgichning ish 



prinsipi 

 

Ichki  yonuv  dvigatellari  tsilindrning  ichida  porshen  ilgarilanma  qaytma 



harakatda  bo‘ladi.  Bunda  dvigatel  tsilindrda  ketma-ket  ish  jarayoni  amalga 

oshiriladi.  Uzluksiz  ish  rejimini  ta'minlash  uchun  har  bir  tsiklda  zaryadlar 

zaryadini  siqish,  yondirish, kengaytirish  va  ishlatilgan  zaryadni  chiqarib  yuborish 

kerak. Porshenni bir tomonga harakatlanishi ish protsessining bir qismi bo‘lib, bu 

protsess takt deyiladi.  

To‘rt taktli dvigatellarda ish jarayoni porshenni to‘rt marta yurishida amalga 

oshiriladi,  bunda  tirsakli  val  ikki  marta  aylanadi,  ikki  taktli  dvigatellarda  ish 

jarayoni porshenning ikki marta yurishida amalga oshiriladi. Tirsakli val bir marta 

aylanadi.  Ilgarilanma  qaytma  harakatda  porshenning  chetki  joy  olishi  o‘lik  nuqta 

deb  ataladi.  Tirsakli  val  o‘qidan  porshenning  eng  uzoq  joylashishi  ichki  o‘lik 

nuqtasida  bo‘lganda  tsilindrning  ichki  hajmi  siqilish  yonish  kamerasi  bo‘ladi. 

Porshenning harakati mobaynida hosil bo‘lgan jism ishchi jism deyiladi. Yoqilg‘ini 

siqib  sidirish  usulida    ishlovchi  dvigatelda  yoqilg‘i  ma'lum  paytda  yonish 

kamerasiga  purkab  turadi  va  u  yondiruvchisiz  o‘zi  alangalanadi.  Buning  uchun 

yonish  kamerasida  yoqilg‘ining  yonishi  temperaturasidan  yuqori  temperaturaga 

ega  bo‘lgan  siqilgan  havo  bo‘lishi  kerak.  Bunda  yoqilg‘ini  mayda  zarralari  issiq 



havo  bilan  aralashib  yonadi.  Uchqunli  yondirish  usulida  ishlovchi  yuritgichlarda 

yoqilg‘ini    yonishi  tashqi  yondiruvchi  ko‘pincha  elektr  uchquni  orqali  amalga 

oshiriladi.    

 

To‘rt taktli yuritgichning ish prinsipi. 

 

1-takt.    Zaryadka  porshenning  yuqori  o‘lik  nuqtada  quyi  o‘lik  nuqtaga 



harakatlanishida so‘rish klapanida dvigatel tsilindriga toza havo so‘riladi.  

Chiqarish  klapani  yopiq  bo‘ladi.  Tsilindr  ichidagi  bosim  so‘rish  paytida 

filtrdagi quvurlardagi so‘rish klapandagi gidravlik yo‘qotishlar hisobiga atmosfera 

bosimdan kam bo‘ladi. 

 

 

So‘rish  oxirida  tsilindrdagi  bosim  0,85-0,95  bo‘ladi,  ya'ni  5-15%  bosim 



yo‘qoladi.  Tsilindrlarning turli va  konstruktsiyasiga  qarab klapanlarning  ochilishi 

va  yopilishi  burchaklari  alohida  tanlanadi.  Chunki  klapanlarnig  ochilishi  tsilindr 

havo ta'minotiga ta'sir qiladi. 

2-takt.  Chiqilish  klapani  yopilgandan  so‘ng  porshen  teskari  harakati 

natijasida  zaryadning  siqilishi  boshlanadi.  Tsilindrda  bosim  ortib  30-60  bar  t 

0

C-



890-1100 Kga etadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Siqilgan  havoning  bunday  yuqori  bo‘lishi  purkalgan  yoqilg‘ining  unga 

aralashib yonishiga olib keladi. 

 

3-takt. Yonish va kengayish. 



Porshenning  yuqori  o‘lik  nuqtadan  quyi  o‘lik  nuqtaga  xarakatlanayotganda 

amalga oshadi. Siqilish oxirida yonish kamerasida yoqilg‘i purkalanadi. Issiq havo 

ta'sirida qiziydi va alangalanadi. 

Tsilindrda gazlarning t 

0

C si 1750-2500 K ko‘tariladi. Bosim dvigatel turiga 



qarab  50-120  bar  bo‘lishi  mumkin.  Bosim  oshishi  natijasida  porshen  teskari 

tomonga harakatlanadi, ya'ni issiqlik energiyasining bir qismi mexanik energiyaga 

aylanadi. Kengayishi oxirida bosim 3-6 bar gazlar t 

o

C 850-1300 K pasayadi. 



 

4-takt. Chiqarish. 

Porshenning  quyi  o‘lik  nuqtadan  yuqori  o‘lik  nuqtaga  harakatda  amalga 

oshadi. Kengayish jarayonining oxirgi chiqarish klapani ochiladi. 

Dvigatel  aylanishlar  soniga  qarab  ochilish  burchagi  20-60

  0


C  600-750  K 

tushadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



4-takt  davomida  chiqarish  klapani  ochiq  turadi  va  gazlar  porshen  orqali 

tashqariga chiqarib yuboriladi. 

4-takt tugagach yana so‘rish takti boshlanadi, ya'ni tsikl qaytariladi. 

 

                                      SINOV SAVOLLARI. 



1.Ichki yonuv dvigatellari qismlariga alohida ta'rif bering. 

2.Ichki yonuv dvigatelni ishlash printspini tushuntiring. 

3.Printsipli ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladigan yoqilg‘i turlarini ayting. 

4. Ikki taktli dvigatel bilan to‘rt taktli dvigatelni taqqoslang. 

5. Ikki taktli dvigatel ish jarayonini ayting. 

6. Zamonaviy iqtisodiy tejamkorlikka ega bo‘lgan dvigatel turini ayting. 



 

 

Download 264.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling